Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+

Yangiliklar

ULUG' AYYOM SHODIYONALARI ishchi-xizmatchilarga ko'tarinki kayfiyat ulashmoqda

    Shu kunlarda yurtimizning barcha go'shasida eng ulug', eng aziz bayram – mamlakatimiz mustaqilligini 25 yilligiga qizg'in tayyorgarlik ko'rilmoqda. Ana shunday tadbir "Toshtransdispetcherxizmat" unitar korxonasida ham bo'lib o'tdi. Uni korxona rahbari Ahmadjon Otajonov olib bordi.
    Tadbirda so'zga chiqqan "Toshshahartransxizmat" aktsiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi o'rinbosari, bosh muhandis, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Hosil Xolmatov yig'ilganlarni yurtimiz mustaqilligining yigirma besh yilligi bilan tabriklab, jumladan, shunday dedi:
    - Bugun kata-yu kichikning yuz ko'zida xursandchilik! Jumladan, jamiyatimizning barcha jabhasida ham bayramga katta hozirlik ko'rilmoqda. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olamshumul ishlar amalga oshirildi. Buni shahar yo'lovchi tashish transporti misolida yaqqol kuzatish mumkin. Xususan, "Toshtransdispetcherxizmat" unitar korxonasi bugungi kunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida faoliyat yuritmoqda. Markaziy nozimlik xizmati transport vositalarini on-layn tarzda masofadan kuzatmoqda. Yaqinda tizimga joriy etilgan "TashBus" mobil ilovasi ham aynan markaziy nozimlik xizmatida nazorat qilinmoqda. Tezkor ishonch telefoni orqali kelayotgan murojaatlarni ham unitar korxona mutasaddilari yuritmoqda.

Seshanba, 30 Avgust 2016

TINCHLIK-OSOYISHTALIK – ENG OLIY NE'MAT

    Prezidentimiz qaroriga muvofiq, Vatanimiz mustaqilligining 25 yillik qutlug' sanasini keng nishonlashga katta tayyorgarlik ko'rilmoqda.
    Joylarda "Go'zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O'zbekistonim!" bosh shiori ostida o'tkazilgan tadbirlarda mustaqillik davrida erishilgan olamshumul yutuq va muvaffaqiyatlar, kecha kim edigu bugun kim bo'ldik savoliga javob, bir so'z bilan aytganda, istiqlol qadri va mazmun-mohiyati hayotiy misollar asosida targ'ib qilindi.
    Bugun mamlakatimizdagi yutuq va o'zgarishlarni chet ellik davlat va jamoat arboblari, ekspert va mutaxassislar ham e'tirof etmoqda. Egallangan bu marralar, avvalo, tinchlik va osoyishtalik tufayli ekanligi barchaga yaxshi ma'lum. Xalqimizda tinch elning bog'i gullar, deya topib aytilgan naql bor. Bu bejiz emas. Chunki yurt tinch bo'lsa, ko'ngil tinch, dasturxon farovon bo'ladi.
Mamlakatimiz global miqyosdagi tinchlik hamda xavfsizlikni ta'minlashga qaratilgan deyarli barcha xalqaro hujjatlarga qo'shilgan. Tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni ta'minlashga xizmat qiladigan muhim qonun hujjatlari qabul qilingan. Ularning ijrosi izchil ta'minlab kelinmoqda. Qator qonunlar xalqimiz osoyishtaligini ta'minlashda muhim huquqiy asos bo'lmoqda.

Seshanba, 30 Avgust 2016

EZGULIKKA YO'G'RILGAN DILSO'ZLAR

    Vaqtni bejiz oqar daryoga qiyoslashmagan. Ish boshlaganimga ham hash-pash deguncha o'ttiz yildan oshibdi. Hayotimda, ayniqsa, istiqlol yillari bilan bog'liq unutilmas onlar bisyor. Eng avvalo, oilam farovon. Farzandlarim ulg'ayib kasb-hunarli bo'ldi. Qizim Nargizaxon buxgalter, o'g'lim Narzulla sport jurnalisti, kichik o'g'lim Fayzulla muhandis-texnik. Oilamiz farishtasi qaynonam har bir duosida Yaratgandan yurtimiz tinchligi, osudaligi va farovonligini so'raydilar.

Seshanba, 30 Avgust 2016

KECHA KIM EDIGU BUGUN KIM BO'LDIK?!

    Mustaqillik yillari va ana shu davrda erishilgan beqiyos natijalar xususida so'z borganida, eng avvalo, odamlar ongidagi o'zgarishlar, Yurtboshimiz rahnamoligida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar tufayli mamlakatimizda kuchli milliy iqtisodiyot shakllangani, mulk va mulkdorlik tushunchalari shuurimizdan mustahkam o'rin egallagani, tilimiz, dinimiz, qadriyatlarimiz hamda milliy an'analarimizni tiklash va mustahkamlash uchun barcha sharoitlar yaratib berilganini qayd etmog'imiz joiz.
    Eng muhimi, bunday o'zgarish va yangilanishlar, erishilgan natijalar dunyo hamjamiyati tomonidan ham e'tirof etilmoqda.
    To'g'ri, 25 yil bu – muayyan bir davlatning paydo bo'lishi, shakllanishi davri bilan qiyoslanganda dengizdan tomchidek gap. Ammo O'zbekiston ana shunday tarixan qisqa davrda yuz yillarda erishilishi mumkin bo'lgan salmoqli natijalarga erishgani istiqlolning dastlabki davrlarida tanlangan yo'l, qabul qilingan qarorlar bilan bog'liqdir.

Seshanba, 30 Avgust 2016

ISTIQLOL BERGAN ULUG' NE'MAT

    Biz uchun toabad yakkayu yagona, muqaddas va mo''tabar, sevgi va sadoqatimiz hamisha baxshida bo'lgan, baxtu iqbolimiz beshigi hisoblangan go'zal va jannatmonand ona diyorimiz - O'zbekistonning har bir go'shasi kundan-kunga yasharib borayotgani mustaqillik sharofatidan. Mustaqillik bu - shunday ulug' ne'matki, u asrlar to'fonidan sog'-omon o'tib, o'zimiz va o'zligimizni, milliy an'ana va qadriyatlarimizni anglash imkonini berdi. Uzoq yillar hukmronlik qilgan zo'ravon va mustabid tuzumning qurboni bo'lgan ota-bobolarimizning orzusi, istak va maqsadlari istiqlol tufayli ro'yobga chiqdi.
    Mustaqillik, eng avvalo, milliy o'zligimiz, milliy davlatchiligimiz, qadriyat va an'analarimiz, beqiyos tariximiz va ma'naviyatimiz, haq-huquq hamda qadr-qimmatimizni qaytarib berdi.

Seshanba, 30 Avgust 2016

UMUMXALQ HASHARI

    Xalqimizda katta to'y va bayramlar oldidan hashar uyushtirish an'anaga aylangan. Mustaqilligimizning yigirma besh yilligi oldidan joriy yilning 20-21 avgust kunlari yurtimizda umumxalq xayriya hashari ko'tarinki ruhda o'tkazildi. Vazirlar Mahkamasining joriy yil 10 avgustdagi farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida 2016 yil 12 avgustda "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati ham maxsus farmoyish qabul qildi. Farmoyishda kompaniya tizimidagi tarmoq korxonalariga aniq ko'rsatmalar berildi. Shu bois umumxalq hashari shahar yo'lovchi tashish transporti korxonalarida ham uyushqoqlik bilan o'tkazildi.

Seshanba, 30 Avgust 2016

Nazariya va amaliyot uyg’unligi tizim taraqqiyoti va barqarorligini ta'minlashga xizmat qiladi

    Mustaqillik... Bu so'z har bir vatandoshimiz qalbiga olam-olam quvonchu shodlik baxsh etadi. Ongu shuurimizda baxtiyorlik va bugungi hayotimizdan mamnunlik hissi uyg'onadi. Istiqlol sharofati bilan yangi hayot, yangi jamiyat, yangi davrga qadam qo'ydik. U bugun shaharu qishloqlarimiz obodligi, xalqimiz farovonligi, yosh avlodning baxtu saodatida yaqqol aks etmoqda.
    Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish borasida qo'lga kiritilgan yutuqlar xalqaro tashkilotlar, ekspertlar e'tirofiga sazovor bo'layotir.
    Jahon andozalariga to'laligicha javob bera oladigan transport vositalarining ishlab chiqarilishi aholi uchun ish o'rinlari paydo bo'lishiga, ishlab chiqarishning o'sishiga xizmat qilmoqda. O'zimizda ishlab chiqarilayotgan mashinalar – "Captiva", "Epica", "Tacuma", "Lacetti", "Nexia", "Damas", "Matiz", "Spark", "Malibu" engil avtomobillar va "Isuzu", "MAN" avtobuslari hamda yuk avtomobillari xorijga ham eksport qilinmoqda.

Seshanba, 23 Avgust 2016

Intiluvchan yoshlar porloq kelajagimiz vorislari

    Bugun dunyo nigohi Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo'lib o'tayotgan XXXI Olimpiya o'yinlariga qaratilgan. Har bir mamlakat vakili o'z hamyurtlari, sevimli sportchilari erishayotgan natijalarni kuzatib, ularni qo'llab-quvvatlamoqda. Ahamiyatlisi, mamlakatimiz sportchilari unda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgani vatandoshlarimiz qalbini faxr-iftixorga to'ldiryapti. o'alaba qozonayotgan sportchilarning aksariyati istiqlol tengdoshlari ekani yanada quvonarlidir.
    Mustaqillik yillarida Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda yoshlarga e'tibor davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Ertamiz egalarining ta'lim olishi, kasb-hunar egallashi, sport bilan shug'ullanishi uchun keng imkoniyat va sharoitlar yaratildi. Muhtasham va hashamatli ta'lim maskanlari, eng zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan sport inshootlari qurilib, yoshlar ixtiyoriga berildi. Islohotlar samarasi o'laroq yoshlarimiz o'zlarini nimalarga qodirligini xalqaro fan va sport arenalarida yaqqol namoyon etib, yurtimiz bayrog'ini baland ko'tarib, obro'-e'tiborini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo'shishmoqda.

Seshanba, 23 Avgust 2016

ISHCHI-XIZMATCHILAR PARTIYA A'ZOLIGIGA QABUL QILINDI

    Istiqlol yillarida Prezidentimiz rahnamoligida yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish, iqtisodiyotni yangi asosda tashkil etish, aholining hayot darajasi va sifatini oshirish borasida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirildi. Ijtimoiy sohalar – ta'lim-tarbiya, ilm-fan, sog'liqni saqlash, madaniyat, san'at va sport sohalari jadal rivojlanayotir, aholi uchun yanada qulay sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Har bir hudud va mintaqani ravnaq toptirish, shahar va qishloqlarimizni obod qilish, xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Yaqinda "7-avtobus saroyi" MChJda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatlari, partiyaning Chilonzor tuman kengashi faollari hamkorligida tashkil etilgan uchrashuvda shu xususda so'z bordi. Unda "Toshshahartransxizmat" AJ boshqaruv raisi o'rinbosari, bosh muhandis, xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati Hosil Xolmatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rahmatulla Karimov, O'zbekiston Liberal demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi raisi To'raxo'ja Nazarov va "7-avtobus saroyi" rahbariyati hamda ishchi-xizmatchilari ishtirok etdi.

Dushanba, 15 Avgust 2016

Seminar

    Joriy yilning 5 avgust kuni "Toshshahartransxizmat" AJ majlislar zalida jamiyatning 2016 yil 19 iyuldagi "Toshshahartransxizmat"AJ avtokorxonalarning avtobus haydovchilariga sinf toifalarini berish Nizomini tasdiqlash to'g'risida"gi buyrug'ini amalda tatbiq etish mexanizmi yuzasidan seminar o'tkazildi. Unda "Toshshahartransxizmat" AJ rahbarlari, xizmat va bo'lim boshliqlari, jamiyat tarkibidagi avtokorxonalar direktorlari, bosh muhandislari, direktorning tasarruf bo'yicha o'rinbosarlari, bosh buxgalterlar, kasaba uyushmasi raislari, reja-iqtisod, xodimlar hamda harakat xavfsizligini ta'minlash bo'limlari boshliqlari ishtirok etdi.

Chorshanba, 11 Avgust 2016
Page 10 of 12
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 233-52-63

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 1887 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech