Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

Texnika sozligi va butligi unda avtochilangar mehnati muhim o'rin tutadi

    Shahrimiz ko'chalari chiroyiga chiroy qo'shib harakatlanayotgan zamonaviy avto-transport vositalarining yo'llarda xavf-xatarsiz, ravon yurishida ko'plab insonlarning mehnati yotibdi. Ayniqsa, yuzlab y lovchilar hayotiga javobgar jamoat transporti vakillari zimmasidagi mas'uliyat yanada zalvorli. Buni chuqur anglab etgan yo'lovchi tashish bilan shug'ullanayotgan korxona va tashkilotlar mutasaddilari sohaga etuk, bilimli, eng asosiysi, fidoyi insonlar jamoasini jamlashga intiladilar. "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi korxonalarda ham ana shunday transportchilar ko'plab topiladi. Ular mehnati munosib baholanib, muntazam rag'batlantirib boriladi.

    "7-avtobus saroyi" MChJ avtochilangari Ibrohim Solihov ham ana shunday nom va sharafga sazovor bo'lgan insonlar sirasiga kiradi. Ibrohim aka joriy yil Navro'z bayrami arafasida "Toshshaartransxizmat" AK buyrug'iga asosan "Toshkent shahar yo'lovchilar tashish transporti faxriy xodimi" nishoni bilan taqdirlandi. 

    - Faoliyatimiz yo'lovchilarga sifatli, xavf-xatarsiz transport xizmati ko'rsatish ekan, uni sidqidildan, vijdonan bajarishimiz lozim, deydi Ibrohim Solihov. - Ishimizga haqiqiy bahoni yo'lovchilar beradi. Albatta, rahbariyat tomonidan ko'rsatiladigan rag'bat ham muhim. Avtokorxonada ishlayotganimga 28 yil bo'ldi. O'tgan davr mobaynida transport vositalarining texnik sozligi, ozodaligiga har kuni belgilangan jadval asosida yo'nalishga chiqayotgan haydovchi va chipta sotuvchilar bilan birgalikda avtosaroydagi har bir xodim mas'ul ekani yaqqol namoyon bo'lib bordi.

    Yo'lovchi tashishga mo'ljallangan transport vositalarining texnik sozligi harakat muntazamligini ta'minlashning bosh mezoni ekani barchamizga yaxshi ma'lum. Lekin ana shu avtotransport vositasini erta tongdan yo'nalishga chiqishida avtokorxonadagi kuzov ta'mirlash, akkumulyator, ballon, motor ta'mirlash, chilangarlik, yoqilg'i, payvandlovchi, elektr hamda tormoz tizimini sozlash va boshqa tsexlarda faoliyat ko'rsata o'tgan barcha kishilarning hissasi borligini xayolimizga ko'p ham keltirmaymiz.

    - O'rta maktabni tamomlaganimdan so'ng 1988 yilda mazkur avtokorxonada navbatchi mexanik bo'lib ishlaydigan Qudrat amakim qo'limdan tutib meni ustalar qo'liga shogirdlikka topshirgani kechagidek dimda, - deydi Ibrohim aka. - Korxona rahbariyati meni uzatma qutisini ta'mirlash tsexiga yordamchi ishchi sifatida qabul qildi. Avtochilangarlik sirlarini ustozlarim Ravshan, Misha va Olim akalardan o'rgandim.

    O'rganganlarim faoliyatimning har bir soniyasida asqotmoqda, desam xato bo'lmaydi. Buni hayotimizga yangi zamonaviy texnologiyalar kirib kelgach, yanada teran anglay boshladim. Oldinlari "Laz", "Liaz" rusumli avtobuslarni ta'mirlagan bo'lsak, istiqlol sharofati bilan to'la kompyuterlashgan, zamonaviy "Isuzu" va "Mercedes-Benz"ni sozlashga muyassar bo'ldik. Har qanday avtoulovga ko'ngildagidek xizmat ko'rsatish uchun yillar davomida orttirilgan tajriba va malaka lozim. Shundan bo'lsa kerak, tseximizda "ustoz-shogird" an'anasi yaxshi shakllangan.

    Ibrohim Solihov ta'kidlaganidek, avtokorxonada ustoz-shogird an'anasi qadriyat darajasiga ko'tarilgan. Ko'p yillik tajribaga ega, malakali xodimlar ishga chanqoq, sohaga meyor qo'ygan shlarga transport sirlarini o'zlashtirishiga ko'maklashadi. Bugungi kunda Ibrohim aka ustoz maqomiga erishib, 10 nafarga yaqin shogird etishtirdi. Ularning ba'zilari avtokorxonada, yana ayrimlari kompaniya tizimidagi avtokorxonalarda avtochilangarlik qilmoqda. Ayni paytda kasb-hunar kollejini tamomlab kelgan Sherzod Ibrohim akadan kasb sirlarini o'zlashtirmoqda.

    - O'rganishga nisbatan o'rgatish qiyin jarayon, deydi I. Solihov. - Boisi o'rganayotganingda ustaning har bir xatti-harakatini diqqat bilan kuzatib, tushunmagan va bilmagan narsalaring haqida so'raysan. O'rgatishda esa, aksincha, seni diqqat bilan kuzata o'tgan yoshlar oldida xatoga yo'l qo'ymaslikka harakat qilasan va ishdagi mas'uliyat yanada ortadi. Fikrimcha, bu jarayonda usta tartib-intizomli, jonkuyar, fidoyi bo'lishi lozim. Shundagina unga ergashgan shogird vaqti kelib mohir usta bo'lib etishishi shubhasiz. Tartib-intizomnishior qilgan inson hayoti va faoliyatida ham muvaffaqiyatlarga erishadi.

    Ibrohim Solihov tartibintizomga qat'iy rioya etadigan insonlardan. U o'z muvaffaqiyatini haydovchi va yo'lovchilardan eshitgan minnatdorchiligida, deb biladi.

    So'zimiz so'nggida Ibrohim akaning kelgusi ishlarida ham muvaffaqiyat tilab qolamiz.

 

Manba: "Poytaxt transporti" gazetasi.

Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 233-52-63

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 2119 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech