Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

Taqdirga yozilgan bitik yoxud ota orzusi amalga oshgan kun

    Mamlakatimiz mustaqilligining 26 yillik bayramini nishonlash arafasida barcha vatandoshlarimiz ushbu qutlug' kunga tayyorgarlik ko'rib, uni ko'tarinki kayfiyatda nishonlashga harakat qiladi. Yanada hayajonlisi, eng ulug', eng aziz bayramimiz munosabati bilan jamoat ishlarida faol, fidoyi, ko'pchilikka o'rnak bo'ladigan yurtdoshlarimiz hukumatimiz tomonidan yuksak qadrlanib, ularga orden va medallar topshirildi. Prezidentimizning farmoni e'lon qilinganda, ko'pchilik ular orasida yaqinlarimiz, yon-atrofdagi tanishlarimiz ham bormikan, deya erta tongdan gazeta sotish shoxobchalari tomon oshiqadi. Ham havas, ham hayajon bilan gazeta varaqlaydi. Bu yil ular orasida "Toshshahartransxizmat" aktsiyadorlik jamiyatining "3-avtobus saroyi" mas'uliyati cheklangan jamiyati haydovchisi Abduahad To'xtaev ham borligidan xabar topib faxrlanib ketdim. Mustaqillik tufayli shahar yo'lovchi tashish transporti tizimi vakillari elkasiga ham quyosh tegdi.

    Istiqlol yillari yurtimizda amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar samarasi o'laroq, poytaxtimizdan harakatlanuvchi tezyurar "Afrosiyob" poezdida Sharq gavharlari sanalgan Samarqand, Buxoro va Qarshi shaharlariga 2-3 soatda etib olish mumkin. Temiryo'lchilarimizning bunyodkorligi tufayli yuksak tog'larning baland cho'qqi va dovoni zabt etilib, yo'lovchi va yuklar Andijongacha tashilmoqda. Yo'lovchi tashish transportida ham mustaqillik yillari keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi. Yurtimiz avtomobil ishlab chiqaruvchi davlatlar qatoridan mustahkam o'rin oldi.
    O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan engil avtomobillar, yuk tashuvchi mashinalar, avtobuslar nafaqat o'zimizda, balki xorijda ham transport ishqibozlari mehrini qozondi.
    Bugungi kunda azim Toshkentimizda harakatlanayotgan engil avtomobillar, avtobuslarning salmoqli qismi o'zimizda ishlab chiqarilayotgani quvonarlidir. Zero, avtomobilsozlik, yo'lovchi va yuk tashish mamlakat iqtisodiyotida muhim o'rin tutadi. Shu bois mamlakatimiz rahbariyati hamda hukumatimiz ushbu soha vakillarini muntazam rag'batlantirib keladi.
    Ko'p yillardan buyon poytaxt yo'lovchi tashish transportida sidqidildan mehnat qilib kelayotgan Abduahad To'xtaev bugun kasbining rohatini ko'rmoqda.
Abduahad To'xtaev    — Toshkent markaziy unvermagi va Aviasozlar shohbekatlari oralig'ida har kuni yuzlab yo'lovchilarga xizmat ko'rsatamiz, – deydi A.To'xtaev biz bilan suhbatda. — Bu esa turfa xil fe'l-atvorli insonlar bilan munosabatga kirishish deganidir. Haydovchi har qanday vaziyatda ham xushmuomalalik, bosiqlik bilan madaniyatli xizmat ko'rsatishi lozim. Shu bois ham jamoat transportida ishlash ancha mashaqqatli va sharaflidir. Uning mashaqqati el uyg'onmasdan ishga borish, avtobusning texnik sozligini ta'minlash, harakat muntazamligini saqlab, minglab yo'lovchilar ishonchini oqlashda ko'rinsa, sururi xizmatingizdan minnatdor insonlarning tashakkurida namoyon bo'ladi. Mamlakat rahbariyati va hukumati nazariga tushish esa yanada kuchli faxr bag'ishlaydi. Mehnatlarim yuksak mukofot bilan rag'batlantirilganidan g'oyat baxtiyorman. Ushbu mukofotga tavsiya etgan rahbariyatimizga ham chuqur minnatdorligimni izhor etaman. O'rni kelganda ushbu nufuzli mukofot nainki men, balki butun jamoamiz mehnatlari samarasi ekanini aytish joiz. Avvalo, avtobusning soz va ozoda bo'lishida avtokorxonada mehnat qilayotgan texnik xodimlarning xizmati katta. Qolaversa, yo'lovchilarga sifatli va madaniyatli xizmat ko'rsatishda bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qilayotgan yo'nalish jamoamizning beqiyos o'rni bor.
    Ikki jumla Abduahad To'xtaev hayoti haqida gapirish o'rinlidir.
    1961 yili poytaxtimizning Olmazor tumanidagi "o'ani A'zamov" mahallasida ishchi-xizmatchi oilasida tug'ilgan Abduahad aka suyagi mehnatda qotib o'sdi. Oilaboshi Usmon ota 4 farzandini ham hunarli qilishga intildi. Shu bois maktabni tamomlagan katta o'g'li Abduahadni o'zi ishlaydigan mebelsozlik tsexiga oldi. Ikki yil ham ishlab, ham haydovchi tayyorlash maktabida o'qitdi. Chunki ota katta farzandining haydovchi, kichigining oshpaz bo'lishini xohlardi. Abduahad birinchi toifali haydovchilik guvohnomasini olganidan so'ng bir fursat yuk mashinasi haydadi. Keyin yigitlik burchini o'tashga ketdi. Harbiy xizmatda ham haydovchilik qildi. Ikki yillik armiya safini o'tab qaytganidan keyin uch safdosh o'rtoq tumandagi avtokorxonaga ishga kirib yo'lovchilar xizmatida bo'lishni maqsad qildi. O'sha kezlari avtokorxonada rahbarlik qilayotgan Oxunjon Ismoilov (u kishini Alloh rahmat qilsin) g'ayrati jo'shib turgan yigitlarni haydovchilik kursida "D" toifa uchun o'qib, avtobus haydashni tavsiya qildi. Bir oylik o'qish tugab, avtokorxonada amaliyot mashg'ulotlari ham nihoyalaganda avtokorxona etakchisi yoshlarni 76-yo'nalishga haydovchi sifatida biriktirdi. Shu bilan birgalikda o'zi doimiy nazorat qilib turdi.
    — Oxunjon Ismoilovich mening ma'naviy ustozim sanaladi, – deydi Abduahad aka. — Boisi Oxunjon aka o'tkir zehni, uzoqni ko'ra bila olish qobiliyati, xodimlarni muntazam qo'llab-quvvatlashi, o'z yordamini ayamasligi bilan qalbimdan chuqur o'rin egallagan. U har doim oldingga maqsad qo'yib ishla, unga erish va rag'bat ol, u xoh avtokorxona tomonidan bo'lsin, xoh yo'lovchilar tomonidan, bari sen uchun qadrli, aziz bo'ladi, derdilar. Biz ana shunga erishishga intilardik. Qolaversa, otam orzusini amalga oshirish uchun ham barqaror ishlashga harakat qilardim. 1982 yil avtokorxonada ish boshlagan bo'lsam, o'tgan davr mobaynida avtosaroy tasarrufidagi 76-, 38-, 165-yo'nalishlarda mehnat qildim. Mana 10 yildirki Qoraqamish 2/4 mavzesi va Toshkent markaziy univermagi shohbekatlari oralig'ida harakatlanuvchi 85-yo'nalishda yo'lovchilarga xizmat ko'rsatyapman. Bugun ana shu mehnatlarim samarasini ko'rib turibman. Buning uchun barchaga o'z minnatdorligimni bildiraman.
    O'rni kelganda 85-yo'nalish haqida ham so'zlab o'tsam.
    85-yo'nalishda 7ta avtobusda 15 nafar haydovchi, yana shuncha chiptachi yo'lovchilarga xizmat ko'rsatadi. Avtobuslar kun davomida 12-15 daqiqa oraliq vaqt bilan harakatlanadi. Belgilangan daromad rejasi kuniga o'rtacha 20ta qatnov amalga oshirgan holda muntazam uddalanmoqda. Jamoamiz ahil. Bu barqaror faoliyat ko'rsatishimizda muhim omil bo'lmoqda.
Darvoqe, Abduahad aka mehribon oila a'zolari, samimiy hamkasblari qurshovida.
Turmush o'rtog'i Muyassar opa bilan 32 yildan buyon oila farovonligi yo'lida mehnat qilmoqda. Ularning ikki nafar farzandi bugun voyaga etib, yurt farovonligi yo'lida mehnat qilyapti. Qizlari Xurshidaxon buxgalter hamda mehribon uy bekasi va ona. O'g'illari Avazjon esa ota izidan borib, hozirgi kunda 3-avtobus saroyi tasarrufidagi 76-yo'nalish haydovchisi. Avazjonning ota kasbini tanlashi hamda yo'lovchilar minnatdorligini olishi transportchilar sulolasi shakllanishiga zamin bo'ldi. Bugun To'xtaevlar oilasida kichkintoy Abdullo voyaga etmoqda. Kim bilsin, u ham kelajakda bobosi kabi haydovchi bo'lar. Bu ham bir yaxshi niyat. Ezgu tilagimiz To'xtaevlar oilasining kelgusi zafarlariga qanot bo'lsa ajab emas. Qahramonimiz ozod va obod Vatan ravnaqi yo'lida belini mahkam bog'lab, hali ko'p yillar mehnat qilajagini aytadi. Ezgu niyatlaringiz ijobat bo'lsin, Abduahad aka!

Manba: "Poytaxt transport" gazetasi.

Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 233-52-63

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 1826 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech