Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+

Yangiliklar

QURBON HAYITINI NISHONLASH KUNI HARAKAT TARKIBINING ISH BOSHLASH VAQTI TO'G'RISIDA

   O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 15 avgustdagi “Qurbon hayitini nishonlash to'g'risida”gi hamda 2017 yil 28 dekabrdagi “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko'chirish to'g'risida”gi Farmoniga asosan, Qurbon hayiti mamlakatimizda milliy bayram sifatida keng nishonlanishini, shahrimiz aholisi va mehmonlariga sifatli transport xizmatini ko'rsatish maqsadida, 21 avgust kuni yo'nalishlarga harakat tarkibining ishga chiqarilishi vaqti tongi soat 5:00 dan boshlanadi.

                       “Toshshahartransxizmat” AJ jamoasi Shahrimiz aholisi va mehmonlarini kirib kelayotgan Qurbon hayiti bilan tabriklaydi.

 

Dushanba, 20 Avgust 2018

KO‘PRIKLAR — TUTASHAYOTGAN QALBLAR YO‘LAGI

Mamlakatimiz istiqlolga erishganidan so‘ng tom ma’noda bunyodkorliklar davri boshlandi. Ayniqsa, hozirgi paytda ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish ishlari kun va daqiqa sayin jadallashmoqda. Xususan, yaqinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida qurilgan zamonaviy ko‘prikni borib ko‘rdi. Poytaxtimiz ko‘chalarida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, tirbandliklarning oldini olish, piyodalar uchun sharoit yaratish maqsadida ko‘plab ko‘prik va yo‘lo‘tkazgichlar bunyod etilmoqda. Albatta, Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida qurilgan zamonaviy ko‘prik shulardan biridir.

17.1

Juma, 17 Avgust 2018

QO‘SHALOQ AYYOM MUBORAK!

Yurtimizda qutlug‘ ayyom – Qurbon hayitiga tayyorgarlik qizg‘in kechayotgan pallada, xalqimizga xos fazilat keksalar, yolg‘iz ayollar, boquvchisini yo‘qotganlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar va bemorlar holidan xabar olinyapti. Xususan, "Toshshahartransxizmat" aktsiyadorlik jamiyati va uning Kasaba uyushmasi tizim mehnat faxriylari holidan xabar olmoqda. Jumladan, Jamiyat kasaba uyushmasi bilan transport sohasida xizmat ko‘rsatgan mehnat faxriysi Farhod aka Nig‘monovni yo‘qlab xonadonlariga bordik. Borishimizning yana bir sababi: Farhod akani 60 yillik yubileyi bilan tabriklash edi. Qo‘shaloq ayyomlari bilan qutlaganimizdan keyin, u kishi bizga oltmish yillik umrlari davomida kechgan ko‘pgina voqealarni eslab, gapirib berdilar. Suhbat asnosida hayotlariga hamisha teran mazmun bag‘ishlagan ikki jihat – oila hamda sevimli kasb-kor haqida o‘zgacha mehr bilan so‘zladilar. U kishi o‘zlarini baxtli inson, deb hisoblaydilar. To‘rt farzandning otasi, olti nabiraning buvasi bo‘lib, inson uchun bu yorug‘ olamda nimaiki aziz bo‘lsa, bariga oila va kasblari sharofatidan etishibdilar.

17.2

Juma, 17 Avgust 2018

PROFILAKTIKA TADBIRLARI:

Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlashga raµna solayotgan omillarni bartaraf etishga xizmat іilishi lozim

photo 2018 08 09 10 55 08

Seshanba, 14 Avgust 2018

YO‘LOVCHI, PIYODA VA HAYDOVCHI HAMJIXATLIGI

Internet saytlarida, xususan, ijtimoiy tarmoqlarda keyingi paytlarda yo‘l-transport hodisalari haqidagi xabarlarga bot-bot ko‘zimiz tushmoqda. Jumladan, "Zamin.uz" saytining xabar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi o‘tgan haftada (30 iyuldan 5 avgustgacha) mamlakatimiz avtomobil yo‘llarida jami 160 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilganini ma’lum qilgan. Bir haftada YTH tufayli 44 kishi halok bo‘lgan, 142 nafar fuqaro esa turli darajadagi tan jarohati olgan. Xabarda aytilishicha, hafta davomida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 86171 ta qoidabuzarliklar aniqlanib, bularning 40362 tasini qo‘pol qoidabuzarliklar tashkil etadi. Xususan, 1596 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqargani, 11916 nafar haydovchi belgilangan tezlikdan oshgani, 1168 nafar haydovchi svetoforning ta’qiqlovchi ishorasiga rioya etmasdan chorrahadan o‘tgani, 11827 nafar haydovchi odam tashish qoidasini buzgani, 254 nafar haydovchi temir yo‘l kesishmalarida talab etilgan qoidaga amal qilmagani uchun ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Shuningdek, transport vositasi oynalarini me’yoridan ortiqcha qoraytirgan 679 nafar, avtomobil harakati vaqtida telefondan foydalangan 908 nafar va xavfsizlik kamarini taqmagan 15416 nafar haydovchiga nisbatan ham tegishli choralar ko‘rilgan.

Seshanba, 14 Avgust 2018

INKASSATSIYA MARKAZI 320 MILLION JARIMA TO‘LAYDI

Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining asosiy vazifasi harakat xavfsizligini ta’minlab, yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan. Bu ishni tubdan yaxshilash uchun esa ko‘rsatkichlarni doimiy tahlil qilib borish va natijalarga ko‘ra kerakli choralarni ko‘rish kerak. O‘zbekiston Respublikasining "Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida"gi kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarda ana shu maqsadlar o‘z ifodasini topgan.

Seshanba, 14 Avgust 2018

YANGICHA YONDASHUV VA SHAFFOFLIK

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmoni hamda joriy "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili" Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida "Toshshahartransxizmat" AJ faoliyatining asosiy vazifalari va kelgusidagi aniq rejalariga Jamiyat rahbariyati va uning tarkibidagi avtokorxonalar direktorlari ishtirokida 30 iyul kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda yana bir bor urg‘u berildi. Yig‘ilishni Jamiyat boshqaruv raisi Mohir Valiyev olib bordi.

1

Dushanba, 06 Avgust 2018

TRANSPORTDA "GAMBIT"CHA YURISH YARAMAYDI!

Ijodiy jamoamiz bilan 18-avtobus saroyiga kirib borganimizda, hali quyosh yeru ko‘kni qizdirib, jaziramaga aylantirib ulgurmagandi. Navbatini kutayotgan haydovchilar o‘z avtobusi bilan andarmon, ishga ketish tadorigini ko‘rardi. Muassasaning bosh muhandisi Javohir Ahmedov, faoliyatlari haqida yozish uchun gazetadan kelganimizni eshitib, bizni avtosaroy hududida kechayotgan ish jarayoni bilan tanishtirdi. Hamma o‘z ishi bilan o‘zi ovora: mexaniklar Fazliddin Sarimsoqov bilan Ulug‘bek Alimov jadval bo‘yicha ishga chiqib ketayotgan avtobuslarni ko‘zdan kechirardi. Nozimxonada navbatchi xodima Mashkura Ergasheva haydovchilarning yo‘l varaqalarini rasmiylashtirardi. Tibbiy ko‘rik xonasida narkolog hamshira Nafisa Yo‘ldosheva haydovchilardan birining qon bosimini o‘lchayapti. Ishlab chiqarish sexlaridan birida Ziyodilla Islomov akkumulyatorni quvvatlantirish bilan ovora. Avtochilangar Anvar Bakirov tormozi ishdan chiqqan avtobusni ta’mirlamoqda...2

Dushanba, 06 Avgust 2018

SHAHAR JAMOAT TRANSPORTIDA JAMOATCHILIK NAZORATI

01.08.2018Shahar jamoat transporti yo'nalishlarida haydovchi va chiptachilar tomonidan harakat tarkibining qatnov intervali va muntazamligi, yo'lovchi tashish qoidalari hamda yo'nalish intizomiga rioya qilishini ta'minlash, yo'lovchilarning haqli e'tiroz va shikoyatlarini yuzaga kelishini oldini olish, xizmat ko'rsatish sifati va madaniyatini oshirish, yo'lovchi tashishlarni tashkil etishda yo'l qo'yilgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo'yicha kechiktirib bo'lmaydigan choralar ko'rish maqsadida, shahar jamoat transporti yo'nalishlarida yo'nalish-transport intizomiga rioya etilishining kundalik nazoratini olib borish uchun “Toshshahartransxizmat” AJ apparati, avtobus saroylari rahbarlari, rahbar o'rinbosarlari, bosh muhandislari, avtosaf boshliqlaridan iborat maxsus guruhlar tuzildi.

Payshanba, 01 Avgust 2018

YO'L-TRANSPORT HODISASI TAFSILOTI

2018 yil 26 iyul kuni Toshkent shahri mirobod tumani Bobur ko'chasi soat chamasi 14:30 larda “3-avtobus saroyi” MChJda tasarruf etiladigan “Beltepa mavzesi AShB va mahalliy havo yo'llari 3-terminal” bo'ylab harakatlanadigan 11-yo'nalishda haydovchi Anvar Islomov boshqaruvidagi davlat raqami 01 041 JFA, saroy raqami - 351 bo'lgan “MAN” rusumli avtobusda1-sonli “Baxt uyi” (sobiq 1-FHDYO) qarshisida yo'l-transport hodisasi sodir etdi. Yo'l-transport hodisasi natijasida 9 nafar yo'lovchi engil jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

photo5393584810825460014

Juma, 27 Iyul 2018
Page 9 of 28
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 233-52-63

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 1212 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech