Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

QISH MAVSUMIGA TADORIK

    Kuz faslining dastlabki 15 kuni ham ortda qoldi. Bobo dehqonlarimiz yig'im-terim ishlarini boshlab yubordi. Kuz tarovati bilan birgalikda qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko'rishni ogohlantirgandek, salqin kechalar keldi. Poytaxtimiz aholisi va mehmonlarining uzog'ini yaqin, og'irini engil qilib kelayotgan shahar jamoat transporti tizimi vakillari ham kuzgi-qishki mavsumga qizg'in tayyorgarlik ko'rayotir. "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalar hududi obodonlashtirilib, binolar, ishlab chiqarish cexlari va harakat tarkibi ta'mirlanmoqda, mavsumga tayyorlanmoqda.
    "Toshshahartransxizmat" AJ boshqaruvi raisi A. Jo'raev Jamiyat tarkibidagi korxonalarni 2017-2018 yillar kuz-qish mavsumiga tayyor bo'lishi, korxona, avtoshohbekat va avtotransport vositilarining yangi mavsumda barqaror ishlashini ta'minlash maqsadida Jamiyatning maxsus buyrug'iga imzo chekkandi. Mazkur buyruqqa ko'ra, Jamiyat tarkibidagi korxonalarni 2017-2018 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini ko'zdan kechirish, qilinadigan ishlar rejasi ishlab chiqilib, mavjud kamchiliklar vaqtida bartaraf etilishi nazarda tutilgan. Qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari tizimli ravishda tashkil qilinib, joriy yilning 31 oktyabrigacha barcha ishlar taxt holatga kelishi shart. Shu bois "Toshshahartransxizmat" AJ tarkibidagi korxonalarda qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. Ta'kidlash joizki, Jamiyat tarkibidagi barcha korxonalarda ushbu masala yuzasidan turli tadbirlar, sayyor yig'ilishlar bo'lib o'tdi. Jamiyat boshqaruvi raisi o'rinbosari, bosh muhandis A.Azizov boshchiligidagi hay'at a'zolari tarmoq korxonalaridagi ahvolni o'rganib, qilqilinadigan ishlar ko'lami va bajarilish muddatini belgilab berdi.

y1 15.09.17    Jumladan, "Toshshahartransxizmat" AJ tarkibidagi "1-avtobus saroyi" MChJda ham "2017-2018 yillar kuzgi-qishki mavsum oldidan qilinadigan ishlar talaygina ekani ma'lum bo'ldi. Jamiyat komissiyasi tomonidan o'tkazilgan monitoring ishlari bartaraf etilishi shart bo'lgan quyidagi holatlarni aniqladi:
    "1-avtobus saroyi" MChJga qarashli ma'muriy binolar, ishlab chiqarish cexlari, yordamchi inshootlar hamda harakat tarkibida ish hajmlarini aniqlab, chora-tadbirlar ishlab chiqish va "Defekt dalolatnoma" va "Tayyorgarlik pasporti"ini to'ldirish;
– nazorat texnik punktida "Yong'in shiti"ni butlash, 4 dona qattiq buksir moslamasini tayyorlash va o'rnatish, aptechka, avariya belgisi va "Bort jurnali" saqlanishi uchun yashik-stellaj tayyorlash, avtobuslar uchun "Evakuasiya chizmasi" pannosini tayyorlab, o'rnatish;
– avtosaroy hududi, yurish yo'llari va maydonning yaroqsiz erlarini qisman asfaltlash;
– ma'muriy bino va ishlab chiqarish cexlarida isitish tizimini tiklash, binolar ichi isitish tizimini opressovka qilish;
– avtosaroy hududi, qatnov yo'llari va avtomobillarni tungi saqlash maydonlarini shay holatga keltirish;y2 15.09.17
– avtomobillarni yuvish binosini kapital ta'mirlash, foydalanilgan suv yig'ilib qoladigan tiqin va oqava ariqlarini tozalash, darvozalarni zichlash, yuvish maydoni polini betonlash, kirish va chiqish maydonlarini asfaltlash, avtobuslarni yon va tepa tarafidan yuvish qurilmasini tayyorlash ("2-avtobus saroyi" MChJdagi kabi), suv isitish "Boyler" moslamasini tiklash va tayyorlash;
– avtobuslarni tungi saqlash maydoniga qo'shimcha 3 dona "Yong'in shiti" o'rnatish, maydon qismining zarur joylarini asfaltlash;
– ishlab chiqarish ta'mir binosining tashqi va ichki tomonini kosmetik ta'mirlash, qo'shimcha 3 dona "Yong'in shiti" o'rnatish, hududdagi yoritish tizimini tiklash, oynalarini butlash, bino shiftidagi islarni olish;
– akkumulyator ta'mir cexi, avtoelektr qismi ta'mir xonasi, tokarlik xonasi, motor ta'mirlash, kuzov ta'mir bo'limi, avtoshina ta'mirlash cexi binolarini ichki qismini kosmetik ta'mirlash, mavjud garaj-texnologik jihozlarni bo'yash, qo'shimcha stellajlar o'rnatish. Elektromexanik shamollatish tizimini tiklash, kompressor qurilmalariga himoya vositalarini o'rnatish, ogohlantirish yozuvlarini qayd etish, yoritish tizimini lampalar bilan butlash, Acitilen generatori-kislorod va gaz balonlari uchun maxsus himoya vositalarini o'rnatish;
– aylanma ehtiyot qismlar omborini alohida tashkil etish, kerakli anjom va jihozlar bilan butlash hamda ehtiyot qismlarini o'rnatilgan tartibda saqlanishini tashkil etish;
– dvigatel ta'mirlash cexi binosini kosmetik ta'mirlash, qo'shimcha yoritish chiroqlarini o'rnatish, oynalarini butlash;
– "Joriy ta'mir" bo'limi binosini kosmetik ta'mirlash, oqlash va eshiklarini ta'mirlash, bo'yash va tiklash, oynalarini butlash;
– ijaraga berilgan binolar atrofi va ichki tomonini tartibga keltirish, darvozalarini bo'yash, yig'ilgan chiqindilarni olib tashlash.
    Shu bilan birga, avtokorxona bo'yicha "Mercedes-Benz" va "Isuzu" rusumli avtobuslarga necha dona salon isitish pechkalari lozimligini aniqlash hamda ishchi-xodimlarga qishki kiyim-bosh, poyabzal, 3 tonna qum, 2 tonna tuz va 240 litr antigel tayyorlanishi zarurligi ta'kidlandi.
    Ushbu vazifalar yuklatilganiga ham salkam ikki oy bo'ldi. O'tgan davr mobaynida korxonada qanday ishlar amalga oshirilganini bilish maqsadida ushbu avtosaroyda bo'ldik. Lekin hamon kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni boshlanmagani shundoq ko'rinib turibdi. Xususan, topshiriqda berilgan ishlab chiqarish ustaxonalari eshik-romlari ta'mirlanmagan. Oynalar butlanmagan. Bosh muhandis vazifasini bajaruvchisi ta'kidlashicha, uch tonna tuz, bir tonnadan ortiq qum zaxirasi mavjud. Qolgan ishlar sal-qin tushgunicha bosqichma-bosqich amalga oshirilar ekan. Ushbu fikrlardan avtokorxona daryoni ko'rmaguncha etik echishni istamaydigandek tuyuldi. Mutasaddilar qish qahratoni ahvolni yanada og'irlashtirishi mumkinligini anglab etmayotgan ko'rinadi.
    Ko'rinib turibdiki, "1-avtobus saroyi" MChJ mutasaddilari oldida turgan ishlar ko'lami anchagina salmoqli. Aytib o'tilgan kamchiliklarni vaqtida bartaraf etish, mas'ul xodimlarning o'z xizmat vazifasiga vijdonan yondashishi "1-avtobus saroyi" MChJ ishchilariga yomg'irli, qish-qirovli kunlarda shahrimiz aholisiga sifatli, bekamu ko'st xizmat ko'rsatish imkonini beradi. Avtokorxona ma'muriyati vaqtdan unumli foydalanib qolishi kerak. Aks holda...

y3 15.09.17   y4 15.09.17

Manba: "Poytaxt transport" gazetasi.

Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 233-52-63

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 1839 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech