Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

MAJBURIY TEXNIK KO'RIK transport vositalarining muntazam va xavf-xatarsiz harakatlanishini kafolatlaydi.

   Istiqlol yillarida mamlakatimiz jahonning avtomobil ishlab chiqaruvchi sanoqli davlatlari qatoridan o'rin oldi. Shahar va tumanlarimiz markazlarida transport vositalari qatnovi bir necha barobarga ortdi. Ozoda va ko'rkam ko'chalarimizda transport vositalarining texnik soz holda harakatlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada 1999 yilning 19 avgustidagi "Yo'l harakati xavfsizligi to'g'risida"gi qonun talablariga asosan 2003 yilning 31 yanvarida Vazirlar Mahkamasining "Transport vositalarini majburiy texnik ko'rikdan o'tkazish tartibi to'g'risida"gi Nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori qabul qilindi.

   Yo'lovchi tashish bilan shug'ullanadigan avtokorxonalardagi transport vositalarini, ya'ni avtobus, kichik avtobus va odam tashishga mo'ljallangan yuk avtomashinalarining texnik holatini doimiy ravishda nazorat qilib borish talab etiladi. Bu insonlarni turli falokatlardan asrash, harakat xavfsizligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Shuni hisobga olgan holda, yo'lovchi tashuvchi transport vositalari bir yilda ikki marta texnik ko'rikdan o'tkaziladi. Shuningdek, bu qoida xavfli yuklarni tashuvchi transport vositalariga nisbatan ham qo'llaniladi. Aytib o'tish lozimki, bunday transport vositalari birinchi marta texnik ko'rikdan 1 martdan 30 iyungacha, ikkinchi bor 1 sentyabrdan 31 oktyabrgacha o'tkaziladi. Jumladan, 1 martdan 30 iyungacha yuridik shaxslar, 1 yanvardan 31 avgustgacha jismoniy shaxslarga qarashli bo'lgan transport vositalari texnik ko'rikdan o'tkazilishi belgilab qo'yilgan.

Transport vositalarining texnik ko'rikdan o'tkazilishiga bunday darajada e'tibor qaratilishi, albatta, bejiz emas. Chunki bugungi kunda yo'l transport hodisalarining aksariyati avtoulovning nosozligi sababli sodir etilmoqda. Texnik ko'rikdan ko'zlangan asosiy maqsad – transport vositasining har qanday nosozligini bartaraf etishdan iborat.

Ana shunday mas'uliyatli vazifani teran anglagan "Toshshahartransxizmat" AJ rahbariyati joriy yilda ham mavjud transport vositalarini majburiy texnik ko'rikdan o'tkazishga har doimgidanda jiddiy e'tibor qaratmoqda. Jamiyat shu maqsadda 2016 yilning 4 martida "Transport vositalarini 2016 yilda majburiy texnik ko'rikdan o'tkazish haqida" buyruq qabul qildi.

Buyruqda texnik ko'rikka tayyorlanish va o'tkazish, korxonalar harakat vositalarining texnik tayyorgarligini oshirish, ichki va tashqi jihozlanishi, barcha yozuv va ko'rsatkichlarni estetik talablarga javob beradigan tarzda tayyorlash, texnik ko'rikdan o'tishning ahamiyati haqida haydovchilar, muhandis-texnik xodimlar va ishchilar o'rtasida tushuntirish ishlari olib borish va amalga oshirilishi lozim bo'lgan talablar belgilangan.

Bahorgi texnik ko'rik uch bosqichda tashkil etilib, joriy yilning iyun oyi oxirigacha jamiyat tizimidagi barcha korxonalarning transport vositalarini ko'rikdan o'tkazish rejalashtirilgan. Ayni paytda "Toshshahartransxizmat" aktsiyadorlik jamiyati tarkibidagi avtokorxonalar ko'klamgi majburiy texnik ko'rikdan bosqichma-bosqich o'tayotir. Jamiyatning yo'lovchi transporti korxonalarini modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash bo'limi boshlig'i vazifasini bajaruvchi Farrux Qodirov tavsiyasi asosida majburiy texnik ko'rikka tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish jarayoni bilan batafsil tanishish maqsadida "1-avtobus saroyi"da bo'ldik.

-  "1-avtobus saroyi" MChJda texnik ko'rikning birinchi, ikkinchi bosqichlari joriy yilning 10-24 aprel kunlari o'tkazildi, – deydi "1-avtobus saroyi" MChJ bosh muhandisi vazifasini bajaruvchi Odil Mahmudov. — Birinchi bosqichda avtokorxonamiz tasarrufidagi mavjud 122ta avtobusning 65tasi texnik ko'rikka taqdim etildi. Reja asosida 29ta "Mersedes-Bents" Lov flor va 27ta "Isuzu" texnik ko'rikdan o'tkazildi. Avtobuslarning 56tasi yo'lovchilarga xizmat ko'rsatishga yaroqli, texnik va estetik holati qoniqarli, deb topildi. Hozirgi kunda avtokorxonamizning texnik tayyorgarlik koeffitsienti 0,90, saroydan foydalanish koeffitsienti esa 0,86 foizni tashkil etmoqda. Texnik ko'rikning ikkinchi bosqichiga 56ta avtobus taqdim etildi. Shundan 17ta "Mersedes-Bents" Lov flor va 29ta "Isuzu" ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi. 7tasi o'tmadi.

Shu o'rinda aytish joizki, korxonamizda harakat vositalarining texnik tayyorgarligini oshirish bahorning ilk kunlaridan boshlangan edi. Dastlab, jamiyatning ishlab chiqarish tsexlari tartibga keltirilib, ta'mirtalab uskunalar yangilandi. Haydovchilar o'rtasida tushuntirish-targ'ibot ishlari muntazam olib borilmoqda. Bu esa texnik ko'rikning uchinchi bosqichi va mamlakatimiz mustaqilligi bayramiga tayyorgarlik ishlarining mantiqiy davomidir.

Avtobus saroyi hududi bilan tanishish asnosida jamiyatda xodimlar o'rtasida samimiy munosabat o'rnatilganligi, ishlab chiqarish tsexlarida ish muntazamligi ta'minlanganligiga amin bo'ldik.

- Texnik ko'rikka tayyorlanish va o'tkazish chora-tadbirlari korxona bosh muhandisi boshchiligida amalga oshirilmoqda, – deydi "1-avtobus saroyi" MChJ ustaxona boshlig'i Sobirjon Karimov. - Texnik ko'rikka ko'ngildagidek tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish maqsadida korxonada maxsus ishchi komissiya tuzilgan. Bundan tashqari transport vositalarining texnik ko'rik darajasi korxonada faoliyat yuritayotgan 410 nafarga yaqin ishchi-xodim, jumladan, 230 nafar haydovchi, 60 nafardan ortiq chilangar, 40 nafar muhandis-texnik xodim ham mas'ul ekanini unutmaslik lozim.

Korxonada texnik ko'rikka tayyorgarlik ko'rilib, harakat vositalarining ichki va tashqi jihozlanishi, barcha yozuv va ko'rsatkichlar estetik hamda ozodalik talablariga to'liq javob beradigan qilib tayyorlangan bo'lishiga qaramay, majburiy texnik ko'rikning birinchi va ikkinchi bosqichidan 16 avtoulov o'tolmadi.

Avtokorxona mutasaddilaridan ana shu haqda so'raganimizda, ular ayrim transport vositalarining signali yoki chirog'i ishlamasligi, old va orqa oynalari darz ketgani, tashqi tarafining ayrim joylarida bo'yoqlari o'chgani, g'ildirak tishlari belgilangan me'yorda emasligi kabi juz'iy kamchiliklar sabab bo'lganini ma'lum qilishdi. Mazkur kamchiliklar majburiy texnik ko'rikning uchinchi bosqichiga qadar, albatta, bartaraf etilishini ta'kidlashdi.

Ma'lumki, joriy yilning 1 martidan amalga kiritilgan "Yangi yo'l harakati qoidalari"da transport vositasida tibbiyot qutichasi, yong'in o'chirgich va majburiy to'xtaganlikni bildiruvchi belgi va xavfsizlik nimchasi doimo mavjud bo'lishi ko'rsatilgan. Texnik ko'rik jarayonida ana shunday jihozlarga ham alohida e'tibor qaratiladi.

- Texnik ko'rikka tayyorgarlik ko'rish jarayonida barcha harakat vositalarining tibbiyot qutichasi va yong'in o'chirgich vositalari nazoratdan o'tkazilib, ehtiyoj tug'ilganlari yangilandi, - dedi O. Mahmudov. - Shuningdek, avtotransport vositalarining to'xtash va yon chiroqlari, oyna tozalash vositalari nazoratdan o'tkazilib, singan hamda ta'mirtalablari almashtirildi. Eng muhimi, haydovchi va chiptachilarning yo'lovchilarga namunali xizmat ko'rsatishlarini ta'minlash maqsadida doimiy tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Bu ishlarning muntazamligi kelgusi faoliyatimiz hamda texnik ko'rikning keyingi bosqichlariga puxta tayyorgarlik ko'rishimiz uchun zamin bo'ladi.

- 23 yildan buyon mazkur avtokorxonada chilangarlik qilaman, – deydi "1-avtobus saroyi" MChJ avtochilangari Rustam To'raxo'jaev. - Shahar yo'lovchi tashish transporti sohasi yil sayin rivojlanib, shart-sharoitlar yaxshilanmoqda. Bundan bizning avtokorxonamiz ham mustasno emas. Masalan, hozir ko'rib turganingiz 26 yo'nalish saroy raqami 99-bo'lgan "Isuzu" avtobusi soat 11:30lar atrofi mayda ta'mir talab bo'lib avtosaroyga keldi. Unga mutaxassislar old stupitsiya va podshipnik buzilgan, deb tashxis qo'ydi. Ushbu kamchilik 2-3 soat ichida bartaraf etilib, avtoulov ishga qaytib chiqishga shay holga keltirildi. Hozirda tormoz suyuqligini yangilayapmiz. Mazkur jarayon oldinlari bir necha kunni talab qilgan, desam mubolag'a bo'lmaydi. Istiqlol sharofati bilan mana shunday qulay mehnat sharoitiga ega bo'lib, zamonaviy texnologiya imkoniyatlaridan foydalanishga muvaffaq bo'lyapmiz. Buning uchun barchaga minnatdorlik bildiramiz.

Muxtasar aytganda, jamoat transportining shahrimiz ko'chalarida muntazam va xavf-xatarsiz harakatlanishida majburiy texnik ko'rik muhim ahamiyat kasb etishini "1-avtobus saroyi" faoliyati misolida yaqqol kuzatish mumkin.

Manba: "Poytaxt transporti" gazetasi.

 

Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 233-52-63

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 2165 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech