
Bepul foydalanish hukukiga ega shahslar
«Shahar yo’lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to’g’risida» O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 30 avgustdagi qonuniga binoan shahar yo'lovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish xukukiga ega bo’lgan shaxslar ro’yxati.
- 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan bo'lmish xarbiy xizmatchilar;
- 1941-1945 yillardagi urush nogironlari va urushning 1 guruh nogironiga xamrohlik qiluvchi shaxs;
- 1941-1945 yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mexnati va benuqson xarbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar;
- Afg'oniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning xududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynamilalchi jangchilar jumlasidan bo'lmish fuqarolar;
- Xakikiy muddatli xarbiy xizmatni o'tayotgan xarbiy xizmatchilar va kontrakt bo'yicha oddiy askarlar xamda serjantlar tarkibidagi xarbiy xizmatchilar; (O'zR 22.12.2009 y. O'PQ-238-son Qonuni taxriridagi xatboshi)
- Chernobil AES xalokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar.
- Ko'zi ojiz nogironlar va ko'zi ojiz nogironga xamrohlik qiluvchi;
- kichik serjantlar, serjantlar, kata serjantlar (O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 12 apreldagi 170-sonli qaroriga muvofiq)
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yildagi 291-sonli qaroriga binoan yuqoridagi ro'yxatda ko'rsatilgan shaxslar shahar yo'lovchi transportidan bepul foydalanish xukukini tasdiqlaydigan “ilova varaqchasi”ni ko'rsatishlari shart.
- 30 Oktyabr 2015 tuzilgan
- 4550 marta kurilgan
Agar matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing va bizni xabardor qiling