Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+

"Toshshahartransxizmat" AK

“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati yo‘lovchi tashish sohasida rahbarlik va xo‘jalik boshqaruvni amalga oshiruvchi vakolatli tashkilotdir. “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Toshkent shahar hokimiyatiga xisobot beradi.

TARIXI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahar yo'lovchilar transportini boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida” 1992 yil 4 iyundagi PF-425-sonli Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahar yo‘lovchilar tashish transporti korxonalari davlat uyushmasi (“Toshshaharyo‘lovchitrans”) faoliyatini tashkil etish to‘g’risida” 1992 yil 5 iyundagi 266-sonli qaroriga asosan tashkil qilindi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish to‘g’risidagi” 2003 yil 22 dekabrdagi PF-3366-sonli Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasini “Toshshaharyo‘lovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirish to‘g’risida” 2004 yil 11 iyundagi 277-sonli qaroriga muvofiq “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi “Toshshaharyo‘lovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida yo‘lovchi transpotini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish to‘g’risida 2006 yil” 11 yanvardagi PF – 3713 Farmoni “Toshshshahartransxizmat” uyushmasi hamda Toshkent shahar hokimligining yo’lovchi transporti barcha turlari xarakatini lisenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti faoliyatini tashkil etish to’g’risida” 2006 yil 18 yanvardagi PQ – 262 – sonli qarori va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida yo’lovchi transportini tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’grisida” 2006 yil 31 yanvardagi 11 – sonli qarori bilan “Toshshaharyo’lovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasi tugatilib, uning negizida “Toshshahartransxizmat” uyushmasi tuzildi va 2006 yil 20 fevralda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro’yhatdan o’tkazildi (qayd etish guvohnomasi №32). Yuqorida aytilgan me’yoriy hujjatlarga binoan “Toshavtobustrans”, “Toshpassremservis” aksiyadorlik kompaniyalari va “Toshelektrotrans” davlat kompaniyasi tashkil etildi.

“Toshshahartransxizmat” uyushmasi “Toshshaharyo’lovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasining huquq va majburiyatlari bo’yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

“Toshshahartransxizmat” uyushmasi yuridik huquq maqomiga ega bo’lgan muvofiqlashtiruvchi boshqaruv tashkilotidir.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida yo’lovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to’g’risida” 2013 yil 9 oktabrdagi PQ – 2048 – sonli qaroriga va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “shahar yo’lovchi tashish transporti tizimini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora – tadbirlar to’g’risida” 2013 yil 13 noyabrdagi 308 – sonli qarorga asosan “Toshshahartransxizmat" uyushmasi, “Toshavtobustrans”, Toshpassremservis” aksiyadorlik kompaniyalari va “Toshelektrotrans” davlat kompaniyasi tugatilib ular o’rniga “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi tuzildi (qayd etish guvohnomasi №169).

Quyidagilar “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyati asosiy vazifalari etib belgilanadi:

kompaniya tarkibiga kiruvchi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar korxona va tashkilotlar aholining shahar yo’lovchi tashish transportining yuqori sifatli xizmatlariga bo’lgan ehtiyojlarini mukammal qondirishiga, shuningdek ular ishning samaradorligi hamda moliyaviy barqarorligini oshirishga yo’naltirilgan faoliyatini muvofiqlashtirish;

yo’lovchi tashish xavfsizligini va yo’lovchilarga yuksak darajadagi transport xizmati ko’rsatilishini, jamoat transporti qatnovlarida transport vositalari harakatlarining bir maqomda bo’lishini, belgilangan harakat jadvallariga va intervallariga rioya etilishini ta’minlash;

axborot–kommunikasion texnologiyalarini harakat tarkibining navigatsion nazorat tizimini (GPS) keng joriy etish usulida, transport vositalarini qayd etuvchi elektron terminallar o’rnatish, qatnov yo’llarida dispetcherlik boshqaruvi xizmati darajasini oshirish usulida “online” rejimida tashkil etish;

transport vositalaridan foydalanishning yagona texnik siyosati va talablarining joriy etilishi, har tomonlama qulay, zamonaviy transport vositalarining saqlanishi, ularni ehtiyot qilib, maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan doimiy monitoring olib borish, sutkaning turli soatlarida yo’lovchilar oqimini hisobga olgan holda ko’p o’rinli va o’rta sig’imli avtobus qatnovlarini oqilona uyg’unlashtirish, transport vositalarini ta’mirlash va ularga servis xizmati ko’rsatilishi infratuzilmasini rivojlantirish;

transport korhonalarini yuqori malakali kadrlar bilan, birinchi galda haydovchilar tarkibi, transport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatuvchi mohir ustalar bilan majmualash, ularning malakasini tizimli ravishda oshirish, shahar yo’lovchi tashish transporti xodimlarini moddiy hamda ma’naviy rag’batlantirishning samarali tizimini joriy etish.

Agar matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing va bizni xabardor qiling
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 233-52-63

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 887 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech