Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

"TOSHSHAHARTRANSXIZMAT" AKSIYADORLIK JAMIYATI JAMOASI

    qadimiy va hamisha navqiron Toshkent aholisi hamda mehmonlarini, jamiyat tizimidagi korxona va tashkilotlarda sidqidildan mehnat qilib kelayotgan ustoz transportchilarni, barcha kasbdosh do'stlarimizni umumxalq bayrami – O'qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklaydi.
    Yosh avlodning intellektual va ma'naviy salohiyatini yuksaltirish, ularni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni o'rgatishda ustoz va murabbiylarning o'rni beqiyosdir. Shu bois ham yurtimizda ushbu sharafli kasb vakillari alohida e'zozlanadi, ularga har yili Vatanimizning yuksak unvonlari, orden va medallari topshiriladi. Qolaversa, 1 oktyabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanadi.
    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta'kidlaganidek, yurt taqdiri va kelajagi uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir bo'lgan yangi avlod kadrlarini voyaga etkazishda mamlakatimiz rahbariyati ustoz va murabbiylarning bilim va malakasi, tajriba va mahoratiga tayanadi.
    "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati tizimida ham o'qituvchi va murabbiylarga alohida ehtirom ko'rsatib kelinmoqda. Avvalo, jamiyat tizimida uzoq yillarda beri faoliyat yuritib kelayotgan, ustoz maqomidagi transportchilar soha taraqqiyotiga katta hissa qo'shayotganini ta'kidlash joiz. Shu bilan birga, Jamiyat tarkibidagi "O'quv ishlab chiqarish markazi" mas'uliyati cheklangan jamiyati o'qituvchi va murabbiylari hamda avtobus saroylarida faoliyat yuritib kelayotgan murabbiy haydovchilar fidokorona mehnati bilan soha ravnaqiga munosib ulushini qo'shmoqda.
    Davr talabi va hayotiy ehtiyojdan kelib chiqib, jamiyat tizimidagi korxonalarda ustoz-shogird an'anasini yanada mustahkamlashga e'tibor qaratilmoqda. Bu esa tizimning istiqboldagi rivoji, yuksak malakali kadrlar davomiyligini ta'minlashda muhim o'rin tutadi.
    Fursatdan foydalanib, aziz va mehribon ustoz hamda murabbiylarni qutlug' bayram bilan yana bir bor tabriklab, sihat-salomatlik, baxtu saodat va omadu zafarlar tilab qolamiz.

 "Toshshahartransxizmat" AJ

Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 233-52-63

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 1810 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech