Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

QO‘SHALOQ AYYOM MUBORAK!

Yurtimizda qutlug‘ ayyom – Qurbon hayitiga tayyorgarlik qizg‘in kechayotgan pallada, xalqimizga xos fazilat keksalar, yolg‘iz ayollar, boquvchisini yo‘qotganlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar va bemorlar holidan xabar olinyapti. Xususan, "Toshshahartransxizmat" aktsiyadorlik jamiyati va uning Kasaba uyushmasi tizim mehnat faxriylari holidan xabar olmoqda. Jumladan, Jamiyat kasaba uyushmasi bilan transport sohasida xizmat ko‘rsatgan mehnat faxriysi Farhod aka Nig‘monovni yo‘qlab xonadonlariga bordik. Borishimizning yana bir sababi: Farhod akani 60 yillik yubileyi bilan tabriklash edi. Qo‘shaloq ayyomlari bilan qutlaganimizdan keyin, u kishi bizga oltmish yillik umrlari davomida kechgan ko‘pgina voqealarni eslab, gapirib berdilar. Suhbat asnosida hayotlariga hamisha teran mazmun bag‘ishlagan ikki jihat – oila hamda sevimli kasb-kor haqida o‘zgacha mehr bilan so‘zladilar. U kishi o‘zlarini baxtli inson, deb hisoblaydilar. To‘rt farzandning otasi, olti nabiraning buvasi bo‘lib, inson uchun bu yorug‘ olamda nimaiki aziz bo‘lsa, bariga oila va kasblari sharofatidan etishibdilar.

17.2

— Bir yarim yil muqaddam insulьtni boshimdan kechirib, ishdan qoldim. Bo‘lmasa uyda o‘tiradigan odammidim? Aslida, hozir ham ishxonada bo‘lishim kerak edi, – deya u kishi hikoyalarini davom ettirdilar. — Esimni tanibmanki, yo‘lovchi tashish transporti ketidan yuribman. Maktabni tugatiboq, 1975 yilda Toshkent Avtomobilь yo‘llari institutining Avtotransport fakulьtetiga hujjat topshirdim. Talabalik yillarimda, tengqurlarim vaqtixushlik bilan ovora bo‘lganida, men kechalari uxlamasdan chizma chizib chiqardim. Sohamni chuqurroq o‘rganishga ishtiyoqim kuchli edi. 1980 yilda institutni tamomlab, Toshkent shahar 2-avtokombinatiga ishga kirganimda, hali yosh, tajribasiz mutaxassis edim. Oradan o‘tgan butun boshli bir davrni eslasam, o‘zim ham avtotransport sohasiga qo‘shilib katta o‘zgarishlarni boshimdan kechiribman. Aniqroq aytsam, hayotimning 38 yili aynan shu soha bilan chambarchas bog‘liq. Shundan 26 yilini (avtochilangar, komsomol kotibi, texnik bo‘lim injeneri, xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i, kasaba qo‘mitasi raisi va korxona rahbari lavozimlarida ishlab) 2-avtokombinat faoliyatiga bag‘ishladim.

— Qolganini-chi? – deb savol bersam, Farhod aka iftixorga to‘lib: — Qolganini ham, albatta shu sohaga bag‘ishladim, – dedi. — Yana 12 yil "Toshshahartransxizmat" AJda Yo‘lovchi transporti harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishladim...

Aslida, transport sohasiga qiziqish oilalarida an’anaga aylangan bo‘lib, u kishining otalari Habibullo Nig‘monov "Faxriy temiryo‘lchi" ekanlar. O‘zlari ham ota izidan borib, transport sohasini tanlab, kam bo‘lmadilar: 2000 yilda Farhod aka Nig‘monovga "Toshkent shahar yo‘lovchi tashish transporti Faxriy xodimi" nishoni hamda 2006 yilda (Mustaqillikning 15 yilligi munosabati bilan) faxriy nishon berildi. O‘g‘illari Dilshod Nig‘monov ham bobosi va otasi izidan borib, qariyb 15 yildan beri transport sohasida xizmat qilayapti.

— 2003 yilda, – deydi u, – men ham Toshkent avtomobilь yo‘llari texnikumini tugallab, ishni Toshkent shahar 2-avtokorxonasida navbatchi mexanik sifatida boshlagan edim. Hozir esa "18-avtobus saroyi" MChJda faoliyatimni davom ettiryapman. Kasbingizni yaxshi ko‘rsangiz shunaqa bo‘lar ekan: 15 yil ham hash-pash deguncha o‘tib ketarkan…

So‘z navbati oila bekasi Shoira ayaga kelganida, u kishi hayajonlarini yashirolmay, turmush o‘rtoqlari bilan o‘g‘illarini maqtay ketdilar. Qaysidir yili Farhod aka Kasaba qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlagan kezlarida, avtokorxona tomonidan uy-joy qurilib, o‘sha paytda navbat kutayotgan 32 xodimning barchasi uy-joy bilan ta’minlanganida, ularga qo‘shilib rosa suyungan ekanlar. O‘g‘illari Dilshod otasi izidan borib, birinchi moyanasini olib kelib berganida ayaning ko‘zlariga quvonch yoshi kelgan ekan. Shoira aya ularda shu sohaga mehr uyg‘otgan qaynotalarini duo qilib, tilovat qildilar. Keyin qizlari haqida gapirib berdilar. Qizlari tibbiyot sohasini tanlabdi.

Farhod aka xonadonida shu kuni o‘zgacha shukuh hukmron edi. Oila a’zolari ko‘p yillik mehnatlar samarasini shu yo‘qlov orqali topgandek ko‘rindi. Darhaqiqat, moddiy rag‘bat o‘z yo‘liga, muhimi hurmat va e’tibor ekani yana bir bor Farhod aka oilasidagi uchrashuvda yaqqol namoyon bo‘ldi.

Ketishimiz oldidan Farhod aka, avvalambor barcha transport xodimlarini, qolaversa, butun Toshkent ahlini muborak Qurbon hayiti hamda Mustaqilligimizning 27 yilligi bilan tabriklab, barchaga yaxshi tilaklar bildirdilar. Biz ham o‘z navbatida, mazkur transportchilar sulolasining barcha a’zolarini qo‘shaloq ayyom bilan qutlab, tahririyatimiz nomidan ezgu tilaklar bildirib qolamiz.

Suhbatni

Baxtiyor AHMEDOV

yozib oldi


Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 233-52-63

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 2042 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech