Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+

Yangiliklar

TARTIB-INTIZOM, BURCH VA MAJBURIYAT

Ish samaradorligini ta'minlashi profilaktika tadbirida bot-bot ta'kidlandi

Ma'lumki, "Toshshahartransxizmat" aktsiyadorlik jamiyati tarkibidagi avtobus saroylarida yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risidagi buyruqqa muvofiq, Toshkent shahar IIBB YHXB Texnika nazorati bo'limi xodimlari bilan hamkorlikda muntazam ravishda profilaktika tadbirlari o'tkazib kelinmoqda. Mazkur tadbirlarda tizim ishini tartibga solish, texnika xavfsizligiga rioya etish, yo'lovchilarga sifatli xizmat ko'rsatish va yo'l harakati qoidalariga qat'iy amal qilish, tasarruf ishini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilyapti. Xususan, 2018 yil 31 mart kuni "5-avtobus saroyi" MChJda bo'lib o'tgan profilaktika tadbirida "Toshshahartransxizmat" AJ rahbariyati, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash va yo'lovchi tashishni muvofiqlashtirish va yo'nalish tarmog'ini optimallashtirish bo'limlari boshliqlari hamda avtosaroy mutasaddilari, yo'nalish sardorlari va haydovchilari ishtirok etdi. Tadbirda qayd etilishicha, tizimda keng qamrovli o'zgarish va yangiliklar ro'y berib, ishchi-xizmatchilarga qulay shart-sharoitlar yaratilayotgan bo'lsa-da, ayrim haydovchilar hamon amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlar maqsadi, mazmun-mohiyatini to'la anglab etmayotir, yo'l harakati qoidabuzarliklari kamaymayotir.

Shanba, 07 Aprel 2018

ROSSIYALIK HAMKASBLAR BILAN HAMKORLIK

Poytaxtimiz Toshkent shahri jamoat transporti tizimini yangi, zamonaviy transport vositalari bilan boyitib borish, aholiga xizmat ko'rsatadigan avtokorxonalar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, oraliq bekat va shohbekatlarni zamon talabi darajasida ta'mirlab borishga qaratilgan Hukumat dasturi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan, "Toshshahartransxizmat" aktsiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi avtokorxonalar o'tgan 2017 yilning o'zida 50ta "MAN" va 140ta "ISUZU" rusumli katta va kichik sig'imli avtobuslar bilan boyidi. Ta'kidlash o'rinliki, 2018 va 2019 yillarda ham "MAN" va "ISUZU" avtobuslari xarid qilinishi belgilab qo'yilgan.

Juma, 06 Aprel 2018

SAYYOHLARNI ROM ETGAN MASKAN

10

   Bugungi kunda mamlakatimizda ichki va tashqi turizmni rivojlantirish maqsadida keng ko'lamli islohotlar o'tkazilayotir. Ayniqsa, sayyohlarga qulay, engil va oson xizmat turlari joriy etilmoqda. Chunki dunyo bo'yicha aylanma mablag'ning 1 trillion 500 milliard AQSh dollari sayyohlik orqali tushadi. Qolaversa, shu kunlarda hukumatimiz tomonidan bayram munosabati bilan beriladigan ta'til vaqti ichki turizmni rivojlantirish maqsadida e'tiborli joylarga, ziyoratgohlarga boradigan transportlarga chegirmalar qilish ko'zda tutilgan.

Shanba, 17 Mart 2018

KO'KLAM ELCHILARI

   Qushlar, gullar bahor elchilari hisoblanadi. Har yili ular ro'yi zaminga, mana shu yurtga fayz-baraka olib kelishadi! Navro'zi olam necha ming yillik tarixga ega, ildizlari "Avesto" davriga borib taqaluvchi, qadimiy, asl milliy, har qanday siyosatdan yiroq, kecha va kunduz teng keladigan sharqona yangi yildir. El-yurtimiz tabiatiga, ongu tafakkuri, qalbi-shuuriga chuqur singib ketgan eng sevimli, eng go'zal bayramdir. Ayni shu fayzli, shodiyona damlarda yurtimizning barcha go'shalarida, qir-adirlar, bog'u rog'larda yurtdoshlarimiz sumalak va halim, ko'k somsa va go'ja kabi tansiq taomlar tortilgan dasturxonlar atrofida to'planib, bu bahor ne'matlarini oilasi, yaqinlari, do'stu birodarlari bilan baham ko'rishga intiladi.

Shanba, 17 Mart 2018

EZGU NIYATLAR HAMISHA HAMROHINGIZ BO'LSIN!

 

069b7880 dd62 4b0d 9264 516af656d9f7

     Olamni turfa gullarga burkab kelgan bahor ayyomi muborak bo'lsin, azizlar! Ko'klam shunchaki fasl emas, balki u har bir inson umrining bahori. Men barcha chehralarda, hamkasblarim yuzida bahor tarovatini ko'ryapman! Bu kun kim nimani niyat qilsa, albatta erishadi. Kattayu kichikning duolariga quloq tutsangiz, Yaratgandan "Dehqonchilikka baraka bersin", deya so'rashadi.

 

 

 

 

  

Juma, 16 Mart 2018

TRANSPORTCHILARGA YANGI IMKONIYATLAR

So'nggi paytda avtomobil transporti sohasida aholiga xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash, fuqarolarning avtomobillarda tashuvlarga bo'lgan ehtiyojini imkon qadar to'laqonli ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida yo'lovchi tashish yo'nalishlari tarmog'i ko'lami 1,4 baravarga ortdi. Bugun mamlakatimiz bo'yicha faoliyat ko'rsatayotgan 117ta yo'lovchi avtovokzali va avtostantsiyasi aholining uzog'ini yaqin qilishga xizmat qilmoqda. Sohada olib borilayotgan ishlar bilan birga talay muammolar ham mavjudligi, avtotransport xizmatlari sohasini jadal rivojlantirishning mavjud imkoniyatlari va zaxiralaridan to'liq hajmda foydalanilmayotganligi bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirishni taqozo etadi. Masalan, avtotransport xo'jaliklarini modernizatsiya qilish zamonaviy talablar darajasida emas, sohada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va intellektual transport tizimlari etarli joriy etilmayapti.
Juma, 16 Mart 2018

BELARUSIYA BILAN XAMKORLIK QADAMLARI!

111111

Joriy yilning 8 fevral kuni shahrimizga sinov tariqasida Belarusiyada ishlab chiqarilgan tabiiy gazda harakatlanuvchi o‘rta va katta sig‘imli 2 ta “MAZ Lotos” rusumidagi avtobuslari keltirildi. Ushbu avtobuslarning pol qismi past bo‘lib, nogironlar aravachasida chiquvchilar uchun maxsus moslama mavjud, bu esa yo‘lovchilarga juda katta qulaylik yaratib beradi.

Juma, 09 Fevral 2018

AHOLIGA TRANSPORT HIZMAT KO‘RSATISH UCHUN, KELTIRILGAN KATTA SIG’IMLI 50 TA “MAN” RUSUMIDAGI AVTOBUSLARINING TASARRUFI.

      2018 ozgarish
  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2017 yil 11 martdagi “Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish transportini yanada rivojlantirish chora-tadbiri to‘g’risida”gi 129-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida, “JV MAN Auto-Uzbekistan” va “Toshshahartransxizmat” AJ o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida, 2017 yil 27 dekabr kuni katta sig’imli 50 dona siqilgan gazda harakatlanuvchi “MAN” rusumidagi avtobuslari keltirilgan.

     

Seshanba, 06 Fevral 2018

BIRINCHI PREZIDENTIMIZ ISLOM KARIMOV TAVALLUD TOPGANIGA 80 YIL TO‘LDI

10         BUYUK DAVLAT ARBOBIGA EHTIROM
       Vatan ravnaqi, el-yurt manfaatini o‘ylab, ezgu maqsad yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarning zahmatli mehnati, aziz xotirasi yillar o‘tsa-da unutilmaydi. Ular hamisha avlodlar tomonidan minnatdorlik ila yodga olinadi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug'anievich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g'risida” qaror qabul qilingani buning yorqin isbotidir.
         Ayni kunlarda butun mamlakatimizda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 80 yilligi keng nishonlanmoqda, shu munosabat bilan uning hayoti, faoliyati va merosini o‘rganish va targ’ib qilishga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
     Xalqimizning ardoqli farzandi Islom Karimov yurtni mustabid tuzum zulmidan ozod qilib, milliy davlatchiligimizni qayta tikladi, eng murakkab va og'ir pallada mamlakatga rahbarlik qilib mas'uliyatini o֯‘z zimmasiga oldi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, “Milliy tariximizning eng keskin va tahlikali davrida, millatlararo to'qnashuvlar va boshqa ziddiyatlar avj olgan, mamlakatimizda fuqarolar urushi xavfi yuzaga kelgan, iqtisodiyot chuqur inqirozga uchragan, bir so‘z bilan aytganda, eski zamonning umri tugab, yangi zamon boshlanayotgan bir paytda Islom Abdug'anievichning respublika rahbari etib saylanishi Yaratganning xalqimizga bebaho marhamati bo‘lgan edi”.

         

Shanba, 03 Fevral 2018

YURT TARAQQIYOTI UCHUN DASTURILAMAL HUJJAT

    2018 yil yurtimizda "Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili" deb e'lon qilinganidan xabaringiz bor. Tahlilchilar joriy yil jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar yanada jadal va keng ko'lamli bo'lishini ta'kidlamoqdalar. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev joriy yil 22 yanvar kuni imzolagan "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida" farmon ham bu fikrni tasdiqlab turibdi.
    Mazkur farmon Davlat das¬turining asosiy yo'nalishlari va uni amalga oshirishning birinchi navbatdagi chora-tadbirlarini belgilab bergani bilan ahamiyatlidir. Aytish joizki, Davlat dasturi yurtdoshlarimizning fikr-mulohaza va takliflari asosida ishlab chiqildi. Dastur loyihasi aholi o'rtasida keng va atroflicha muhokama qilindi. Muhokamalar asnosida fuqarolardan 4,4 mingta taklif va sharh kelib tushdi va ulardan dasturni takomillashtirishda foydalanildi. Ma'lumki, Harakatlar strategiyasi o'rta muddatli istiqbolda davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlarini belgilab bergan eng muhim dasturiy hujjat hisoblanadi. O'tgan yili Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda "Inson manfaatlari – hamma narsadan ustun" degan tamoyil va "Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak" degan ezgu g'oyaning hayotga amaliy tatbiq etilishiga alohida e'tibor qaratilgan edi. 2018 yilda esa Harakatlar strategiyasida ko'zda tutilgan maqsad va vazifalar ko'lami kengayib, yurtimiz yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo’yishi kutilmoqda.

Yakshanba, 28 Yanvar 2018
Page 5 of 19
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 233-52-63

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 1844 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech