Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+

 

Shahar yo'lovchi tashish transporti yo'nalishlari xaritasini qayerdan olsa bo'ladi?

Shahar yo'lovchi tashish transporti yo'nalishlarining yo'nalish ko'rsatgichli va turli korxonalar hamda tashkilotlar manzili yozilgan xaritasini www.tshtx.uz/mg.html manzilidan osongina o'tkazib olish mumkin.

Agar konduktor, haydovchi yoki nozim tomonidan qilingan qo'pol va kasbga yarashmaydigan muomalaga duchor bo‘lganda qayerga murojaat qilish mumkin?

Yuqorida aytilgan shaxslar Sizga qupol, noshoista muomala qilganlarida "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik kompaniyasi rahbariyatiga "Fuqarolar murojaati" bo'limi yoki 1062 ishonch telefoni orqali shikoyat qilishingiz mumkin.

Nima uchun bu yil yarim oylik yo'l chiptalari chiqarilmadi?

"Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik kompaniyasining yer usti shahar yo'lovchi tashish transporti yo'nalishlarida yo'lovchi tashish bilan shug'ullanuvchi korxonalari zarar ko'rib ishlaydigan korxona hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 17 sentyabrdagi 273-son Qarori bilan aholiga pirovard tariflar bo'yicha shaharda muntazam yo'lovchi tashish bilan shug'ullanuvchilarni moliyalashtirish va ko'rgan zararlarini qoplash tartibi to'g'risida Nizom tasdiqlangan bo'lib, 0,5 seriyasidagi kartochka mazkur qarorda tasdiqlanmaganligi sababli ushbu kartochkalar sotuvga chiqarilmadi.

O'qish joyi to'g'risida ma'lumotnomani konduktorga ko'rsatmagan maktab va kollej o'quvchisining hamda oliy o'quv yurti talabasining oylik yo'l chiptasi qaysi asos bilan olib qo'yiladi?

"N" (pensioner va nogironlar uchun), "T" (kunduzgi ta’lim talabalari uchun), "O'" (litsey, kollej va maktab o'quvchilari uchun) seriyasidagi oylik yo'l kartochkalari imtiyozli bo'lib, oddiy kartochkalarga qaraganda ikki baravar arzon narxda sotiladi. Shuning uchun ushbu kartochkalar shaxsning mazkur toifaga mansubligini tasdiqlovchi guvohnomalar bilan birga ko'rsatilganda haqiqiy hisoblanadi. Kollej, litsey va maktab o'quvchilarining o'quvchilik chiptasi yoki ma'lumotnomasi guvohnoma o'rniga o'tadi. Oylik yo'l chiptasiga kollej, litsey va maktab muhri bosilganligi kartochkaning haqiqiyligiga asos bo'lmaydi. Mazkur qoida barcha "N", "T" va "O'" seriyasidagi kartochkalarda yozilgandir.

Oylik yo'l chiptalari va imtiyozli chiptalardan foydalanish huquqini beradigan hujjatlarning konduktorlar tomonidan tekshirilishi tartibi qanday?

"N", "T" yoki "O'" seriyasidagi kartochkalar ko'rsatilganda, yo'lovchi ushbu toifaga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatni albatta ko'rsatishi kerak.
Konduktor oylik yo'l chiptalarining haqiqiyligini tekshirish huquqiga ega. Oylik yo'l chiptalaridagi ayrim himoya turlari qarash yoki qo'lda siypalab ko'rish yo'li bilan tekshiriladi. Boshqa turlari detektor vositasida tekshiriladi.
Oylik yo'l chiptasi yoki yo'lovchining imtiyozli shaxslar toifasiga mansubligini tasdiqlovchi hujjat haqiqiy bo'lmagan holatlarda konduktor oylik yo'l chiptasini olib qo'yish huquqiga ega. Tortib olingan chiptaning almashtirish holatiga yo'l qo'ymaslik uchun yo'lovchi chiptaga o'z ma'lumotlarini (F.I.O.) yozib, imzo chekadi. Konduktor esa, yo'lovchiga olingan chiptaning seriyasi va nomeri yozilgan tilxat beradi.

Nima uchun do'konchalardan bir yo'la elliktadan ortik jeton xarid qilolmayman?

Chunki yo'lkira haqlarini jeton vositasida to'lanishi sinov tariqasida joriy qilingan bo'lib, jetonlar cheklangan miqdorda chiqarilgan. Ko'p miqdorda jeton olgan yo'lovchi ularni qisqa vaqt ichida ishlatolmaydi. Bunday holatda jetonlar aylanishi hisob-kitobi murakkablashadi, chunki ular sotilishi uchun tez qaytarilmaydi.

  Agar sizni qiziqtirgan savolga javob topmagan bo’lsangiz, savolingizni Aloqaga chikish formasi yoki 

  Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orkali bering.

 

 

Agar matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing va bizni xabardor qiling
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 233-52-63

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 1822 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech