Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+

Yangiliklar

2016 yil — "Sog'lom ona va bola yili"

KICHKINTOYLARNING MAROQLI TA'TILI yaxshi sharoit va so'lim tabiat qo'ynida ko'ngildagidek o'tishi shubhasiz

   Kelgusi haftada yurtimiz umumta'lim maktablari uzra so'nggi qo'ng'iroq sadolari yangrab, 2015-2016 o'quv yiliga yakun yasaladi. So'nggi qo'ng'iroq barcha maktab bitiruvchilari uchun mustaqil hayotning yangi zarvaraqlarini ochadi.
    Ta'kidlash joizki, mamlakatimizda yoshlarning bilim olishi, dam olishi, sport bilan shug'ullanishi uchun barcha shart-sharoit hamda imkoniyatlar yaratish yo'lida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, poytaxtimiz va viloyatlarda zamonaviy, jahon talablariga to'la mos keladigan ta'lim maskanlari, sport inshootlari, bolalar dam olish sihatgohlari bunyod etilib, mavjudlari rekonstruktsiya qilinib, farzandlarimiz ixtiyoriga topshirilgan. Ayniqsa, yozgi ta'til vaqtida bolalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o'tkazish maqsadida yurtimizdagi bolalar dam olish maskanlarida qizg'in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Dushanba, 30 May 2016

MAJBURIY TEXNIK KO'RIK transport vositalarining muntazam va xavf-xatarsiz harakatlanishini kafolatlaydi.

   Istiqlol yillarida mamlakatimiz jahonning avtomobil ishlab chiqaruvchi sanoqli davlatlari qatoridan o'rin oldi. Shahar va tumanlarimiz markazlarida transport vositalari qatnovi bir necha barobarga ortdi. Ozoda va ko'rkam ko'chalarimizda transport vositalarining texnik soz holda harakatlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada 1999 yilning 19 avgustidagi "Yo'l harakati xavfsizligi to'g'risida"gi qonun talablariga asosan 2003 yilning 31 yanvarida Vazirlar Mahkamasining "Transport vositalarini majburiy texnik ko'rikdan o'tkazish tartibi to'g'risida"gi Nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori qabul qilindi.

Juma, 20 May 2016

BAHOLOVCHI TASHKILOTLAR DIQQATIGA

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.04.2016 yildagi 102-sonli Qaroriga muvofiq, “Toshkent tramvayi” UKga tegishli bo'lgan quyidagi ob'ektlarning bino va inshootlarni auksion savdolari orqali sotish maqsadida, ushbu mulklarni bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilotlardan tijorat takliflarni berishlari so'raladi.

Chorshanba, 21 Aprel 2016

Yo'llarda tirbandlikni bartaraf etish mavjud avtomobil yo'llarini yanada kengaytirish, yangi yo'l va ko'priklar qurishni talab qiladi

     Azim kentimiz Toshkent kundan-kun chiroy ochib, rivojlanib bormoqda. Istiqlol yillarida poytaxtimizda ko'plab zamonaviy oliy bilim yurtlari, ma'naviyat-ma'rifat maskanlari, istirohat bog'lari, sport inshootlari, aholi turar-joylari keng va ravon yo'llar, mahobatli ko'priklar bunyod etildi. Ularning har biri haqida ko'p va xo'b gapirish mumkin. Inchunin aholi yashash sharoiti yuksalib, shahar, tuman, mahalla va xonadonlarimiz kun sayin obod va ko'rkam bo'lib borayotir. Masalan, bundan 20 yillar oldin mahalla-ko'yda sanoqli engil mashina bo'lgan bo'lsa, hozirda har ikki oiladan bittasida avtomobil bor.

Juma, 01 Aprel 2016

E`LON

     Yoqilg'i-moylash mahsulotlari, elektr energiyasi va ehtiyot qismlar uchun sarf-xarajatlarning oshganligi sababli shahar jamoat transportida 2016 yil 1 apreldan boshlab yo'lkira haqi quyidagicha belgilanadi:

- SHAHAR AVTOBUS, TRAMVAY YO'NALISHLARIDA VA METROPOLITENDA - 1 200 SO'M

- SHAHAR ATROFI AVTOBUS YO'NALISHLARIDA SHAHAR ICHIDA - 1 200 SO'M

- SHAHARDAN TASHQARIDA - TARIF BO'YICHA.

Yo'lkira haqini o'z vaqtida to'lashingizni so'raymiz.

Juma, 01 Aprel 2016

Texnika sozligi va butligi unda avtochilangar mehnati muhim o'rin tutadi

    Shahrimiz ko'chalari chiroyiga chiroy qo'shib harakatlanayotgan zamonaviy avto-transport vositalarining yo'llarda xavf-xatarsiz, ravon yurishida ko'plab insonlarning mehnati yotibdi. Ayniqsa, yuzlab y lovchilar hayotiga javobgar jamoat transporti vakillari zimmasidagi mas'uliyat yanada zalvorli. Buni chuqur anglab etgan yo'lovchi tashish bilan shug'ullanayotgan korxona va tashkilotlar mutasaddilari sohaga etuk, bilimli, eng asosiysi, fidoyi insonlar jamoasini jamlashga intiladilar. "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi korxonalarda ham ana shunday transportchilar ko'plab topiladi. Ular mehnati munosib baholanib, muntazam rag'batlantirib boriladi.

Seshanba, 29 Mart 2016

LITSENZIYASIZ YO'LOVCHILARNI TASHISH QONUNGA XILOF

    Joriy yilning 13 fevral kuni Toshkent shahar hokimligida yo'lovchi tashish bilan noqonuniy ravishda shug'ullanayotgan fuqarolar faoliyatiga chek qo'yish hamda yo'l-transport hodisalarini oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash masalasiga bag'ishlangan brifing bo'lib o'tdi. Unda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati ma'sullari, "Toshshahartransxizmat" AJ mutasaddilari, Toshkent shahar hokimligi Yo'lovchi tashish transportining barcha turlarini litsenziyalash va muvofiqlashtirish Departamenti rahbariyati, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Dushanba, 22 Fevral 2016

YO'L QURMOQ - SAVOB, YO'L YURMOQ - ROHAT, YO'L QOIDASI - UMR FOYDASI

    Qishlog'u shaharlarning obodligiga, u erda yashayotgan odamlarning bunyodkorligi, turmush madaniyatiga undagi yo'llarning holatiga qarab xulosa chiqarishgan. Xalqimiz yo'l, ko'prik qurgan, uni sozlagan, obod qilganlarga katta hurmat ko'rsatgan.

Dushanba, 22 Fevral 2016
Page 28 of 28
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 233-52-63

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 1217 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech