Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

“Toshshahartransxizmat” AJ faoliyati tubdan o'zgartirilmoqda.

    2017 yilning 17 may kuni "Toshshahartransxizmat" AJ boshqaruv raisi v.v.b. X.Xolmatov raisligida jamiyat tarkibidagi barcha korxonalar rahbarlari, mutasaddi xodimlari ishtirokida navbatdagi videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.
    Mazkur yig'ilishda X.Xolmatov 2017 yilning 12 va 13 may kunlari o'tkazilgan yig'ilishlarda berilgan topshiriqlarning ijrosi to'g'risida har bir avtobus korxonasi rahbarining hisobotini tingladi. Avtobus korxonasi rahbarlariga ishni tubdan yaxshilash va fidokorona mehnat qilib o'zini ko'rsatish uchun rahbarlarga berilgan 10 kunlik muddatdan 5 kuni o'tib ketganini, o'tgan vaqt davomida sezilarli o'zgarishlar bo'lmaganini tanqid qildi.

    "Toshshahartransxizmat" AJ tizimida ijobiy o'zgarishlar qilish va aholining roziligini olish uchun avtobus korxonalari rahbarlariga berilgan o'n kunlik muddatdan 5 kuni qolganligini ta'kidlab, o'tgan 5 kun davomida ishni yaxshi tomonga o'zgartirmagan rahbarlarni ogohlantirdi. "3-avtobus saroyi" MChJ direktorining tasarruf bo'yicha o'rinbosari o'ziga berilgan toprishiqlarning bajarilishida mas'uliyatsizlikka yo'l qo'yganligi, o'z kasbiga sovuqqonlik bilan yondashganligi, avtobus haydovchilari o'rtasida tushuntirish ishlarini etarlicha olib bormagani va mehnat intizomini susaytirib yuborgani uni egallab turgan lavozimidan ozod etish taklifi berildi.
    Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Germaniyadan keltirilgan 1,95 mln.evrolik original ehtiyot qismlar jamiyatning "Toshavtota'mirxizmat" UK tomonidan qabul qilib olingani va ushbu ehtiyot qismlarni uzoq muddatdan buyon to'xtab turgan avtobuslarga qo'yib, yo'nalishlarda harakat muntazamligini ko'tarish bo'yicha korxona rahbarlariga va mutasaddi xodimlarga aniq topshiriqlar berildi.
    Bundan tashqari har bir avtobusga haydovchiga quyosh nurining to'g'ridan-to'g'ri tushishini oldini oladigan hamda ko'rinishini cheklamaydigan maxsus soyabon (parda) o'rnatish, kunning jazirama kunlarida yo'lovchilarga va haydovchilarga qulaylik yaratish maqsadida har bir avtobusga 3 tadan ventilyator moslamasini o'rnatish bo'yicha avtokorxona rahbarlari mutasaddi xodimlarga vazifalar berdi.
    Yig'ilishda yana bir masala ko'rib chiqildi va unga ko'ra o'ziga yuklatilgan vazifalarni o'z vaqtida bajarmasdan mas'uliyatsizlikka yo'l qo'yganligi uchun “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisining moliyaviy masalalar bo'yicha o'rinbosari M.Valievni egallab turgan vazifasidan ozod etish taklifi berildi.
   "Toshshahartransxizmat" AJ boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi X.Xolmatov tomonidan yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish hamda shahar yo'lovchi transportining ishini yanada yaxshilash, boshqaruv va ish olib borish tizimini tubdan o'zgartirish, sohani rivojlantirish bo'yicha har bir xodim fidoyilik, halollik va sadoqat bilan mehnat qilishi lozimligini ta'kidladi.

Manba: "Toshshahartransxizmat" AJning axborot xizmati.

Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 233-52-63

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 921 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech