Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

Yangiliklar

Yo'llarda tirbandlikni bartaraf etish mavjud avtomobil yo'llarini yanada kengaytirish, yangi yo'l va ko'priklar qurishni talab qiladi

     Azim kentimiz Toshkent kundan-kun chiroy ochib, rivojlanib bormoqda. Istiqlol yillarida poytaxtimizda ko'plab zamonaviy oliy bilim yurtlari, ma'naviyat-ma'rifat maskanlari, istirohat bog'lari, sport inshootlari, aholi turar-joylari keng va ravon yo'llar, mahobatli ko'priklar bunyod etildi. Ularning har biri haqida ko'p va xo'b gapirish mumkin. Inchunin aholi yashash sharoiti yuksalib, shahar, tuman, mahalla va xonadonlarimiz kun sayin obod va ko'rkam bo'lib borayotir. Masalan, bundan 20 yillar oldin mahalla-ko'yda sanoqli engil mashina bo'lgan bo'lsa, hozirda har ikki oiladan bittasida avtomobil bor.

Juma, 01 Aprel 2016

E`LON

     Yoqilg'i-moylash mahsulotlari, elektr energiyasi va ehtiyot qismlar uchun sarf-xarajatlarning oshganligi sababli shahar jamoat transportida 2016 yil 1 apreldan boshlab yo'lkira haqi quyidagicha belgilanadi:

- SHAHAR AVTOBUS, TRAMVAY YO'NALISHLARIDA VA METROPOLITENDA - 1 200 SO'M

- SHAHAR ATROFI AVTOBUS YO'NALISHLARIDA SHAHAR ICHIDA - 1 200 SO'M

- SHAHARDAN TASHQARIDA - TARIF BO'YICHA.

Yo'lkira haqini o'z vaqtida to'lashingizni so'raymiz.

Juma, 01 Aprel 2016

Texnika sozligi va butligi unda avtochilangar mehnati muhim o'rin tutadi

    Shahrimiz ko'chalari chiroyiga chiroy qo'shib harakatlanayotgan zamonaviy avto-transport vositalarining yo'llarda xavf-xatarsiz, ravon yurishida ko'plab insonlarning mehnati yotibdi. Ayniqsa, yuzlab y lovchilar hayotiga javobgar jamoat transporti vakillari zimmasidagi mas'uliyat yanada zalvorli. Buni chuqur anglab etgan yo'lovchi tashish bilan shug'ullanayotgan korxona va tashkilotlar mutasaddilari sohaga etuk, bilimli, eng asosiysi, fidoyi insonlar jamoasini jamlashga intiladilar. "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi korxonalarda ham ana shunday transportchilar ko'plab topiladi. Ular mehnati munosib baholanib, muntazam rag'batlantirib boriladi.

Seshanba, 29 Mart 2016

LITSENZIYASIZ YO'LOVCHILARNI TASHISH QONUNGA XILOF

    Joriy yilning 13 fevral kuni Toshkent shahar hokimligida yo'lovchi tashish bilan noqonuniy ravishda shug'ullanayotgan fuqarolar faoliyatiga chek qo'yish hamda yo'l-transport hodisalarini oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash masalasiga bag'ishlangan brifing bo'lib o'tdi. Unda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati ma'sullari, "Toshshahartransxizmat" AJ mutasaddilari, Toshkent shahar hokimligi Yo'lovchi tashish transportining barcha turlarini litsenziyalash va muvofiqlashtirish Departamenti rahbariyati, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Dushanba, 22 Fevral 2016

YO'L QURMOQ - SAVOB, YO'L YURMOQ - ROHAT, YO'L QOIDASI - UMR FOYDASI

    Qishlog'u shaharlarning obodligiga, u erda yashayotgan odamlarning bunyodkorligi, turmush madaniyatiga undagi yo'llarning holatiga qarab xulosa chiqarishgan. Xalqimiz yo'l, ko'prik qurgan, uni sozlagan, obod qilganlarga katta hurmat ko'rsatgan.

Dushanba, 22 Fevral 2016
Page 29 of 29
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 233-52-63

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 1525 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech