Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

YANGI AVTOBUSLAR — YANGI ISH O'RINLARI

8- va 12-avtobus saroylari 30 ta yangi "ISUZU" avtobuslariga ega bo'ldi

isuzu 5 09.10    Istiqlol yillari poytaxtimiz Toshkent shahri jamoat transporti tizimida salmoqli ishlar amalga oshirildi. "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi avtokorxonalar moddiy texnik bazasi tubdan yangilandi. Yo'lovchilar uchun qulay sharoitlar yaratildi. Xizmat ko'rsatish sifati oshdi. Yurtdoshlarimizga yanada ko'proq qulayliklar yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 martdagi «Toshkent shahrida yo'lovchi tashish transportini yanada rivojlantirish chora-tadbiri to'g'risida»gi 129-sonli qarori e'lon qilindi. Shunga asosan, shahar jamoat transporti sohasida istiqbolli rejalar dasturi ishlab chiqildi. Dasturda ko'rsatilgan xayrli ishlardan biri aholiga xizmat ko'rsatib kelayotgan transport vositalarini bosqichma bosqich yangilab borish va yangi yo'nalishlar uchun avtobuslar xarid qilish masalasidir.
    «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyatiga qarashli avtobus saroylari 3 yil ichida yangi zamonaviy avtobuslar bilan ta'minlab boriladi. Rejaga ko'ra katta va kichik sig'imli MAN va Isuzu rusumli jami 865 dona yangi avtobuslar shahrimiz aholisiga xizmat ko'rsatishi kerak.

    Joriy yilning 21 sentyabr kuni Hukumat qarorida ko'zda tutilgan «Isuzu» rusumli kichik sig'imli avtobuslardan 18 donasi Samarqand shahridan poytaxtimizga etib keldi.
Ushbu avtobuslar "8-avtobus saroyi" MChJga biriktirilgan yo'nalishlarda foydalaniladi.
    Mazkur avtokorxona direktori Sherzod Talipovning bergan ma'lumotlariga ko'ra, yangi "ISUZU"larning bir qismi Chorsu savdo markazi Uzumzor mavzesi, Yunusobod 12-dahasi San'at instituti bekati, Yunusobod 19-dahasi Farhod bozori bekati, Feruza mavzesi Gulobod ko'chasi yo'nalishlarida qatnayotgan (9-,140-, 150- va 5a-yo'nalishlarda) qisman eskirgan avtobuslar o'rnida qatnaydi. 6ta ISUZU esa yangi ochilajak Yunusobod 9-mavzesi TTZ 25-yo'nalishida qatnay boshlaydi.
Korxona rahbari yangi avtobuslar kelishi bilan yana 36ta yangi ish o'rni ochilganini ham ta'kidlab o'tdi.
"12-avtobus saroyi" MChJ ma'muriyati ham keltirilgan 12ta yangi avtobusdan xuddi shu ezgu maqsadda foydalanadi. Ahamiyatlisi, tez kunlarda mazkur avtokorxona tasarrufiga yana 10ta "Isuzu" avtobuslari qo'shilishi kutilyapti va buning natijasida yana 44 nafar yangi ish o'rni paydo bo'ladi, deb ta'kidladi "12-avtobus saroyi" MChJ direktori Jamshid Mannopov.
Kundan kun chiroy ochib borayotgan poytaxtimiz ko'chalarida yangi jamoat transportining ko'payishi, tabiiyki, yo'lovchilarni, yurt-doshlarimizni xursand etadi. Bu sa'y-harakatlar shahrimiz aholisiga transport xizmati ko'rsatish sifatini yangi bosqichga ko'tarilishidan darak beradi.
    Eslatib o'tamiz, Hukumat qaroriga ko'ra, 2017 yilning yakunigacha "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi avtokorxonalar uchun 190 dona avtobus (shundan 50 tasi katta sig'imli MAN) olib kelinishi ko'zda tutilgan. Yil yakunigacha esa yana uch oy bor. Hukumat qaroriga ko'ra poytaxt aholisini jamoat transportiga bo'lgan ehtiyojini to'la qondirish uchun 2017dan to 2019 yilning oxirigacha MAN — Uzbekiston qo'shma korxonasining tabiiy gazda harakatlanuvchi 350 ta katta sig'imli MAN hamda 515 dona Samarqandda ishlab chiqarilayotgan ISUZU rusumli avtobuslar xarid qilinishi aytib o'tilgan.
    Ushbu Qaror ijrosi yaqin yillar ichida Toshkent shahri jamoat transporti tizimida to'plangan muammolarga barham berib, yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish sifatini butunlay yangi bosqichga olib chiqadi.

Manba: "Poytaxt transport" gazetasi

Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 233-52-63

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 1861 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech