Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+

Yangiliklar

CHILANGARLIK MALAKA VA ZIYRAKLIKNI TALAB ETADI

    Avtotransport vositalarining yo'llarda xavf-xatarsiz va ravon harakatlanishida ko'plab insonlarning mehnati mujassam. Ayniqsa, yuzlab yo'lovchilar hayotiga javobgar jamoat transporti vakillari zimmasidagi mas'uliyat yanada zalvorli. "Toshshahartransxizmat" aktsiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalarda ham o'z kasbini sevgan ana shunday transportchilar ko'plab topiladi. Ular mehnati munosib baholanib, muntazam rag'batlantirib boriladi. "1-avtobus saroyi" MChJ avtochilangari Abduqodir Mirrahimov ham ana shunday insonlar sirasiga kiradi. Abduqodir aka joriy yil mamlakatimiz mustaqilligining 25 yillik bayrami arafasida jamiyatning buyrug'iga asosan "Toshkent shahar yo'lovchilar tashish transporti Faxriy xodimi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

Seshanba, 25 Oktyabr 2016

Monitoring natijalari tegishli xulosa chiqarishga undaydi

    Poytaxt jamoat transporti xizmati sifati va belgilangan daromadlarni oshirish, zarar ko'rib ishlashni kamaytirish, asoslanmagan sarf-xarajatlarga yo'l qo'ymaslik, yo'nalishlarga chiqarilayotgan harakat tarkibi kunlik texnik ko'rikdan talab darajasida o'tkazilishi, ularning texnik jihatdan soz holda bo'lishi, sanitariya talablariga javob berishi, haydovchilarning kunlik tibbiy ko'rikdan o'tishi va ularda barcha tegishli hujjatlarning bo'lishi, yoqilg'i moylash mahsulotlarni isrof qilmaslik, navbatchi nozim va mexaniklar hamda korxonadagi boshqa mas'ul xodimlarning harakat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha o'z xizmat vazifalariga mas'uliyat bilan yondashishlari ustidan nazoratini kuchaytirish kabi fikr-mulohazalar joriy yilning 6 oktyabr kuni "Toshshahartransxizmat" AJ majlislar zalida jamiyatning 2016 yil 29 fevraldagi "Monitoring tashkil etish to'g'risida"gi 44-sonli buyrug'iga binoan hamda tasdiqlangan jadval asosida "4-avtobus saroyi" MChJ, "5-avtobus saroyi" MChJ, "12-avtobus saroyi" MChJ va "18-avtobus saroyi" MChJlarida o'tkazilgan monitoring natijalari to'g'risidagi kengaytirilgan yig'ilishda atroflicha muhokama etildi. Unda jamiyat boshqaruv raisining o'rinbosarlari, Toshkent shahar hokimligi yo'lovchi transportining barcha turlari harakatini lisenziyalash va muvofiqlashtirish Departamenti, aktsiyadorlik jamiyati bo'lim boshliqlari, tarmoq korxonalari rahbarlari, bosh muhandislari, tasarruf bo'yicha o'rinbosarlari, bosh muhosiblari, reja-iqtisodiyot bo'limi boshliqlari, YoMM muhandislari, "Toshyo'lovchitransxizmat"UK, "Toshtransdispetcherxizmat" UK, "Toshavtota'mirxizmat" UK rahbarlari ishtirok etdi.

Seshanba, 18 Oktyabr 2016

Ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik

shahar yo'lovchi tashish transportida tender savdolarini o'tkazish va sog'lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega

    Mustaqillik yillarida yurtimizda kichik biznes va tadbirkorlik, xususan, shahar yo'lovchi tashish transporti rivojiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Istiqlol sharofati bilan poytaxt jamoat transporti tizimiga ham tadbirkorlik kirib keldi. Bu, o'z navbatida, yangi yo'nalishlar tashkil etish, transport xizmat sifatini oshirish, sog'lom raqobat muhitini shakllantirishga zamin yaratdi. Xususiy yo'lovchi tashuvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish va lisenziyalash Toshkent shahar hokimligi yo'lovchi transportining barcha turlari harakatini lisenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti tomonidan amalga oshirilmoqda. Shahar yo'lovchi tashish transporti tizimidagi avtokorxonalar o'rtasida sog'lom raqobat muhitini yaratish maqsadida ochiq tender savdolari o'tkazilmoqda va ular bilan o'rnatilgan tartibda o'zaro shartnoma imzolanmoqda.

Payshanba, 12 Oktyabr 2016

YOSHLARGA O'RNAK INSON

    Mustaqillik yillarida "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi avtokorxonalar faoliyatini barqarorlashtirish, yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish sifati va madaniyatini oshirish, harakat xavfsizligini ta'minlash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Sohaga e'tibor natijasida tizimdagi faol haydovchi va boshqa mutaxassislar jamiyat va davlatimiz tomonidan munosib rag'batlantirilib, yuksak mukofot va unvonlarga sazovor bo'lmoqda.
    "Beshyog'och" maydoni va Yunusobod 6-dahasi shohbekatlari oralig'ida harakatlanuvchi 51-yo'nalish shahrimizdagi faol yo'nalishlardan biri sanaladi. Yo'nalish 2013 yil "Toshshahartransxizmat" AJ miqyosida o'tkazilgan namunali yo'nalish ko'rik-tanlovida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritib yuqori ko'rsatkichlarni saqlagani haqida gazetamizda turkum maqolalar chop etilgandi. Ana shu maqolalardan birida yo'nalish sardori Abdumutal Dakiboev yo'nalish muvaffaqiyatini butun jamoa ta'minlaydi, faollar esa uni oldinga etaklaydi, deb ta'kidlab, bir qator faol haydovchilarni alohida e'tirof etgandi. O'shanda Abdumannob Qodirov ham faol haydovchilar qatorida qayd etilgandi.

Payshanba, 12 Oktyabr 2016

OYLIK YO'L CHIPTALARI METROPOLITENGA HAM TATBIQ ETILDI

    Shahar yo'lovchi tashish transporti tizimi faoliyati asosini yo'lovchilarga sifatli va madaniyatli xizmat ko'rsatish tashkil etadi. Bu borada "Toshshahartransxizmat" aktsiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalar yo'lovchilar manfaatlari yo'lida keng qamrovli islohotlarni amalga oshirmoqda. Xususan, joriy yilning 1 oktyabridan "Toshkent metropoliteni"da oylik yo'l chiptalari tatbiq etilmoqda. Bu borada "Toshyo'lovchitransxizmat" unitar korxonasi mutaxasislari bilan suhbatlashdik.

Juma, 07 Oktyabr 2016

USTUVOR MAQSAD VA VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

    Joriy yilning 16 sentyabr kuni "Toshshahartransxizmat" AJ majlislar zalida "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatining 2016 yil 8 sentyabrdagi qo'shma majlisidagi O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining nutqida belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda "Toshshahartransxizmat" AJ bo'yicha 9-oy va 2016 yil yakuni bilan prognoz ko'rsatkichlarini bajarilishini ta'minlash bo'yicha ustuvor vazifalarni belgilash to'g'risida" kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda Toshkent shahar hokimining o'rinbosari, "Toshshahartransxizmat" AJ boshqaruv raisi O.H.Sodiqov, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari Axborot-tahlil departamenti mudiri N.Maksumov, Vazirlar Mahkamasining kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari Axborot-tahlil departamenti etakchi mutaxassisi Z.Abdullaev, Toshkent shahar hokimligi yo'lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish Departamenti boshlig'i M.Maxmudov, uning o'rinbosarlari va bo'lim boshliqlari, jamiyat raisi o'rinbosarlari, bo'lim va xizmat boshliqlari, avtobus saroylari rahbarlari va o'rinbosarlari, bosh muhandislar, harakat xavfsizligi xizmati boshliqlari jamiyat tizimidagi mulkchilik shaklidan qat'iy nazar barcha korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Juma, 30 Sentyabr 2016

E`LON

HURMATLI TOSHKENT SHAHRI AHOLISI VA MEXMONLARI!

"Toshshahartransxizmat" AJ Toshkent shahar yo'lovchi tashish transportida shahrimiz axolisi va mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida, 2016 yil 1 oktyabr kunidan kundalik transport xarajatlaringizni iqtisod qilish, sifatli xizmat ko'rsatish, er usti va er osti jamoat transportlarini uzviy bog'lash maqsadida, hozirda amalda bo'lgan oylik yo'l chiptalari:

- N (nafaqador va nogironlar uchun – avtobus) - 60 000 so'm
- T (talabalar uchun – avtobus) - 60 000 so'm
- O’ (o'quvchilar uchun – avtobus) - 60 000 so'm
- AV (umumiy aholi uchun – avtobus) - 120 000 so'm

seriyalariga qo'shimcha ravishda avtobuslar va metroda foydalanish uchun:

- NM (nafaqador va nogironlar uchun – avtobus va metro) - 83 000 so'm
- TM (talabalar uchun – avtobus va metro) - 83 000 so'm
- O’M (o'quvchilar uchun – avtobus va metro) - 83 000 so'm
- AVM (umumiy aholi uchun avtobus va metro) - 166 000 so'm

oylik yo'l chiptalari joriy etilganini ma'lum qiladi.

Yangi turdagi oylik yo'l chiptalari 2016 yil 29 sentyabr kunidan sotuvga chiqarildi.

Chorshanba, 29 Sentyabr 2016

Istiqlol tufayli o’z xususiy korxonamizga ega bo’ldik

favorit    Mustaqillik sharofati bilan jamiyat xayotining barcha sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar jarayonidashaxar yo’lovchi tashish transporti tizimi vakillari xam faol ishtirok etmoqda. Shaxrimizning biror bayram va shodiyonasi yo’lovchi transportisiz o’tmaydi.
    Shahar yo’lovchi tashish transporti sohasida istiqlolyillarida keng ko’lamli islohotlar, istiqbolli loyihalar, qator yangilik va o’zgarishlar amalga oshirildi.
    Yana shunday yangilik va o’zgarishlar natijasi o’laroq bundan uch yil muqaddam yo’lovchi tashishga ixtisoslashgan «Favorite motors» nomli ma'suliyati cheklangan jamiyatini tashkil qildik. Yangi korxona yangi ish o’rinlari yaratish imkonini berdi. Bugungi kunda korxonamizda 20 nafarga yaqin ishchi-xizmatchi ahil va inoq mehnat qilmoqda.

Payshanba, 14 Sentyabr 2016

Ravon yo'llar, muhtasham

ko'priklar tirbandlikning oldini olish, transport vositalari harakatini yanada engillashtirishga xizmat qilmoqda.

    Xalqimizning hayot darajasi va sifatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotgan zamonaviy transport infratuzilmasini barpo etishga qaratilgan islohotlar ko'lami tobora kengayib bormoqda. Ko'plab yangi temir va avtomobil yo'llari, magistrallar, muhtasham ko'priklar, yo'l o'tkazgichlarining barpo etilishi natijasida shahar va qishloqlarimizda mutlaqo yangi, jahon talablariga javob beradigan transport-kommunikatsiya tarmoqlari bunyod etildi. Xususan, mustaqillik yillarida 6-8 polosali 32 kilometrlik Toshkent kichik halqa yo'li, Olmazor tumanidan boshlanadigan Beruniy ko'chasini Shayxontohur tumanidagi Osiyo ko'chasi bilan bog'laydigan, Farobiy, Qorasaroy, Sag'bon, Sebzor va Labzak ko'chalarini o'zaro tutashtirgan 5,1 kilometr uzunlikdagi yangi Nurafshon ko'chasi bunyod etildi. Bunday misollarni yana ko'plab keltirish mumkin. Bunday sa'y-harakatlar natijasida yo'llarda transport vositalari erkin harakatlanmoqda, shahrimiz aholisi va mehmonlari uchun har tomonlama qulaylik tug'dirishga puxta zamin yaratildi.

Payshanba, 07 Sentyabr 2016

"TOSHSHAHARTRANSXIZMAT" AKSIYADORLIK JAMIYATI JAMOASI

mustaqillik25qadimiy va hamisha navqiron Toshkent aholisi hamda mehmonlarini, jamiyat tizimidagi korxona va tashkilotlarda sidqidildan mehnat qilib kelayotgan fidoyi transportchilarni, ularning oila a'zolarini, barcha kasbdosh do'stlarimizni eng ulug', eng aziz bayramimiz – O'zbekiston Mustaqilligining shonli 25 yilligi bilan qizg'in muborakbod etadi.
    Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek, "Mustaqillik biz uchun hayotimizning ma'no-mazmunini butunlay o'zgartirgan, tariximizda yangi sahifa ochgan buyuk voqea bo'lib, Vatanimizni, xalqimizni eski mustabid tizim kishanlaridan ozod qilgani, milliy demokratik davlat qurish, barcha mamlakatlar va xalqlar bilan teng bo'lib, farovon hayot barpo etish yo'lini ochib bergani bilan qadrli va mo''tabardir".

Payshanba, 31 Avgust 2016
Page 30 of 33
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 233-52-63

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 2154 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech