Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

Yangiliklar

YO'L-TRANSPORT HODISASI TAFSILOTI

2018 yil 26 iyul kuni Toshkent shahri mirobod tumani Bobur ko'chasi soat chamasi 14:30 larda “3-avtobus saroyi” MChJda tasarruf etiladigan “Beltepa mavzesi AShB va mahalliy havo yo'llari 3-terminal” bo'ylab harakatlanadigan 11-yo'nalishda haydovchi Anvar Islomov boshqaruvidagi davlat raqami 01 041 JFA, saroy raqami - 351 bo'lgan “MAN” rusumli avtobusda1-sonli “Baxt uyi” (sobiq 1-FHDYO) qarshisida yo'l-transport hodisasi sodir etdi. Yo'l-transport hodisasi natijasida 9 nafar yo'lovchi engil jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

photo5393584810825460014

Juma, 27 Iyul 2018

YANGICHA ISHLASH – DAVR TALABI

Joriy yilning 24 iyul kuni “Toshshahartransxizmat” AJga yangi boshqaruv raisi tayinlandi.

 MG 91200000000      Yangi tayinlangan Jamiyat boshqaruv raisi shu kuni boshqaruv raisi o'rinbosarlari, xizmat va bo'lim boshliqlari, tizim tarkibiga kiruvchi tarmoq korxonalari rahbarlari ishtirokida yig'ilish o'tkazdi.

      Unda Jamiyatning asosiy vazifalar va kelgusidagi rejalar muhokama etildi.

      Yig'ilishda shahar transport korxonalari oldiga aholiga sifatli, madaniyatli va xavfsiz transport xizmat ko'rsatish samaradorligini oshirish, bunda avallo, yangi xarid qilinishi rejalashtirilayotgan barcha avtobus konditsionerli bo'lishi rejalashtirildi.                      Fuqarolardan Jamiyatga kelib tushayotgan barcha murojaatlarni bee'tibor qoldirmaslik, ularni sinchkovlik bilan o'rganish, tahlil qilish va ijobiy hal etishga erishish asosiy maqsad qilib belgilash lozim. Muhimi bundan keyin eskicha ishlash tizimidan mutlaqo voz kechib, yangicha, zamonavay, ilg'or innovatsiya texnologiyalarida ishlash tizimiga o'tish, uning doirasida shahar jamoat transportiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish, ularning imkoniyatlaridan oqilona foydalangan holda yo'nalish avtobuslari oraliq intervaliga qat'iy rioya etilishini ta'minlash zarurligi ta'kidlandi.

Payshanba, 25 Iyul 2018

AQLLI SHAHAR, AQLLI JAMOAT TRANSPORTI

Xabaringiz bor, gazetamizning joriy yil 22 iyun sonida "Jamoat transporti xizmati Tashkent cityga mosmi?" sarlavhali maqol chop etilgan edi. Unda poytaxtimizda qurila boshlagan Tashkent city va unga qo‘yiladigan zamon talablari xususida so‘z borgan edi. 2018 yil 18 iyul kuni "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati kichik majlislar zalida Toshkent shahar hokimligi Axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi va Tashkent city, ya’ni aqlli shahar loyihasi maslahatchisi, Janubiy Koreyaning Seul meriyasi vakili Kim Yu Sik, jamiyat rahbariyati, xizmat va bo‘lim boshliqlari, avtobus saroylari hamda unitar korxonalar direktorlari ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

 

 MG 8379

Seshanba, 24 Iyul 2018

QAT’IY INTIZOM – HARAKAT XAVFSIZLIGI KAFOLATI

Mana bir yildan o‘tdi, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda haftaning har payshanba kuni profilaktika tadbirlari o‘tkazilmoqda. Unda ichki ishlar boshqarmalari, hudud prokurorlari, huquqni muhofaza qilish idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari faol ishtirok etmoqda.

 MG 8585

Seshanba, 24 Iyul 2018

YO‘LOVCHI TASHISH XIZMATI: KECHA VA BUGUN

Yo‘lovchilar uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilish — savob ish. Shahar yo‘lovchi tashish transporti korxonalarida faoliyat yuritayotgan insonlar ana shunday zalvorli mas’uliyatni zimmalariga olgan fidoyilar desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Kecha ishga kelayotib 58-yo‘nalish avtobusida bir otaxon bilan suhbatlashib keldik. O‘zini Aziz ota deb tanishtirgan nuroniy inson bundan yarim asr avval, poytaxtimizda boks bo‘yicha ta’lim olgan ekan. Ta’limni tugatib, yurti Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatiga qaytib ketgan. Otaxonning aytishicha, oradan yillar o‘tib, birga ta’lim olgan kursdoshlari, qavm-qarindoshlari holidan xabar olgani kelibdi.

ехц 25 лет 1

Payshanba, 18 Iyul 2018

SUV KELTIRGAN ELDA AZIZ...

Shu kunlarda shahrimizda havo qizigandan qizidi. Bunday vaqtda ko‘chada yo‘lovchilar, xasta kishilar o‘zini lohas his qiladi. Salomatlikni asrash uchun esa shifokorlar kunning issiq vaqtlari oz-ozdan, muntazam suv iste’mol qilib turishni tavsiya etadi. Shu maqsadda "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati tashabbusi bilan uning tarkibidagi avtobus saroyilari ezgulik va savob umidida yo‘nalish avtobuslarida yo‘lovchilarga imkon darajasida bepul salqin ichimlik suvi taklif qilmoqda. Bu haqda turli saytlarda xabarlar ham tarqatildi. Mamlakatimizda ob-havo keskin isib ketgan kunlarda amalga oshirilayotgan ushbu savobli amal ko‘pchilikka manzur bo‘ldi.

voda foto

Payshanba, 18 Iyul 2018

SOHAGA INNOVATSION G‘OYALAR VA INVESTITSIYA JALB ETISH

Joriy yil 4 iyul kuni "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyatida ana shu masalada kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bugun mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va talabi bilan qulay investitsiya muhiti yaratishga harakat qilinmoqda. Bu esa barcha sohalarda, shu jumladan, "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati tizimida ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

"Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Anvar Jo‘rayev hamda Vazirlar Mahkamasining mutasaddi xodimi Muhiddin Solihov boshchiligidagi videoselektorda Jamiyat tarkibidagi avtokorxonalar rahbarlari, bosh muhandislar, direktorlarning tasarruf bo‘yicha o‘rinbosarlari, shuningdek, tegishli mutasaddi xodimlar ishtirok etdi. Yig‘ilishni Jamiyat boshqaruv raisi Anvar Jo‘rayev olib bordi.фото 10.07

Seshanba, 10 Iyul 2018

ELEKTRON TO‘LOV – YO‘LOVCHILARGA QULAYLIK

Xabaringiz bor, Toshkent shahar yo‘lovchi tashish transportlarida naqd pulsiz elektron yo‘l chiptalarini tarqatish va undan yo‘lovchilarning foydalanishi yo‘lga qo‘yildi. "Poytaxt transporti" gazetasining joriy yil 22 iyun sonida bu to‘g‘rida batafsil to‘xtalib o‘tganmiz. Bu gal undan foydalanayotgan abonentlar bilan suhbatlashdik.

Seshanba, 10 Iyul 2018

TOSHKENT SHAHRIDA OB-HAVONING KESKIN ISIB KETISHI

Toshkent shahrida ob-havoning keskin isib ketishi sababli, kunnig eng issiq vaqtlarida «Toshshahartransxizmat» AJ tarkibidagi avtokorxonalar rahbariyati tashabbusi bilan, imkon darajasida, yo‘nalish avtobuslarida yo‘lovchilarga bepul salqin ichimlik suvlari taklif qilinmoqda.

“Toshshahartransxizmat” AJ

axborot xizmati.

Dushanba, 09 Iyul 2018

HURMATLI HAMSHAHARLAR!

        “Toshshahartransxizmat” AJ 2018 yil 1 iyul kunidan boshlab, elektron ko'rinishdagi oylik yo'l kartalarini quyidagi ko'rinishi muomalaga chiqardi:

Dushanba, 02 Iyul 2018
Page 10 of 29
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 233-52-63

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 1594 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech