Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

LITSENZIYASIZ YO'LOVCHILARNI TASHISH QONUNGA XILOF

    Joriy yilning 13 fevral kuni Toshkent shahar hokimligida yo'lovchi tashish bilan noqonuniy ravishda shug'ullanayotgan fuqarolar faoliyatiga chek qo'yish hamda yo'l-transport hodisalarini oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash masalasiga bag'ishlangan brifing bo'lib o'tdi. Unda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati ma'sullari, "Toshshahartransxizmat" AJ mutasaddilari, Toshkent shahar hokimligi Yo'lovchi tashish transportining barcha turlarini litsenziyalash va muvofiqlashtirish Departamenti rahbariyati, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

    Brifingda ta'kidlanganidek, bugungi kunda poytaxtimizda yo'lovchilarning uzog'ini yaqin qilish va manziliga o'z vaqtida xavfsiz etib borishini ta'minlash maqsadida bir qator ijobiy ishlar qilinmoqda. Xususan, 2016 yilning 13 fevral holatiga ko'ra, poytaxtimizda jami 304 korxona shahrimiz mehmonlari va aholisiga transport xizmati ko'rsatmoqda. Shundan 103 korxonaga 262 yo'lovchi tashish yo'nalishi biriktirilgan. 16 korxonada 1169 jadval asosida 139 avtobus, 86 korxonada 993 jadval asosida 117 yo'nalishli taksi va 1 korxonada 49 jadval asosida 6 tramvay hamda 213 yo'nalishsiz taksi korxonalarida 2792 avtomobil yo'lovchilarni o'z manziliga etkazmoqda. Avtokorxonalar yo'lovchilarga avtobus, tramvay, yo'nalishli va yo'nalishsiz taksi faoliyati bilan xizmat ko'rsatmoqda. Yo'lovchi tashish bilan shug'ullanayotgan korxonalarga barcha huquqiy-ijtimoiy shart-sharoit yaratilgan. Shunga qaramay yo'lovchi tashish faoliyati bilan noqonuniy ravishda shug'ullanayotgan fuqarolarimiz ham bir talay. Toshkent shahar hokimi tomonidan 2016 yil 13 yanvarda tasdiqlagan chora-tadbirlar rejasiga asosan bir qator tegishli tashkilotlar tomonidan litsenziyasiz faoliyat ko'rsatayotgan tashuvchilarga barham berish maqsadida reydlar o'tkazib kelinmoqda. 2016 yilning 10 fevral holatiga ko'ra, 310 reyd davomida 9200 avtotransport vositasi ko'zdan kechirilganda, jami 1850 qoidabuzarlik aniqlangan.
    - Yo'lovchi tashish sohasida tadbirkorlik faoliyatining poydevori Prezidentimizning 2006 yil 28 fevralida "Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yo'lovchilarni tashishi xavfsizligini ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi va 2006 yil 9 martida "Avtomobil transportida yo'lovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish to'g'risida"gi qarorlari asosida barpo etilgan, - deydi Toshkent shahar hokimligi Yo'lovchi tashish transportining barcha turlarini litsenziyalash va muvofiqlashtirish Departamenti trender savdolari bo'limi boshlig'i Farhod Mirzaev. - Mazkur qarorlar asosida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat ko'rsatuvchi shaxslar yuridik korxonalarga birlashib, ularni markazlashtirilgan holda boshqarish imkoniyati vujudga keldi. Aholining turmush darajasini yanada oshirishga yo'naltirilgan masalalar bo'yicha olib borilgan tadbirlar natijasida 2000 dan ziyod yangi ish o'rni yaratildi.
    Yo'lovchi tashish transportida yo'nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish, ular tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish va xavfsizligini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2011 yil 18 mayda "Yo'nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida" qaror qabul qildi. Ushbu qarorda yo'nalishsiz taksilar texnik holati va asbob-uskunalarining harakat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar, tashqi va ichki ma'lumotlarga ega bo'lish talablariga muvofiqligini nazorat qilish bo'yicha muntazam ravishdagi qo'shma tekshiruvlarni faollashtirish, avtotransport vositalari egalari o'rtasida yo'nalishsiz taksilar ishiga joriy etilayotgan talablar haqidagi vazifalar belgilab berilgan.
    Ekspertlarning fikriga ko'ra, Toshkent shahri yo'lovchi tashish bozorida tashuvchilarning soni 8000 taga yaqin bo'lib, ulardan atigi 2318 tasi qonuniy litsenziyaga ega bo'lgan holda aholiga xizmat ko'rsatib kelmoqda. Qolganlari esa bir so'z bilan aytganda noqonuniy tashuvchilar sanaladi. Buning natijasida shahar iqtisodiyoti (1 ta tashuvchi 1 kunda 25 ming so'm daromad olsa) 1 kunda 143 mln. so'm naqd pul tushumi hamda noqonuniy faoliyat ko'rsatayotgan tashuvchilardan shahar byudjetiga katta miqdordagi soliq to'lovining manbai yo'qotilmoqda.
    Shu o'rinda, noqonuniy yo'lovchi tashish bilan shug'ullanayotgan haydovchilar ishiga chek qo'yish maqsadida, Toshkent shahar hokimligi yo'lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish Departamenti, Yo'l harakati havfsizligi boshqarmasi va Davlat soliq boshqarmasi, O'zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining Toshkent shahar bo'limi xodimlari bilan hamkorlikda poytaxtimizning aholi gavjum joylar, ya'ni Qo'yliq Yunusobod va Chorsu dehqon bozarlari, Chilonzor hamda Abu-Saxiy buyum bozorlari, Sergeli yarmarkasi, "Buyuk Ipak Yo'li" va Chilonzor metro bekatlari atrofida muntazam ravishda qo'shma reydlar o'tkazilmoqda. Xususan, 2016 yilning 10 fevral holatiga ko'ra, o'tkazilgan 310 reyd davomida 9200 avtotransport vositalari ko'zdan kechirilganda, jami 1850 qoidabuzarlik va kamchiliklarga yo'l qo'yilganligi aniqlangan. Bundan tashqari Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan jami 163 qoidabuzarlikni aniqladi. Shundan 118tasi yo'lovchi tashish transporti, 45tasi yuk tashuvchi avtomoshinada bilan bog'liq holatdir. Noqonuniy faoliyat ko'rsatayotgan jismoniy shaxslarga nisbatan Qzbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksining tegishli moddalariga ko'ra, F-2 shaklidagi hujjatlar rasmiylashtirilgan. Shuningdek, Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari qoidabuzarlik bo'yicha jami 18651 bayonnoma tuzdi. Yo'lovchi tashish yo'nalishlarida tegishli hujjatlarsiz, xususan, texnik nosoz transport vositasidan foydalanish, yo'nalish chizmasi, yo'l varaqasi, haydovchilik guvohnomasi, avtomobilning texnik pasporti, majburiy sug'urta polisi yo'q bo'lgan avtotransport egalari tomonidan 814 qoidabuzarlik holatlari aniqlanib, avtotransport vositalari qonun doirasida vaqtinchalik jarima maydonlariga qo'yildi. Bundan tashqari 12466 qoidabuzarlik holati bayonnoma tuzilgan.
    Hamma bir yumushga shoshib turganimizda, albatta, yo'nalishsiz taksi xizmatidan foydalanadi. Buning uchun yurtimizda barcha shart-sharoit va imkoniyat yaratilgan. Yo'lovchi hatto buyurtma taksi xizmatidan ham foydalanishi mumkin. Sohada ana shunday islohotlar amalga oshirilayotgan bir paytda ayrim jismoniy shaxslarning noqonuniy taksi xizmati ko'rsatayotgani kishini tashvishga soladi. Noqonuniy faoliyatning oldini olish maqsadida Toshkent shahar hokimligi va Ichki ishlar vazirligi hamkorlikda Yurtboshimizning 2013 yil 9 oktyabrdagi "Toshkent shahrida yo'lovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori talablarini bajarish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini tasdiqladi. Bu boradagi sa'y-harakatlarni yanada kuchaytirish maqsadida "Toshshahartransxizmat" AJ, Toshkent shahar IIBB, O'zbekiston Respublikasi Avtomobil va daryo transporti agentligining Toshkent shahar hududiy bo'limi, Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi hamda Departament hamkorligida Prezidentimizning 2006 yil 28 fevraldagi PQ-294-sonli, o'sha yil 9 martdagi PQ-303-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 noyabrdagi 482-sonli, 2011 yil 15 maydagi 139-sonli, 2007 yil 10 fevraldagi qarorlari ijrosini ta'minlash borasidagi amalga oshirilishi lozim bo'lgan keng qamrovli tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Mazkur raejaga asosan Toshkent shahrida 2016 yilning 15 fevralidan boshlab 47 ishchi guruh ish boshlaydi. Ular zimmasiga qo'shma reydlar o'tkazish yuklatildi. Guruhlar tarkibiga Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, Davlat soliq inspektsiyasi, Avtomobil va daryo transporti agentligi, "Toshshahartransxizmat" AJ hamda Departament xodimlari biriktirilgan. Ishchi guruh zimmasiga birinchi navbatda noqonuniy yo'lovchi tashish faoliyati bilan shug'ullanayotgan fuqarolarni aniqlash va ularga nisbatan qonunda belgilangan choralarni ko'rish, yo'lovchi tashish faoliyati bilan shug'ullanayotgan tashkilotlarning transport vositalarini yo'nalishga chiqarish yo'lovchilar ehtiyojini qondirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qilish yuklatilgan.
    - Ta'kidlash joiz, noqonuniy yo'lovchi tashiyotgan jismoniy shaxs faoliyatini qonuniylashtirish imkoniyati bor, - deydi Toshkent shahar hokimligi Yo'lovchi tashish transportining barcha turlarini litsenziyalash va muvofiqlashtirish Departamenti boshlig'i o'rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Najmiddin Davlatov. - Buning uchun Toshkent shahrida maxsus avtokorxona va avtoservislar faoliyat ko'rsatmoqda. Qonuniy faoliyat ko'rsatishni istaganlar ana shu avtokorxonalarga uchrashib, kerakli ma'lumotlarni olishi mumkin. Bu jarayonda transport vositasi qonunda belgilangan tartibda lizentsiyalangan avtokorxona hisobiga vaqtinchalik ijaraga berilib, uning balansiga o'tadi. Korxona ushbu avtotransport vositasini fil suyagi rangiga bo'yab, barcha me'yoriy talab asosida jihozlash, jumladan, uning tom qismiga taksi belgisini qo'yish, taksometr maslamasini o'rnatish, avtomobilini litsenziya varaqasi bilan ta'minlab berishni o'z zimmasiga oladi. E'tiborlisi, yo'lovchi tashish bilan qonuniy shug'ullanayotgan haydovchilarga oylik maosh tayinlanadi, pensiya yoshiga etganida ana shu avtokorxonadan nafaqaga chiqadi. Ishlash jarayonida to'liq ijtimoiy-huquqiy himoyalanadi. Shu o'rinda, O'zbekiston Respublikasi "Ma'muriy javobgarlik to'g'risida"gi Kodeksning 176-3 bandida avtomobil transportida yo'lovchilarni litsenziyasiz tashish bilan noqonuniy shug'ullanayotgan shaxslar uchun eng kam ish haqining 20 barobaridan 100 barobarigacha, mansabdor shaxslar 50 barobaridan 150 barobarigacha jarimaga tortilishi qayd etilganligini ta'kidlash lozim.
    Hozirgi kunda 1ta engil avtomobilda yo'lovchi tashish uchun bir yil muddatli litsenziya varaqasining davlat boji O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo'yicha narxi 75 dollar etib belgilangan. O'rindiqlar soni 4 kishidan ortiq bo'lgan avtomobilllar uchun esa 125 dollardir. Bu miqdor ham Markaziy banki belgilangan kurs bo'yicha to'lanadi.
    Litsenziya varaqaralarini olishga qiziqqanlarga bizning Departament xodimlari batafsil ma'lumot berishga shay. Murojaat uchun toshkent shahar, Amir Temur 1-tor ko'chasi, 6-uy ("Toshshahartransxizmat" AJ binosi 6-qavat) Telefonlar: 233-48-16, 233-39-62, 233-50-74 raqamlariga telfon qilishlari mumkin.
    Kezi kelganda aytiz joizki, Prezidentimizning 2015 yil 15 sentyabrdagi "Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida"gi Qonuniga muvofiq , tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilishning to'laqonli faoliyat ko'rsatishini ta'minlanishi yuzasidan har bir yo'lovchi biladiki, u foydalanayotgan avtotransport vositasi to'laqonli sug'urtalangan bo'lib, bundan tashqari, haydovchi ertalabki shifokor-narkolog, avtomobil texnik ko'rigidan o'tganligiga to'la ishonch bilan foydalanadi.

 

Manba: "Poytaxt transporti" gazetasi.

Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 233-52-63

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 2154 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech