Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

TAKLIF VA TASHABBUSLARGA BOY NUTQ

    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assam-bleyasining 72-sessiyasidagi nutqi ham mamlakatimiz, ham jahon jamoatchiligida katta qiziqish uyg'otdi. Davlatimiz rahbari ushbu nufuzli tashkilot anjumanida Prezident etib saylanganidan buyon birinchi bor ishtirok etishi va nutq so'zlashi, Amerika Qo'shma Shtatlariga birinchi bor tashrif buyurishiga qaramay ma'ruzasida aniq taklif va tashabbuslar bildirilgani, tashrifi samarali uchrashuv va tajribalarga boy bo'lgani bilan keng jamoatchilik e'tiborini qozondi.
    Prezident dastlab mamlakatimizda so'nggi davrda barcha sohada qat'iy va chuqur islohotlar amalga oshirilayotgani, undan ko'zlangan asosiy maqsad – "Inson manfaatlari hamma narsadan ustun" degan oddiy va aniq-ravshan tamoyilni amalga oshirish demokratik davlat va adolatli jamiyat barpo etishdan iborat ekanini lo'nda ifodaladi. Nutqda umumxalq muhokamasidan so'ng besh yilga mo'ljallangan O'zbekistonni rivojlantirish Strategiyasi qabul qilingani, uni ishlab chiqishda mamlakatdagi mavjud holatga chetdan nazar tashlab, imkoniyatlarimizga xolis baho berilgani, xato-kamchiliklarimiz atroflicha tanqidiy-tahlil qilingani ochiq-oydin aytildi.

    Mamlakatimizda 2017 yilning "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e'lon qilinishi, barcha hududda Prezidentning virtual va xalq qabulxonalari tashkil etilgani yurtimizda xalq hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilishga qaratilgan sa'y-harakatlardir.
    Prezidentimiz ta'kidlaganidek, O'zbekiston qisqa muddatda inson huquqlarini himoya qilish va ta'minlash, xususan bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish, odamlarning erkin harakat qilishini cheklaydigan xorijga chiqish vizalarini bekor qilish, inson huquqlarini himoya qilish masalalari bo'yicha milliy va xalqaro nodavlat tashkilotlar bilan muloqot qilish yuzasidan ta'sirchan choralar ko'rildi. Zero, bunday yangilanish va o'zgarishlarni bugungi kunda barcha sohada amalda ko'rish va kuzatish mumkin.
Davlatimiz rahbari o'z nutqida O'zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotini bosqichma-bosqich isloh etish tarafdori ekanini ochiq bildirdi. O'zbekiston bundan keyin ham BMTning xalqaro munosabatlarda hal qiluvchi o'rnini e'tirof etgan holda uning yangi rahbariyati tomonidan tashkilotni boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlarini qo'llab-quvvatlaydi, uning tuzilmalari bilan hamkorlikni izchil davom ettiradi.
    Anjumanda O'zbekiston o'zini tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qo'shnichilikka ustuvor ahamiyat qaratishi alohida ta'kidlandi. O'zbekiston bu borada qat'iy pozitsiyaga ega – eng muhim maqsad va asosiy vazifa – tinch-osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyoni barpo etish. Zero, mamlakatimiz bu borada allaqachon amaliy ishlarni boshlab yuborgan. Davlatimiz rahbari Qozog'iston, Turkmaniston va Qirg'iziston rahbarlari bilan bir necha bor uchrashdi. Ko'plab sohada amaliy natijalarga erishdi. Buning natijasida Prezident nutqida ta'kidlanganidek, "Keyingi oylarda mintaqamizda siyosiy ishonch darajasi sezilarli darajada oshdi. Ko'plab masalalar bo'yicha printsipial jihatdan muhim echimlar topishga erishildi".
    Darhaqiqat, ayni paytda mintaqada qisqa muddat ichida mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratilishiga erishildi.
    Davlatimiz rahbari jahon jamoatchiligi e'tiborini mintaqadagi ekologik muammolar, xususan, Orol fojiasiga qaratdi. Yon qo'shni Afg'onistonda tinchlik-osoyishtalik o'rnatilishidan manfaatdor ekanligimiz, Afg'onistonda tinchlikka erishishning yagona yo'li – markaziy hukumat va mamlakat ichidagi kuchlar o'rtasida oldindan, hech qanday shart qo'ymasdan to'g'ridan to'g'ri muloqot olib borishdan iborat ekanligi, donishmand afg'on xalqi o'z taqdirini o'zi mustaqil hal qilishga haqliligi ta'kidlandi.
    Prezidentimizning, ayniqsa, oliy minbardan turib bildirgan ikki taklifi jahon jamoatchiligida katta qiziqish uyg'otdi. Birinchisi, dunyo Yoshlari bilan bevosita bog'liq bo'lib, BMTning yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konventsiyasini ishlab chiqish, ikkinchisi, BMT Bosh Assambleyasining "Ma'rifat va diniy bag'rikenglik", deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishdir. Har ikki taklif bugungi kunda xalqaro ekspertlar, davlat va jamoat arboblari tomonidan qo'llab-quvvatlanayotgani ularning naqadar zarur va hayotiy ekanidan dalolat beradi.

Abdujamil AZIZOV,
Jamiyat boshqaruv raisi o'rinbosari,
bosh muhandis.

 

Manba: "Poytaxt transport" gazetasi.

Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 233-52-63

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 1822 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech