Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+

"Toshavtota’mirxizmat" Unitar Korxonasi

"Toshshahartransxzimat" Aksiyadorlik Jamiyatining "Toshavtota’mirxizmat" Unitar Korxonasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent shahrida yo’lovchi tashish transportining tashkiliy tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2013 yil 9 oktyabrdagi PQ-2048-sonli qaroriga binoan, “Toshshahartransxzimat" Aksiyadorlik Jamiyati Kuzatuv Kengashining 2014yil 04apreldagi qarori asosida tashkil etilgan.

Korxona faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

- maxalliy va chet elda ishlab chiqarilgan shaxar yo’lovchi tashish avtotransporti va boshqa avtotransportlarga servis xizmatlarini ko’rsatish, ular bo’yicha tiklash va joriy ta’mirlash ishlarini ta’minlash zaruriy mexanizmini yaratish
- Jamiyatning unitar korxonalari extiyojlari uchun ularning buyurtmalariga asosan yetkazib beruvchilardan zaruriy tovar-moddiy boyliklarni markazlashtirilgan tartibda sotib olish
- avtotransport xizmatlarini ko’rsatish masalalari bo’yicha axborot-tahliliy ishlarni amalga oshirish
- avtobuslarga servis xizmatlarini ko’rsatish, tiklash va joriy ta’mirlash ishlarini rejalashtirish, ular sifatli bajarilishini nazorat qilish
- avtobuslar va boshqa avtotransport vositalari uchun ehtiyot qismlar, butlovchi qismlar, moylash materiallari va asbob-uskunalarga bo’lgan istiqboliy ehtiyojlarni o’rganish
- avtobuslar reysdan chiqib, saroylarga kirib ketishi holatlarini kamaytirishga qaratilganamaliy choralarni ishlab chiqish va joriy etish
- avtobuslarga servis xizmat ko’rsatilishi va ular ta’mirlanishi sifatini hamda umuman korxona faoliyatini monitoring qilish
- bepul asosda olingan kafolatli ehtiyot qismlar va butlovchi qismlarni taqsimlash
- har kuni servis xizmat ko’rsatish va ta’mirlash jarayonida bo’lgan harakatlanuvchi tarkib soni, avtobus saroylarida texnik nosozliklar sababli reysdan chiqib, garajga kirgan avtobuslar soni, korxona xodimlarining oldingi kundagi tungi navbati natijalari haqida axborot yig’ish va uni Jamiyatga taqdim etish.

Agar matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing va bizni xabardor qiling
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 233-52-63

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 1371 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech