Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

KO‘PRIKLAR — TUTASHAYOTGAN QALBLAR YO‘LAGI

Mamlakatimiz istiqlolga erishganidan so‘ng tom ma’noda bunyodkorliklar davri boshlandi. Ayniqsa, hozirgi paytda ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish ishlari kun va daqiqa sayin jadallashmoqda. Xususan, yaqinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida qurilgan zamonaviy ko‘prikni borib ko‘rdi. Poytaxtimiz ko‘chalarida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, tirbandliklarning oldini olish, piyodalar uchun sharoit yaratish maqsadida ko‘plab ko‘prik va yo‘lo‘tkazgichlar bunyod etilmoqda. Albatta, Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida qurilgan zamonaviy ko‘prik shulardan biridir.

17.1

Prezident Shavkat Mirziyoev g‘oyasi va tashabbusi bilan bunyod etilgan ushbu inshoot qadim Toshkentning tarixiy jozibasini saqlagan holda, uni yangilash, zamonaviy megapolisga aylantirish, pirovardida aholining uzog‘ini yaqin qilishda juda muhim ahamiyatga ega.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" aktsiyadorlik jamiyatiga qarashli "Ko‘prik qurilish tresti" korxonasi bunyod etgan yo‘l o‘tkazgichning umumiy uzunligi 667,5 metr, shundan estakada qismi 488,5 metr bo‘lib, balandligi 8 metr, kengligi 24,5 metr, 21 ustundan iborat. Ko‘prikda avtomobillar 6 qatorda harakatlanadi. Shuningdek, 124 metrlik ikkita piyodalar o‘tish ko‘prigi qurildi. Nogiron va keksalarga qulaylik yaratish maqsadida ularda maxsus eskalator o‘rnatildi. Davlatimiz rahbari bu erda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi, quruvchilar bilan muloqot qildi.

— Mamlakatimizda ko‘prik qurish bo‘yicha o‘ziga xos maktab yaratildi, deb   Prezident so‘zlarini keltirgan O‘zA agentligi, unda, shuningdek, — Ushbu ko‘prikni barpo etgan bunyodkorlarga alohida minnatdorlik bildiraman. Bundan keyin quriladigan yangi ko‘priklar ham sifatli, juda puxta bo‘lishi kerak. Buning uchun ko‘priksozlik bo‘yicha ilg‘or xorij tajribasini o‘rganib, tajriba almashib borishimiz zarur. Bir so‘z bilan aytganda, ko‘priklar ham bizning bunyodkorlik timsolimizga aylanmog‘i zarur.

Ob’ekt qurilishiga ellikka yaqin texnika vositasi, 250 dan ziyod ishchi-xodim jalb etildi. Yo‘lo‘tkazgichni bunyod etishda 35,7 ming kub metr tuproq, 42,6 ming kub metr beton ishlari bajarildi. Hududda obodonlashtirish ishlari bajarilib, atrof ko‘kalamzorlashtirildi va manzarali daraxtlar o‘tqazildi.

Yangi inshootni loyihalashtirishda yoritish tizimiga ham alohida e’tibor qaratildi. Unga ko‘ra, ko‘prikka jahon standartlariga to‘la javob beradigan energiya tejaydigan jihozlar o‘rnatildi.

Shu erda davlatimiz rahbariga poytaxtimizda va hududlardagi mavjud ko‘priklar holati, tizimdagi yangiliklar va rejalar haqida ma’lumot berildi. "CRAFCO" (AQSh) kompaniyasi ishlab chiqqan maxsus texnika va ixcham mexanizatsiya yordamida yo‘lo‘tkazgich va ko‘priklarni ta’mirlash loyihasi namoyish etildi. Mazkur kompaniya yo‘l o‘tkazgich va ko‘priklarni mustahkamlash va foydalanish borasida innovatsion texnologiyalarni joriy qilishda dunyoda eng ilg‘or sanaladi.

Davlatimiz rahbari loyihani ko‘zdan kechirib, "CRAFCO" kompaniyasining texnologiyalaridan unumli foydalanish, buning uchun mutaxassislar malakasini oshirish borasida tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Shavkat Mirziyoev G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ini ham kirib ko‘rdi. Bog‘ni zamonaviy qilib qayta qurish, bu erda ochiq va yopiq akvapark barpo etish bo‘yicha topshiriq berdi. Bog‘dagi bironta ham daraxt kesilmasligi kerakligini ta’kidladi.

Shuni e’tirof etish lozimki, ko‘priklar bilan birgalikda aholi uchun zamonaviy turar joylarni barpo etish, ularni mustahkam va shahar infratuzulmasiga to‘la mos keladigan shaklda qurib bitkazish kabi bir qator masalalar o‘z echimini topib bormoqda. Ayniqsa, Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida qurilgan zamonaviy ko‘prik haqida gapirganda shuni qayd etish lozimki, mazkur inshootning shahar uchun ahamiyati juda yuqori. Chunki ayni paytda avtomobillar soni tobora ko‘payib borayotir. Qolaversa, xususiy avtomobilida poytaxtimizga kelib ketuvchilar ham kam emas. Shu sababli keyingi yillarda Toshkentda avtomobilь qatnovini yaxshilash, yo‘lovchi tashish transportlari, xususan avtobuslar yo‘lini yaqin qilish, umuman olganda haydovchilarga qulaylik yaratish maqsadida juda katta hajmdagi ishlar olib borilmoqda.

Ma’lumki, Bunyodkor Toshkentning janubiy va shimoliy qismlarini bog‘lovchi, eng uzun ko‘chalaridan biri sanaladi. Uning Toshkent halqa yo‘li, Farhod, Muqimiy, Islom Karimov, Navoiy va boshqa yirik ko‘chalar bilan kesishgan joylarida yo‘lo‘tkazgich va tonellar qurilgan. Shu sababli mazkur yo‘nalishda tunu kun avtomobillar qatnovi tinmaydi. Bunday ko‘priklar hududlar infratuzilmasi taraqqiy etishiga ham xizmat qiladi.

— Cho‘ponota va Bunyodkor ko‘chalari kesishmasida qurilgan ushbu ko‘prik bizga ancha qulaylik berdi, – deydi 100-yo‘nalish sardori Salohiddin A’zamxo‘jaev. — Ilgari mazkur yo‘l tirband bo‘lardi. ayniqsa, ertalablari. Svetofor ishlamay qolsaku asti qo‘yaverasiz. Yo‘llari ham yaxshi emas edi. mana hammasiga e’tibor qaratib, shunday zamonaviy ko‘prik qurib berishdi. Qurilish ishlarini kuzatib turdik, quruvchilar kechayu kunduz astoydil ishlashdi. Mana ko‘prik bitdi. Ustidan yurib o‘tyapmiz. Yo‘nalishdagi yo‘limiz ancha yaqin bo‘lib qolganini his qildim.

Mana endi mamlakatimizda zamonaviy shaharsozlik, yo‘lsozlik tajribasi to‘la shakllandi, ko‘priksozlik sohasi paydo bo‘ldi. Xulosa qilib aytganda, kundan kunga chiroy ochib borayotgan poytaxtimiz yo‘llariga mana shunday ko‘priklar yarashadi.

Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 233-52-63

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 1467 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech