Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

Umumxalqa xayriya hashari ko'tarinki ruhda, uyushqoqlik bilan o'tdi

    Xalqimizda katta to'y va bayramlar oldidan hashar uyushtirish an'anaga aylangan. Mustaqilligimizning yigirma olti yilligi oldidan Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida 19-20 avgust kunlari yurtimizda umumxalq xayriya hashari ko'tarinki ruhda o'tkazildi.
    Zero, zahmatkash xalqimizning har bir vakili umumjamoa ishida qatnashishni va shu yo'l bilan o'z yaqinlariga yordam ko'rsatishni o'z insoniylik burchi deb biladi. Asrlar davomida shakllangan ushbu ezgu qadriyatlar, ayniqsa, istiqlol yillarida yanada sayqal topib, yangicha shakl va mazmun kasb etmoqdaki, sizu biz mazkur harakatning isboti va samarasiga har qadamda guvoh bo'lmoqdamiz. Ayni kunlarda xalqimiz qalbida faxr-iftixor tuyg'ularini uyg'otayotgan eng ulug' va eng aziz ayyom shukuhi bilan yashamoqda. O'tayotgan har bir kun bizni mamlakatimiz mustaqilligining 26 yillik shodiyonalariga yaqinlashtirmoqda. Shu sabab har jabhada mazkur qutlug' sanani munosib kutib olishga tayyorgarlik ishlari qizg'in davom etmoqda.
    Prezidentimizning 2017 yil 27 iyundagi "O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida"gi qaroriga muvofiq, Istiqlol bayramini yuksak saviyada nishonlash uchun qizg'in tayyorgarlik ko'rilmoqda. "Fidoying bo'lgaymiz seni, O'zbekiston!" shiori ostida puxta taraddud ko'rilayotgan bu yilgi qutlug' sana arafasida barcha yurtdoshlarimiz mamlakatimizdagi tinch-osoyishta hayotni, musaffo osmonimizni, ko'p millatli xalqimizning ahil va totuvligi, jamiyatimizdagi mehr-oqibat, e'zoz va hurmat, saxovat muhiti eng katta boylik ekanini yanada teran his etmoqda.

    Yurtimizning barcha hududlarida, eng chekka qishloq va ovullarda, mahallalarda, korxona-tashkilotlarda uyushqoqlik bilan o'tkazilgan hasharda 18 million 675 mingdan ziyod yurtdoshimiz faol qatnashdi. Ikki kunlik hasharda "Toshshahartransxizmat" aktsiyadorlik jamiyati va uning tarmoq korxonalaridan jami 2 400 nafarga yaqin ishchi-xizmatchi faol ishtirok etdi. Hasharchilar o'zlari mehnat qilayotgan korxonalar hududi va atrofini obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish, ariq va zovurlarni tozalash, mavjud daraxtlarga shakl berish, oqlash bilan mashg'ul bo'ldilar, turli manzarali gul ko'chatlari ekdilar. Xususan, ikki kun mobaynida 43 gektardan ziyod maydon obodonlashtirildi, 12,5 kilometrdan ortiq ariq va lotoklar tozalandi. Qariyb 170 tupga yaqin manzarali daraxt o'tqazildi. 1875 tup gul ko'chatlari ekildi. 2 mingdan ziyod daraxt va ko'chatga shakl berilib, oqlandi. Hashar ishlariga 63ta texnika vositasi jalb etilib, 53 tonnadan ziyod chiqindi belgilangan joylarga tashib chiqarildi. Ahamiyatlisi ikki kunlik hasharda ishtirok etganlarning 1300 nafardan ortig'ini yoshlar tashkil etdi.
    — Xalqimiz to'yga to'yona hozirlash, bayramlarni tinch-osoyishta, saranjom-sarishta o'tkazishga alohida e'tibor qaratadi, – deydi "12-avtobus saroyi" MChJ direktori Jamshid Mannopov. — Hasharda avtokorxona hududi va atrofi obodonlashtirildi. Ikki kun davomida korxonamizdan yo'nalishlarda yo'lovchilar xizmatida bo'lganlardan tashqari 310 nafardan ortiq xodim ishtirok etdi. Ularning 350 nafardan ortig'ini yoshlar tashkil etdi. Yoshlarimiz ustozlari, hamkasblari qo'llab-quvvatlashi asosida 5 gektarga yaqin maydonni obodonlashtirishdi. Ariq va lotoklarni tozalashdi. Mavjud daraxtlar butalandi, shakl berildi va oqlandi. Ishlab chiqarish tsexlari tartibga keltirildi.
    — Hashar uyushqoqlik, hamjihatlik va obodlikning yorqin ifodasidir, – deydi "Toshavtota'mirxizmat" UK direktori Husan Mahkamov. — Jamoamiz ana shu tamoyilga amal qilishga intildik. Hasharda 200 nafarga yaqin xodim obodonlashtirish ishlarida faol qatnashdi. Hashar vositasida ancha yumushlarimiz bajarildi. Avgust oyining so'ngi shanba, yakshanba kunlari bo'lib o'tadigan obodonlashtirish ishlarida ham jamoamiz faol ishtirok etadi.
    Darhaqiqat, umumxalq hashari yurtdoshlarimizning jonajon Vatanimizni, istiqlolni, uning bebaho ne'matlarini, tinch va osuda kunlarimizni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash, shukronalik, yurt taqdiri uchun mas'ullik, fidoyilik tuyg'usi bilan yashayotganini yana bir karra namoyon etdi.
    Bir so'z bilan aytganda, umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan o'tdi. Ammo, transportchilar eng ulug', eng aziz bayram – mamlakatimiz mus-taqilligining 26 yillik shodiyonalariga munosib tayyorgarlik ko'rib, hukumat farmoyishi asosida avgust oyida obodonlashtirish tadbirlarini izchil davom ettiradi. Bu ezgu va xayrli ishda ularga kuch-quvvat, fidoyilik va hamjihatlik tilab qolamiz.

hashar 27.08.17 3

hashar 27.08.17 1

hashar 27.08.17 2

hashar 27.08.17 4

Manba: "Poytaxt transport" gazetasi.

Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 233-52-63

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 1885 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech