Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+

Yangiliklar

Vaqtinchalik chorraha yopilishi to'g'risida

HURMATLI HAYDOVCHILAR VA YO'LOVCHILAR!

    Avval xabar qilganimizdek, Muqimiy va Bunyodkor ko'chalari kesishmasida yo'l o'tkazmasi qurilishi munosabati bilan ushbu ko'chalar yopilgan edi.

    Ma'lum ishlarni davom etayotganligi, hamda xavsizlikni ta'minlash maqsadida, chorrahaning transport harakati uchun ochilishi “Navro'z” bayrami arafasi kunlariga qo'chirildi.

    Tirbandlikni keltirib chiqarmaslik maqsadida, Sizlardan qurilish vaqtida boshqa ko'chalardan foydalanishingizni so'raymiz.

    Yuzaga keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

Juma, 10 Mart 2017

Аукцион савдоси

“Тошкент трамвайи” УК бино ва иншоатларининг бошланғич баҳоси
босқичма-босқич ошиб бориш тартибида ўтказиладиган очиқ
аукцион савдосига таклиф этамиз!

Аукцион савдосига Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Махкамасининг 2016 йил 5 апрелдаги 102-сонли ва 28 июндаги 215-сонли қарорлари ва “Тошшахартрансхизмат” АЖ бошқарув қарори хамда “Тошкент трамвайи” УКнинг 2017 йил 24 февралдаги 120-сонли буюртманомасига асосан қуйидаги кўчмас мулклари қўйилмоқда:

1. Тошкент шахар, Лутфий кўчаси 57-уй манзилида жойлашган, умумий майдони 19,7 минг кв.м, ер майдони 9,4263 га бўлган бино ва иншоотлар. Бошланғич бахоси – 25 596 052 427 сўм.

2. Тошкент шахри, Миробод тумани, Янги Қўйлиқ кўчаси 40-уй манзилида жойлашган умумий майдони 7,184 минг кв.м, ер майдони 2,1418 га бўлган бино ва иншоотлар. Бошланғич бахоси – 9 025 062 970 сўм.

Аукцион савдоси 2017 йил 4 апрел куни соат 12:00 да бўлиб ўтади. Аризалар иш кунлари соат 10:00 дан 16:00 гача қабул қилинади (соат 13:00 дан 14:00 гача тушлик вақти). Аризаларни қабул қилишнинг охирги муддати – 2017 йил 31 март куни соат 18:00.

Dushanba, 06 Mart 2017

"OCHIQ MULOQOT" FAOLIYATIMIZGA KO'ZGU BO'LDI

    Poytaxtimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, kommunal soha, qurilish va obodonlashtirish ishlari, shuningdek, hamshaharlarimiz hayotidagi muammo va kamchiliklar Toshkent teleradiokanalining "Ochiq muloqot" ko'rsatuvida muntazam yoritib borilyapti. Ushbu ko'rsatuvning joriy yil 15 fevraldagi sonida "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati va Toshkent shahar hokimligi yo'lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish Departamenti rahbariyati qatnashdi. Ko'rsatuv poytaxt jamoat transporti faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarga bag'ishlandi. Unda avtoulovlar harakat muntazamligi, yo'lovchi tashish madaniyati, haydovchi va chipta sotuvchilarga hamshaharlarimizning munosabatlari qandayligi atroflicha tahlil etildi. Hamshaharlarimiz shahar yo'lovchi tashish transporti tizimi rahbariyatidan o'zini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
    "Ochiq muloqot" ko'rsatuvida ilgari surilgan muammo va kamchiliklar jamiyat tarkibidagi avtokorxonalarda atroflicha o'rganilib, mavjud kamchliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda. Ijodiy jamoamiz bu borada ayrim yo'nalish haydovchilari va korxona rahbarlari fikrlari bilan qiziqdi.

Payshanba, 01 Mart 2017

Vaqtinchalik chorraha yopilishi to'g'risida

ҲУРМАТЛИ
ҲАЙДОВЧИЛАР ВА ЙЎЛОВЧИЛАР!

    Муқимий ва Бунёдкор кўчалари кесишмасида йўл ўтказмаси қурилиши муносабати билан ёпилган чорраҳанинг транспорт ҳаракати учун очилиши 2017 йил 10 мартга қўчирилди.
    Тирбандликни келтириб чиқармаслик мақсадида, Сизлардан қурилиш вақтида бошқа кўчалардан фойдаланишингизни сўраймиз.
    Юзага келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз.

Seshanba, 28 Fevral 2017

Yo'l ishlar

HURMATLI
HAYDOVCHILAR VA YO'LOVCHILAR!

    Muqimiy va Bunyodkor ko'chalari kesishmasida yo'l o'tkazmasi qurilishi munosabati bilan yopilgan chorrahaning transport harakati uchun ochilishi 2017 yil 1 martga qo'chirildi.

    Tirbandlikni keltirib chiqarmaslik maqsadida, Sizlardan qurilish vaqtida boshqa ko'chalardan foydalanishingizni so'raymiz.

    Yuzaga keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

Payshanba, 22 Fevral 2017

Vaqtinchalik chorraha yopilishi to'g'risida

HURMATLI HAYDOVCHILAR VA YO'LOVCHILAR!

Muqimiy va Bunyodkor ko'chalari kesishmasida yo'l o'tkazmasi qurilishi munosabati bilan 2017 yil 11 fevraldan 23 fevralgacha chorraha transport harakati uchun vaqtinchalik yopiladi.

Tirbandlikni keltirib chiqarmaslik maqsadida, Sizlardan qurilish vaqtida boshqa ko'chalardan foydalanishingizni so'raymiz.

Yuzaga keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

Juma, 10 Fevral 2017

ELEKTRON TABLOLAR KO'PAYADI

    Avval xabar berganimizdek, o'tgan haftada Toshkent shahar hokimligida "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyatining 2016 yil faoliyati yakunlari hamda 2017 yildagi istiqbolli rejalariga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
    Matbuot anjumanida bugungi kunda Toshkent shahridagi 20 dan ziyod oraliq bekatga elektron tablolar o'rnatilgani, yo'nalish raqami hamda bekat nomidan tashqari avtobuslarning qancha vaqtda bekatga etib kelishi, valyutalar kursi hamda ob-havo ma'lumotlari onlayn rejimda aks etadigan bu kabi axborot qurilmalari sonini yana yuztaga ko'paytirish rejalashtirilgani ta'kidlandi.
    Tizimda ilg'or texnologiyalar keng joriy etilayotgani poytaxt jamoat transporti faoliyati samaradorligini oshirishda muhim omil bo'layotgani qayd etildi.
    Korxona faoliyatida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2013 yil 9 oktyabrdagi "Toshkent shahrida yo'lovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori muhim dasturilamal bo'layotir.

Dushanba, 06 Fevral 2017

HAYDOVCHILAR BILAN MULOQOT

    Poytaxt yo'lovchi tashish transporti korxonalar faoliyati asosini shahrimiz aholisi va mehmonlariga yuqori madaniyatli, sifatli va xavfsiz xizmat ko'rsatish tashkil etadi. Bu yo'lda "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibidagi avtokorxonalarda 6 ming nafardan ortiq ishchi-xizmatchi mehnat qilmoqda. Ish unumdorligi va samaradorligini oshirish, avtosaroylar iqtisodiy barqarorligini ta'minlashda soha xodimlarining o'rni beqiyos. Shu bois jamiyat tarkibidagi avtosaroylarda har shanba "haydovchilar kuni" o'tkaziladi.
    O'tgan shanba kuni 4- va 12-avtobus saroylarida bo'lib o'tgan ana shunday tadbirlarda Toshkent shahar hokimi o'rinbosari, "Toshshahartransxizmat" AJ boshqaruv raisi Otabek Sodiqov ishtirok etib, poytaxt jamoat transportida amalga oshirilayotgan islohotlar, bugungi kunda transportchilarga qo'yilayotgan talablar, sohadagi mavjud kamchilik va muammolar xususida muloqot qildi.

Dushanba, 06 Fevral 2017

OYLIK G'OLIBLARI TAQDIRLANDI

    2016 yilning 20 noyabridan 20 dekabrigacha respublikamiz hududida "Avtotransport vositalarida yo'lovchilarga sifatli xizmat ko'rsatish oyligi" o'tkazildi. Ushbu tadbirdan maqsad soha xodimlarini yo'lovchilar bilan xush muomalada bo'lishi, transport vositasi va uning salonini toza va ozoda holda saqlash, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, ish vaqtida telefondan foydalanmaslik, turli mulkchilik shaklidagi tashuvchilar orasida sog'lom raqobatni oshirish, yo'nalishlarda transport qatnovi intervallariga amal qilish, uni bir maromda ishlashini ta'minlash, nogiron va yoshi ulug' yo'lovchilarga alohida hurmat ko'rsatish, yosh bolali va homilador ayollarga joy berib, qo'pol muomalada bo'lmaslik, haydovchi va chiptachining kiyinishi, muomala, nutq madaniyatini yuksaltirish va yo'lovchilar xavfsizligini izga solishdan iborat edi. Shuni ta'kidlash joizki, tadbirni ko'tarinki ruhda o'tkazish uchun mamlakat miqyosida keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Jamoat transportinig barcha turlarida, aholi gavjum joylarda oylik haqidagi ma'lumotlar joylashtirilgani, turli banner va bukletlar hamda tadbirga doir boshqa materiallar etarlicha tayyorlanib, kerakli joylarga, xususan, bekat, avtostansiya va avtobus salonlarida yopishtirib qo'yilgani ayni muddao bo'ldi.

Payshanba, 01 Fevral 2017

PRESS - RELIZ

AJ Toshshahartransxizmat    «Toshshahartransxizmat» AJ faoliyatida O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2013 yil 9 oktyabrdagi “Toshkent shahrida yo'lovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori dasturilamal bo'lib xizmat qilmoqda.
    «Toshshahartransxizmat» AJ – jami 6192 nafar xodim faoliyat yuritadigan 32 ta yirik va kichik korxonadan iborat jamiyatdir. Shundan 3564 (57,6%) nafari yo'lovchilarni tashishda bevosita ishtirok etadigan haydovchi va chiptachilardir.
    Hozirgi kunda “Toshshahartransxizmat” AJ korxonalarida 1350 ta avtobus, (shu jumladan Mercedes-Benz O 345 – 27 ta, Mercedes-Benz Low Floor – 600 ta, Isuzu – 684 ta, Mercedes-Benz Uberland-30 ta, Hyundai - 8 ta, MAN -1ta), tasarrufda etilmoqda.

Chorshanba, 26 Yanvar 2017
Page 6 of 12
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 233-52-63

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 1811 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech