Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+

Elektron hukumatning asosiy tashkil etuvchilari
Davlat organlari o’z faoliyati doirasida fuqarolar, tijorat tuzilmalari va boshqa davlat organlari bilan aloqaga kirishishini hisobga olgan holda, Elektron hukumat tizimida uchta tashkil etuvchilarni ajratish mumkin:

Government to Citizens -G2C (Davlat – Fuqarolarga) - Bu davlat tashkilotlari hamda fuqarolar o’rtasidagi aloqa bo’lib, unda davlat xizmatlaridan tez va qulay foydalaniladi. Bunday xizmatlar doirasiga ma’lumotnomalarni olish, guvohnoma va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, shaxs hayotiga oid yuridik jihatdan muhim hodisalarni ro’yxatdan o’tkazish kiradi. Bu tarkibiy qismda fuqarolarga internet orqali, asosan, hukumat ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchi yagona hukumat portalini tashkil etish yo’li bilan barcha turdagi davlat xizmatlarini ko’rsatish nazarda tutiladi. Bunday portal orqali fuqarolar qulay va tushunarli shaklda hukumat faoliyati haqida ma’lumot olishlari, shuningdek, o’z fikr hamda mulohazalarini bildirishlari, fuqarolik va jamoatchilik burchlarini bajarishlari mumkin.

Government to Business - G2B (Davlat – Biznesga): Davlat organlari va biznes o’rtasidagi o’zaro munosabat bo’lib, kelishuv jarayonining borishini tezlashishiga, qog’oz hujjatlardan foydalanishga ehtiyojni yo’qotishga va bu orqali zaruriy ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash jarayonini tezlashishiga imkon beradi. Oxir oqibat, davlat organlari tijoriy tashkilot shaklidagi hamkorlari bilan xizmat ko’rsatishning yaxlit tizimini yaratish uchun o’zlarining usul va vositalarini taqdim etishlari mumkin bo’ladi. Texnologiyalardan, davlat xaridlarining ochiq va shaffof tizimidan optimal foydalanish hisobiga davlat organlarining xarajatlari qisqaradi.

Government to Government - G2G (Davlat – Davlatga): Davlat organlari o’rtasidagi o’zaro munosabat bo’lib, zamonaviy texnologiyalar yordamida davlat organlari o’rtasida ichki va tashqi aloqalarni takomillashtirish va ularning hamkorlikdagi faoliyatini amalga oshirishga imkon yaratadi va bu bilan ularning faoliyatini qayta qurishga ko’maklashadi, shuningdek, xizmat ko’rsatishning tarqoq bo’lmagan yaxlit shaklini ta’minlab beradi. Bu o’z navbatida ishlab chiqarishda kechikishlardan qochish va ishchi kuchiga motivatsiyani oshirish orqali xarajatlarni kamaytirish va ish samarasini oshirishga, shuningdek, sinalgan va keng qo’llanilayotgan usul hamda vositalardan foydalanish orqali ichki biznes-jarayonlarning qayta qurilishiga olib keladi. Bu elektron hukumatning faoliyatining asosi hisoblanib, barcha davlat organlarini birlashtirib turuvchi ichki hukumat tarmog’idan tarkib topgan va uning doirasida fuqarolar hamda mamlakat hududida faoliyat olib boruvchi tashkilotlar haqidagi ma’lumotlar bazasini o’z ichiga olgan barcha hukumat ma’lumotlarini jamlagan hukumat ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.

Elektron hukumatning har uch tashkil etuvchilarini yaratish va amalga tadbiq etish chambarchas bog’liqdir. G2C yoki G2Bni yo’lga qo’ymasdan G2G tizimini amalga m oshirish birtomonlama samara beradi, vaqt va vositalarni samarasiz sarflashga olib keladi, ma’lumotlar xaosini keltirib chiqaradi va Elektron hukumat g’oyasini kuchsizlantiradi. Shuning uchun ham Elektron hukumatning barcha tarkibiy qismlarini rivojlantirish va amalga tadbiq etish dasturini ishlab chiqish va tadrijiy bosqichma-bosqich amalga oshirish juda muhim hisoblanadi.

"Elektron hukumat" ishtirokida o'tkaziladigan chora-tadbirlar ro'yhati.

"Toshshahartransxizmat" AJ mutaxassislari Elektron hukumatni rivojlantirish Markazi tomonidan o'tkaziladigan tadbirlarda, muntazam ishtirok etmoqdalar. O'tkaziladigan tadbirlarda, anjumanlarda va treninglarda "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish hamda joriy etish doirasidagi istiqboli qo'nalishlar muhokama qilinadi.

T/r  O'tkazish sanasi O'kazish joyi Kun tartibi 
1. 04.02.2015y. Aloqa axborotlashtirish va telekommunikasion texnologiyalar davlat qo'mitasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 3 apreldagi PQ-2158-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2014 yil 29 dekabrdagi majlis bayoning ijrosi.
2. 28.01.2015y. Aloqa tarixi muzeyi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tadbirkorlik faoliyatiga qonun hujjatlari ta'sir etishini baholash tizimini joriy etilishi tadbirlari to'g'risida" 2014 yil 2 dekabrdagi 328-sonli qarori, Yagona portaldagi ishlanadigan loyihalar va qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlar muhokamasi jaroyoniy tushuntirish.
3. 27.02.2015y. Aloqa tarixi muzeyi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasida axborot-mommunikacion texnologiyalarining rivojlanishi holatini baholash tizimini joriy etish tadbirlari to'g'risida" 2013 yil 31 dekabrdagi 355-sonli qarori NIS.UZ tizimidagi savolnomaning avtomatlashtirilgan versiyasini tuldirishga oid seminar.
4. 12-14.08.2015y. "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Texnologiyalarni amalga oshirishining davlat buyurtmalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash to'g'risida" 2013 yil 25 yanvardagi 18-sonli qarorining ijrosiga bo'yicha seminar.
5.  10.09.2015yг. "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi 2015 yilning 2-choragi yakunlariga oid seminar, 2015 yilning 2-choragida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va yilning har bir choragida o'tkazilgan tekshirishlarda yilning joriy choragida kamchiliklarga yo'l qo'ymaslik.
6.  29.09.2015y. Axborot texnologiyalarni va kommunikaciyalarni rivojlantirish Vazirligi. Kompaniyaning "Yo'lkira harakatlari to'lanishining avtomatlashgan tizimini joriy etish" ustivor loyihasining o'z vaqtida mukammal masshtablarda ta'minlanishiga oid chora-tadbirlar masalasiga bag'ishlangan seminar.
7. 22.09.2015y. "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi Davlat xizmatlari Yagina reestri davlat xizmatlari pasporti, shakllari va blanklarini t'lditish masalalariga oid seminar.
8. 04.12.2015y. "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi Ochiq ma'lumotlar bilan ishlash ma'lumotlarini vizualizaciyalash sohasining milliy mutaxassislari master klasslari, ularning ishlaninshi, talqin etilishi va vizualashtirilishi.
9. 19.06.2015y. Aloqa tarixi muzeyi Davlat xizmatlarini xatlovdan o'tkazish va reglamentlashitrish xamda davalt xizmatlari Yagona reestrini, forma va  blankalarini to'ldirish masalalariga bag'ishlangan seminar.
10. 21.01.2016y. Aloqa tarixi muzeyi 20-16-2018 yillarda ishlab chiqarish va boshqaruv jaroyonlarida axborot tizimlarining istiqbolli loyihalarini bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasi mas'ul xodimlari ishtirokidagi kengaytirilgan majlis.
11. 16.06.2016y. Aloqa tarixi muzeyi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 avgustdagi 232-sonli qarorining ijrosi yuzasidan ochiq ma’lumotlar Portalini to’ldirishga oid seminar o’tkaziladi.
12. 13.07.2016y. AK "Uztelecom" muhandisliq-texnikaga oid markaz O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989 –sonli qarori 2-ilovasining 18-bandiga binoan lisenzilarni elektron shaklda rasmiylashtirishi tartibiga o’tkazish tizimining ishlashi bo’yicha bilim olishga yo’naltirilgan, shuningdek berilgan muddati uzaytirilgan, bekor qilingan, qayta rasmiylashtirilgan lisenzialar reestrini elektron shaklda yuritish o’quv seminari o’tkaziladi.
13. 15.07.2016y. Xalqaro biznes markaz  O’zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining birinchi o’rinbosari tasdiqlagan 2016 yil 30 iyundagi 08/1-793–sonli dasturga binoan erkin va ochiq dasturiy ta’minot (EODT) masalalariga bag’ishlangan o’zbek-korea anjumani o’tkaziladi.
14. 05.09.2016y. "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi 355-sonli «O’zbekiston Respublikasida axborot-kommunikasiya texnologiyalarni rivojlantirishini baxolash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorining ijrosi yuzasidan davlat xo’jalik boshqaruvi organlariga 2016 yilning 2 choragi yakunlari bo’yicha aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etishda hamda joriy hisobot davrida takrorlanmasligi borasida yordam berishiga bag’ishlangan seminar o’tkaziladi.
15. 11.10.2016y. Aloqa tarixi muzeyi Bosh vazir virtual qabulxonasi to'grisida
16. 25-26 oktyabr 2016y. Navoiy shahri Navoiy kon metallurgiya kombinatida axborot texnologiyalarini joriy etilish va ko'llashga bag'ishlangan seminar.
17. 10.02.2017y. "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 oktyabrdagi 353-sonli "Davlat elektron xizmatlari ko'rsatish sifatini baholash metodikasi" to'g'risida seminar-trening o'tkazildi.
18. 28.03.2017y. "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi “O'zbekneftgaz” MXK AKT joriy etilganlik xolati va ko'rsatiladigan xizmatlar to'g'rsida.
19. 11.04.2017y. "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi “Asaka” aktsiyadorlik tijorat banki tizimida AKT joriy etish muammolari va istiqbollari tahlili.
20. 18.04.2017y. “O'zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasida “O'zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasida AKT joriy etilganlik xolati.
21. 06.06.2017y. “O'zbekinvest” eksport import milliy sug'urta kompaniyasida “O'zbekinvest” eksport import milliy sug'urta kompaniyasi tizimida AKT joriy etish muammolari va istiqbollari tahlili.
22. 04.07.2017y. “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyatida “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyatida AKT joriy etish va rivojlantirish holati to'g'risida
23. 18.07.2017y. “Uzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasida “Uzavtosanoat” aksiyadorlik kopaniyasida AKT joriy etish holati to'g'risida.
24. 25.07.2017y. "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida AKT joriy etish va rivojlantirish holati to'g'risida.
25. 08.08.2017y. O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida AKT joriy etish holati to'g'risida.
26. 14.08.2017y. Halqaro biznes markazida Ochiq dasturiy mahsulotlarni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya forumi.
27. 5.09.2017y. "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi "Sharq" nashriyoti-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi va Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasida AKT joriy etish holati, bir qator yutuq va kamchiliklari to'g'risida.
28. 12.09.2017y. "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi "Agrobank" ATB AKT joriy etish holati to'g'risida.
Agar matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing va bizni xabardor qiling
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 233-52-63

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 1764 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech