Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+

Yangiliklar

YO'LOVCHILARGA YANADA SIFATLI XIZMAT KO'RSATISH

    Vatanimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab transport sohasini rivojlantirish, aholiga madaniyatli va sifatli transport xizmati ko'rsatish darajasini yuksaltirish, tizimning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilashga katta e'tibor qaratilmoqda.
    Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi va xalqimiz hayoti farovonligining yanada yaxshilanishi yo'lida amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarning samaradorligi respublikamizda avtomobil sanoati rivojlanishi, transport vositalari keskin ko'payishi bilan chambarchas bog'liqdir.

Chorshanba, 15 Dekabr 2016

MAQSAD EZGU, ISH BARQAROR BO'LSIN!

    Mamlakatimiz Bosh qomusi – Konstitusiyamiz qabul qilinganiga ham 24 yil to'ldi. Bu yillar orasida Asosiy Qonun kundalik turmushimizning hamma jabhalarida namoyon bo'lmoqda. Ta'lim sohasini olasizmi, tibbiyotnimi, iqtisod, qishloq xo'jaliginimi...
    Birgina poytaxt – Toshkentimizda yuz berayotgan o'zgarishlarni aytib ado qilolmaysiz. Ravon yo'llar, ko'chalar, sayilgohlar... Ayniqsa, ko'chalarimiz bo'ylab qatnayotgan jamoat transportlari haqida to'lqinlanib gapirging keladi. Zamonaviy, juda ko'p qulayliklarga ega, Olmoniyadan keltirilgan "Mersedes-Bents" avtobuslari, o'zimizda chiqadigan ixcham, o'rta sig'imli "Isuzu" rusumli avtobuslar ko'zlarni quvnatadi. "Toshshahartransxizmat" AJ mutasaddilari shahar aholisi, poytaxtimiz mehmonlari uchun juda ko'p qulayliklar yaratayotgani kishini quvontiradi. Poytaxtimiz kun sayin o'zgarib borayaptimi, demak, oldinda qilinadigan ishlar yana kun tartibiga chiqaveradi. Mamlakatimiz Bosh vaziri, davlatimiz rahbari vazifasini vaqtincha bajarib kelgan, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O'zLiDepdan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoev Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuv chog'i:
    "Avtobus, metro va boshqa turdagi jamoat transportlari faoliyatini yanada kengaytirish zarur" degan edi.

Juma, 09 Dekabr 2016

Auksion savdosi

“KO’CHMAS MULK SAVDO XIZMATI” MChJ boshlang'ich bahosi bosqichma-bosqich oshib borish tartibida o'tkaziladigan ochiq auksion savdosiga taklif etadi!

Auksion savdosiga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016 yil 28 iyundagi 215-sonli qarori va “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv qarori xamda “Toshkent tramvayi” UKning 2016 yil 22 noyabrdagi 751-sonli buyurtmanomasiga asosan quyidagi ko'chmas mulklari qo'yilmoqda:

1. Toshkent shahar, Lutfiy ko'chasi 57-uy manzilida joylashgan, umumiy er maydoni 94 263 kv.m., bino va inshootlar maydoni 19,7 ming kv.m, bo'lgan “Tramvay deposi binolari” ob'ekti. Boshlang'ich baxosi – 25 596 052 427 so'm.

2. Toshkent shahri, Mirobod tumani, Yangi Qo'yliq ko'chasi 40-uy manzilida joylashgan umumiy er maydoni 21 418 kv.m., bino va inshootlar maydoni 7,184 ming kv.m, bo'lgan “Tramvay yo'llarini sozlash xizmati” ob'ekti. Boshlang'ich baxosi – 9 025 062 970 so'm.

Auksion savdosi 2016 yil 20 dekabr kuni soat 12:00 da bo'lib o'tadi.

Juma, 02 Dekabr 2016

4 dekabr saylov kuni

4d1HURMATLI YO'LOVCHILAR!

2016 YILNING 4 DEKABR KUNI

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVI O'TKAZILISHI MUNOSABATI BILAN SHU KUNI JAMOAT TRANSPORTIDAN FOYDALANGANLIK UCHUN

YO'L-KIRA HAQI OLINMAYDI

Payshanba, 30 Noyabr 2016

SHOHBEKAT MAVSUMGA SHAY

    Shahar yo'lovchi tashish transporti tizimi yo'lovchilarga 120dan ziyod yo'nalish va 2800dan ortiq avtobusda xizmat ko'rsatib kelmoqda. Yo'nalish avtobuslari 40dan ortiq shohbekat oralig'ida harakatlanmoqda. Ahamiyatlisi, istiqlol sharofati bilan oraliq va shohbekatlarning aksari zamon talablari darajasiga keltirildi. Oraliq bekatlar bejirim dizayn asosida qish va yoz mavsumiga mos tarzda oynavand shaklda qurilmoqda. Ular yo'lovchi o'tirishi uchun o'rindiqlar, buyum qo'yishi uchun maxsus ilgichlar, axlat tashlash qutilari bilan jihozlangan. Shohbekatlar haqida ham ana shunday iliq fikrlar bildirish mumkin. Bir vaqtning o'zida bir necha yo'nalishga xizmat ko'rsatuvchi shohbekatda yo'lovchi, haydovchi va navbatchi nozimlar uchun barcha sharoit yaratilgan. E'tiborlisi, aksar shohbekatlar puxta ishlangan loyiha asosida qurilgan butun bir majmuani tashkil etadi. Yo'lovchilarga yilning to'rt faslida ham birdek xizmat ko'rsatishni ta'minlash uchun kerakli choralar ko'rilmoqda. Ushbu mas'uliyat kuz-qish mavsumida yanada ortadi.

Payshanba, 23 Noyabr 2016

ZAMONAVIY TEXNOLOGIYA VOSITALARI TO'SIQ VA MUAMMOLARSIZ SOHA RIVOJLANISHIGA XIZMAT QILADI

    XXI asr zamonaviy texnologiya va axborot-kommunikasiyalar asri sanaladi. Ayniqsa, o'n besh-yigirma yil ichida texnologiya shiddat bilan rivojlandi. Hayotimizdan zamonaviy axborot-kommunikasiya vositalari muqim o'rin egalladi. Kompyuter texnologiyalari imkoniyati bir necha bor ortdi. Uyali aloqa vositalari, optik toalli moslamalar, global internet texnologiyalari imkoniyatlari sanog'iga etish qiyin. Ahamiyatlisi, rivojlangan texnologiyalar jamiyat hayotining barcha jabhasini qamrab oldi. Bundan, albatta, shahar yo'lovchi tashish transporti tizimi ham mustasno emas.
    O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2013 yil 9 oktyabrdagi "Toshkent shahrida yo'lovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi va Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 13 noyabrdagi "Shahar yo'lovchi tashish transporti tizimini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorlarida transport vositalari harakatini masofadan "on-layn" tarzda nazorat qiluvchi tizim yaratish vazifasi belgilab berilgandi. Ushbu qaror asosida "sohaga navigasiya tizimlarini joriy etish va transport vositalari haydovchilarini aloqa vositalari bilan ta'minlashni hisobga olgan holda harakatlanadigan, tarkib harakatini uzoqdan nazorat qilish tizimi (GPS) joriy etildi.

Payshanba, 16 Noyabr 2016

TOSHKENTGA XOS VA MOS TRANSPORT

    Dunyo miqyosida yo'lovchilar 150 yildan ortiq vaqt mobaynida metro xizmatidan foydalanadilar. Frantsuz tilida "poytaxtga xos" degan ma'noni anglatuvchi ushbu transport, ya'ni Toshkent metropoliteni esa 39 yildan buyon shahrimiz aholisi va mehmonlari uzog'ini yaqin, og'irini engil qilmoqda. Sohada, ayniqsa, istiqlol yillarida keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Muxbirimiz "Toshkent metropoliteni" davlat unitar korxonasi boshlig'i Oybek Xudoyqulov bilan ana shu haqda suhbatlashdi.
    - Metropoliten ko'p millionli aholiga ega yirik megapolislarda bunyod etiladigan zamonaviy transport vositasi sanaladi. Uch milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan poytaxtimiz uchun mazkur transport vositasi katta ahamiyat kasb etishi shubhasiz, – deydi Oybek Nosirbekovich. - Toshkent meropoliteni har kuni 200 ming nafarga yaqin yo'lovchilarga xizmat ko'rsatadi.
    Metropoliten o'ziga xos murakkab muhandislik qurilmalari majmuasi bo'lib, hozirgi kunda uning poezdlari uchta – "Chilonzor", "O'zbekiston" va "Yunusobod" yo'nalishlari yo'lovchilariga xizmat ko'rsatmoqda. Metroning umumiy uzunligi 39 kilometrga yaqin. "Chilonzor" yo'nalishi 16,2, "O'zbekiston" 14,9 hamda "Yunusobod" yo'nalishi 7,25 kilometrni tashkil etadi. Mazkur uch yo'nalishda 29ta bir-biridan ko'rkam, muhtasham va betakror bekat mavjud. Tizimga 2ta elektrodepo, bitta harakatdagi poezdlarni ta'mirlash va ehtiyot qismlarni tayyorlash bilan shug'ullanuvchi depo xizmat ko'rsatadi. Bundan tashqari uning tarkibidan 6ta xizmat ham o'rin olgan.

Juma, 11 Noyabr 2016

TRANSPORTCHILAR BAYRAMI UNUTILMAS ONLARGA BOY BO'LDI

    Hayotimizni transport vositasisiz tasavvur etish mushkul. Ikki asrki insonga yaqin ko'makchi, doimiy hamroh, uzog'ini yaqin, og'irini engil qiluvchi transport vositasi sifatida avtomobil hayotimizdan muhim va muqim o'rin egallagan. U bizga yilning to'rt faslida beminnat xizmat qiladi.
    Istiqlol sharofati bilan Toshkent ko'chalarida zamonaviy, barcha qulayliklarga ega "Mercedes-Benz", "MAN" va "Isuzu" rusumli avtobuslar, mikroavtobuslar va o'zimizda ishlab chiqarilayotgan engil avtomobillar harakatlanmoqda. Kunni tunga ulab mehnat qilayotgan mehnatsevar, fidoyi transportchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
    Ayniqsa, xususiy sektorda o'z transport vositalari bilan poytaxtimiz yo'lovchilariga xizmat ko'rsatayotgan transportchilar mehnati alohida e'tirofga molik. Ayni paytda "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyatida 9 ming 300 nafardan ortiq ishchi-xizmatchi faoliyat ko'rsatmoqda. Shundan 2 ming 700 nafardan ziyod haydovchi, 1000 nafarga yaqin chipta sotuvchi va 1 ming 100 nafardan ortig'i ta'mirlovchi, 2 ming 300 nafardan ortiq yordamchi xodim hamda 2 ming nafardan ziyod muhandis, texnik xodimlar mehnat qilmoqda. "Toshkent metropoliteni" DUK tarkibida 3100 nafardan ortiq xodim yo'lovchilarga xizmat ko'rsatmoqda. E'tiborlisi, jamiyat tarkibidagi korxona va tashkilotlarning 80 nafardan ortiq xodimi davlat mukofotlari bilan, 300 nafardan ziyodi "Toshkent shahar yo'lovchilar tashish transporti faxriy xodimi" nishoni bilan taqdirlangan.

Juma, 04 Noyabr 2016

TOSHKENT SHAHAR YO'LOVCHI TASHISH TRANSPORTI: takomil va taraqqiyot sari

    Bugungi kunda jamoat transporti jamiyat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy tarmog'ida mustahkam joy egalladi. Ayniqsa, istiqlol yillarida poytaxt jamoat transportida misli ko'rilmagan o'zgarish va keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimov tashabbusi va rahnamoligida jamoat transporti tarkibi zamonaviy xorij va o'zimizda ishlab chiqarilayotgan "Mercedes-Benz" hamda "Isuzu" avtobuslari bilan tubdan yangilandi. Yo'lovchilarga qulay, tezkor, xavf-xatarsiz va sifatli transport xizmatini ko'rsatishni oliy maqsad deb bilgan soha vakillari bu yo'lda ezgu amallar bilan zimmalaridagi yuksak vazifani ado etishga harakat qilmoqdalar. Muxbirimiz transportchilar hayoti, sohada amalga oshirilayotgan o'zgarish va yangiliklar haqida Avtomobil transporti xodimlari kuni munosabati bilan "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining o'rinbosari Mohir Valiev bilan suhbatlashdi.

Juma, 28 Oktyabr 2016

BOSH VAZIR VIRTUAL QABULXONASI: murojaatlar tez echim topmoqda

    Sohibqiron Amir Temur kuch adolatda ekanligini teran anglagan, shu bois uning davlat muhrida "Kuch-adolatda" hikmati bitilgan edi. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ishlab chiqqan taraqqiyotning "o'zbek modeli" - mashhur besh tamoyilning biri qonun ustuvorligi ekani ham bejiz emas. Birinchi Prezidentimiz butun faoliyati davomida erkin, adolatli va farovon hayot qurish, jamiyatimizda qonun ustuvorligi, tartib-intizom, adolat va haqiqatni qaror toptirish yo'lida kurashdi.
    Shu ma'noda yaqinda O'zbekiston hukumati portalida ochilgan Bosh vazirning virtual qabulxonasini (pm.gov.uz) o'zbek davlatchilik maktabiga mansub adolatparvarlik, haqiqatni ta'minlash borasidagi an'analarning mantiqiy davomi bo'ldi, deyish mumkin. Bugun minglab yurtdoshlarimiz hal etilmagan masala, muammo, ariza, shikoyat yoki takliflar bilan to'g'ridan- to'g'ri mamlakatimiz Bosh vaziriga murojaat qilmokda.

Payshanba, 26 Oktyabr 2016
Page 29 of 33
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 233-52-63

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 1847 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech