Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

PROFILAKTIKA TADBIRLARI:

Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlashga raµna solayotgan omillarni bartaraf etishga xizmat іilishi lozim

photo 2018 08 09 10 55 08

 

    Yurtimizda har haftaning payshanba kunlari Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilayotgan profilaktika tadbirlari bo‘lib o‘tayotganiga ham bir yildan ortdi. Say’-harakatlar aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot samaradorligini oshirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, jinoyatchilikning oldini olish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Muntazam o‘tkazib kelinayotgan ana shunday tadbirlarda "Toshshahartransxizmat" AJning avtobus saroylarida tasarruf etilayotgan avtobuslar haydovchilari tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashni yanada kuchaytirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Xususan, 2018-yilning 2-avgustida "18-avtobus saroyi" va 9-avgustida "12-avtobus saroyi" MChJlarda bo‘lib o‘tgan profilaktika tadbirlarida "Toshshahartransxizmat" AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari, bosh muhandis A.Azizov, Yo‘lovchi transporti harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i M. Dalilov, Toshkent shahar IIBB YHXB Texnika nazorati bo‘limi mas’ul xodimlari va avtobus saroylari haydovchilari ishtirok etdi.

Jamiyat harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi xodimlari Toshkent shahar IIBB YHXB Texnika nazorati bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda yo‘nalishlarda reyd tekshiruvlari o‘tkazib, payshanba kungi tadbir natijalari avtokorxonalarning o‘zida haydovchilar, korxona mas’ullari ishtirokida tahlil qilinmoqda, xato va kamchiliklarni boshqa takrorlamaslik choralari ko‘rilmoqda. Ahamiyatlisi, ana shunday tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Say’-harakatlar natijasi o‘laroq haydovchilarning maxsus ish libosini yechib qo‘yishi, masofadan kuzatish tizimi – GPS trekerlarini atayin o‘chirilishi, chorrahalarda o‘rnatilgan nazorat kameralarida qayd etilayotgan tezlikni oshirish, qizil chiroqda harakatlanish kabi yo‘l harakati qoidabuzarlik holatlari bir muncha kamayishiga erishilgan.

O‘rni kelganda aytish joizki, keyingi paytlarda avtobus harakati vaqtida salonda yo‘lovchilarning yiqilishi yoki eshiklarni yopmasdan yurib ketishi kabi holatlar nisbatan ko‘p uchrayapti.

Ma’lumot uchun aytish mumkinki, o‘tgan yilga nisbatan 12-avtobus saroyida haydovchilar tomonidan sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari 50 foizga kamaygan. Ya’ni o‘tgan yilda 12-avtobus saroyi haydovchilari tomonidan 4 marta yo‘l-transport hodisasi sodir etgan bo‘lsa, joriy yilning o‘tgan davrida 2 marotaba yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Lekin mazkur ko‘rsatkich "18-avtobus saroyi" MChJda anchayin ortgan. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, o‘tgan yilda 18-avtosaroy haydovchilari 1 marotaba yo‘l-transport hodisasi sodir etgan bo‘lsa, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 5 marta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Bu 18-avtosaroy harakat xavfsizligi bo‘limi va haydovchilar o‘z ustida ishlamaganligidan dalolat emasmi?

Aytish joizki, bugungi kunda transport vositalari harakati muntazam nazorat qilinmoqda. Yo‘l patrul xizmati xodimlari, jamiyat va uning tarkibidagi avtobus saroylari ma’muriyati hamda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi xodimlari yo‘nalishlarda haydovchilar harakatini doimiy nazorat qilmoqda. Lekin negadir o‘tgan yilga nisbatan joriy yilda haydovchilar yo‘l harakati qoidabuzarligini nisbatan kam sodir etgani raqamlarda o‘z aksini topmoqda. Masalan, 12-avtosaroy haydovchilari 2017 yilning mos davrida 158ta YHQ sodir etgan bo‘lsa, 2018 yilda bu ko‘rsatgich 57taga kamaygan. 18-avtobus saroyida ham 70taga ozaygan.

Raqamlardan ko‘rinadiki, mazkur avtokorxonalarda haydovchilar bilan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash yuzasidan profilaktik ishlar, yo‘nalishlarda ularning ishi ustidan mutasaddi xodimlarning nazorati yetarlicha olib borilmayapti. Bu ishlar esa avtokorxona rahbariyatining nazoratidan chetda qolmoqda.

Yig‘ilishda mazkur avtokorxona rahbariyati va HXB boshliqlaridan har bir haydovchining yo‘nalishda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda harakatlanishi ustidan nazoratni kuchaytirishlarini, aniqlangan qoidabuzarlarga nisbatan qonun doirasida intizomiy-ta’sir choralarini ko‘rishlari lozimligi uqtirildi.

Yig‘ilishda haydovchilar mutasaddi rahbarlarga yo‘nalishlarda duch kelinayotgan muammolar yuzasidan savollar berdi va ularga atroflicha javob oldilar. Shuningdek, yig‘ilishda yo‘l-transport hodisalari qayd etilgan videorolik namoyish etildi. YTHning og‘ir oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi.

Yig‘ilishda muhokama etilgan masalalar yuzasidan bayonnoma qabul qilindi.

O‘z muxbirimiz

Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 233-52-63

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 2080 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech