Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

"Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati jamoasi

    qadimiy va hamisha navqiron Toshkent aholisi hamda mehmonlarini, jamiyat tizimidagi korxona va tashkilotlarda sidqidildan mehnat qilib kelayotgan fidoyi transportchilarni, ularning oila a'zolarini, barcha kasbdosh do'stlarimizni eng ulug', eng aziz bayramimiz – O'zbekiston mustaqilligining 26 yilligi bilan qizg'in muborakbod etadi.
    1 sentyabr – mamlakatimiz istiqlolga erishgan, jahon xaritasida O'zbekiston deb atalgan yangi, suveren davlat paydo bo'lgan, xalqimizning asriy orzu-intilishlari ro'yobga chiqqan buyuk tarixiy sanadir. Shu bois ham el-yurtimiz bu kunni katta shodu xurramlik bilan nishonlaydi. Mazkur sana Vatanimizni, xalqimizni eski mustabid tizim kishanlaridan ozod qilgani, milliy demokratik davlat qurish, barcha mamlakatlar va xalqlar bilan teng bo'lib, farovon hayot barpo etish yo'lini ochib bergani bilan qadrlidir. Buyuk va bebaho ne'mat - mustaqillikning milliy taraqqiyotimiz, bugungi va kelgusi avlodlar taqdiri, kelajagi uchun ahamiyati esa yillar o'tishi bilan tobora ortib bormoqda.
    O'tgan 26 yil O'zbekistonimiz uchun siyosat, iqtisod, madaniyat, ilm-fan, san'at va sport singari sohalarda yuksalish davri bo'ldi. Bugun jamiyatimiz hayotining qaysi jabhasiga qaramang, ko'zni quvnatuvchi ulkan o'zgarishlar guvohi bo'lasiz. Shiddat bilan kechayotgan islohotlar esa har birimizdan faollik, tashabbuskorlik ko'rsatish, ozod va obod Vatan ravnaqi yo'lida sidqidildan mehnat qilishni talab etmoqda.
    Prezidentimizning "O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida"gi qarori asosida istiqlolimizning 26 yillik to'yi bilan bog'liq tadbirlar "Fidoying bo'lgaymiz seni, O'zbekiston!" degan bosh g'oya ostida o'tkazilayotgani ham bejiz emas. Zero, bugungi davr chinakam fidokorlar zamonidir.
    Kun sayin chiroy ochib borayotgan Toshkentda amalga oshirilgan ulkan bundyokorlik ishlari poytaxtimizni dunyoning eng ko'rkam shaharlaridan biriga aylantirdi. Poytaxt transport tizimida davlatimiz rahbarining g'amxo'rligi bilan ro'y bergan ulkan o'zgarishlar har birimizga cheksiz mamnuniyat baxsh etadi. O'tgan yillar mobaynida shahar transporti tarkibi izchil yangilanmoqda. Eng zamonaviy rusumdagi avtobuslar yo'lovchilar uzog'ini yaqin, og'irini engil qilmoqda, er osti mo''jizasi deya tan olingan Toshkent metropoliteni shahrimiz aholisi va mehmonlariga yuksak saviyada xizmat qilib kelmoqda.
    Prezidentimiz tomonidan "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e'lon qilingan joriy yilda "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxona va tashkilotlar ham ahil va inoq holda, ish sifati va xizmat saviyasini yanada oshirish yo'lida jonbozlik ko'rsatib, ulug' ayyomni yorqin mehnat zafarlari bilan qarshilash an'anasiga sodiq qoldi.
    Istagimiz, yurt ravnaqi yo'lidagi sa'y-harakatlarimiz hamisha baroridan kelsin. Ona yurtimizni va jonajon Toshkentimizni ayyom shukuhi, bayramona xush kayfiyat aslo tark etmasin! Osmonimiz musaffo, yo'llarimiz hamisha bexatar bo'lsin! Ko'p ming sonli insonlarga xizmat qilishdek xayrli ishlarimizda ulkan muvaffaqiyatlar yor bo'lsin!
    Ko'ngillarni g'ururga to'ldirgan qutlug' ayyom – Istiqlolimizning nurli 26 yili muborak bo'lsin, azizlar!

"Toshshahartransxizmat" AJ 

Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 233-52-63

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 1814 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech