Click to listen highlighted text! GSpeech
A- A A+
Vinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo SliderVinaora Nivo Slider

Yangiliklar

Yo'lovchilar oqimini o'rganish

Hurmatli Toshkent shahri aholisi va mehmonlari !

    Yo'lovchilar tashishni tashkil qilish samaradorligini oshirish, avtobus yo'nalishlarini yanada optimallashtirish, harakatlanadigan tarkibning ratsional miqdorini aniqlash maqsadida 2017 yilning 3 iyulidan boshlab “Toshshahartransxizmat” AJ tizimidagi avtobus saroylari yo'nalishlarida yo'lovchilar oqimini o'rganish olib boriladi.
    Yo'lovchilar oqimini o'rganish davomida faol ishtirok etishingizni, yo'l kira haqini o'z vaqtida to'lab borishingizni va bir martalik chiptalarni chipta sotuvchilardan talab qilishingizni iltimos qilamiz.
    Ko'rsatilayotgan yo'lovchi tashish xizmatlari sifati bo'yicha takliflaringiz va e'tirozlaringizni “Toshshahartransxizmat” AJ saytiga yuborishingizni yoki “1062” raqamli ishonch telefoniga qo'ng'iroq orqali berishingizni so'raymiz.

Seshanba, 27 Iyun 2017

E'lon

    "Toshshahartransxizmat" AJ Kuzatuv kengashining 2017 yil 16 iyundagi majlis qaroriga muvofiq, jamiyat yagona aktsiyadorining 2016 yil yakuni bo'yicha navbatdagi umumiy yig'ilishi o'tkazilishini ma'lum qiladi.

    Umumiy yig'ilish o'tkazish sanasi: 2017 yil 29 iyun kuni soat 11.00da

    Manzili: Toshkent shahar A.Temur 1-tor ko'chasi, 6-uy.

Dushanba, 19 Iyun 2017

MOST QURILISHI MUNOSABATI BILAN

HURMATLI YO'LOVCHILAR!

    Kichik halqa yo'lidan Farg'ona yo'liga o'tuvchi qismida yo'l o'tkazmasi qurilishi munosabati bilan 2017 yil 18 iyundan 10 iyulgacha kichik halqa yo'lidan Farg'ona yo'liga o'tuvchi qismi, transport harakati uchun vaqtinchalik yopiladi. Qurilish davrida 12, 26, 37, 68, 81, 93, 127-sonli avtobus yo'nalishlarining harakati Sarakul, Mehrijon va Qo'shko'prik ko'chalari orqali keyingi harakati o'z yo'nalishida davom ettiradi. Yuzaga keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

Yakshanba, 18 Iyun 2017

HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH ustuvor vazifa bo'lib qoladi

    Istiqlol tufayli poytaxtimiz Toshkentda kun sayin avtotransport vositalari soni ortib bormoqda. Avtoulovlar harakatini engillashtirish va xavfsizligini ta'minlash maqsadida shahrimizda yangi yo'llar, yo'l o'tkazgichlari, ko'priklar qurilib, ular atrofi obodonlashtirilmoqda.
    Avtobus korxonalarida yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash, jumladan, YTHlarning oldini olish, haydovchilar bilan tushuntirish va profilaktik ishlari, yo'nalishlarda haydovchilarning ishi ustidan nazorat qilish ishlari etarli darajada olib borilganligi natijasida 2017 yilda haydovchilar ishtirokida sodir etilgan YTHlar va yo'l harakati qoidabuzarliklari soni 2016 yilga nisbatan sezilarli kamaymagan. Shunday bo'lsa-da, zamonaviy tezkor transport vositalarida yo'l transport hodisalari yuz berib turibdi. Jumladan, "Toshshahartransxizmat" AJ tarkibidagi avtokorxonalar haydovchilar tomonidan 2017 yilning 4 oyi davomida jami 14ta yo'l-transport hodisaci sodir etildi. Buning oqibatida 1 kishi vafot etgan va 16 kishiga turli darajadagi tan jarohatlari etkazilgan. Mazkur YTHlarning 12tasi yoki 86 foizi avtobus korxonalarining haydovchilari tomonidan sodir etilgan. Qolaversa, joriy yilning o'tgan to'rt oyi mobaynida haydovchilar tomonidan yo'nalishlarda 781 marotaba yo'l harakati qoidalari buzilgan. Ushbu qoidabuzarliklarning 86 foizi avtobus korxonalari haydovchilari tomonidan yo'l qo'yilgan. Ana shunday salbiy holatlarning oldini olish, harakat xavfsizligiga qat'iy rioya etilishini ta'minlash, bu boradagi sa'y-harakatlarni yanada kuchaytirish maqsadida "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati 2017 yil 29 mayda "Toshshahartransxizmat" AJ tarkibidagi avtobus korxonalarda yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida" buyruq qabul qildi. Buyruqda yo'nalishlarda harakat xavfsizligini ta'minlashni yanada kuchaytirish, yo'lovchilarga yuqori saviyada madaniyatli xizmat ko'rsatish borasidagi aniq topshiriq va vazifalar jamiyat bo'lim boshliqlari va avtokorxonalar rahbarlari hamda harakat xavfsizligini ta'minlash bo'limi mutaxassislari zimmasiga yuklatilgan.

Dushanba, 05 Iyun 2017

“Toshshahartransxizmat” AJ faoliyati tubdan o'zgartirilmoqda.

    2017 yilning 17 may kuni "Toshshahartransxizmat" AJ boshqaruv raisi v.v.b. X.Xolmatov raisligida jamiyat tarkibidagi barcha korxonalar rahbarlari, mutasaddi xodimlari ishtirokida navbatdagi videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.
    Mazkur yig'ilishda X.Xolmatov 2017 yilning 12 va 13 may kunlari o'tkazilgan yig'ilishlarda berilgan topshiriqlarning ijrosi to'g'risida har bir avtobus korxonasi rahbarining hisobotini tingladi. Avtobus korxonasi rahbarlariga ishni tubdan yaxshilash va fidokorona mehnat qilib o'zini ko'rsatish uchun rahbarlarga berilgan 10 kunlik muddatdan 5 kuni o'tib ketganini, o'tgan vaqt davomida sezilarli o'zgarishlar bo'lmaganini tanqid qildi.

Payshanba, 17 May 2017

Toshkent shahar hokimining 2017 yil 12 maydagi 578-sonli qarori to'g'risida

    Toshkent shahar hokimining 2017 yil 12 maydagi 578-sonli qaroriga asosan Xosil Xusanovich Xalmatov “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
    X.Xalmatov raisligida 2017 yilning 13 va 14 may kunlari jamiyat tarkibidagi barcha korxonalar rahbarlari, mutasaddi xodimlari va yo'lovchi tashuvchi yo'nalishlar sardorlari ishtirokida kengaytirilgan yig'ilishlar o'tkazildi.

Dushanba, 15 May 2017

Yo'lovchi tashish transportini konsepsiyasi

Toshkent shahrining muhtaram aholisi va mehmonlari.

    "Toshshahartransxizmat" AJ manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan hamkorlikda Toshkent shahri yo'lovchi tashish transportini rivojlantirishda 2030 yilgacha bo'lgan konsepsiyasini ishlab chiqmoqda.
Kosepsiyani ishlab chiqishning asosiy maqsadi Toshkent shahri yo'lovchi tashish transportining 2030 yilgacha bo'lgan strategik yo'nalishini shahar yo'lovchi tashish transportini yanada rivojlantirish tamoyillarining asoslangan hujjatlarini tayorlashdan iboratdir.
    Toshkent shahri yo'lovchi tashish transporti majmuasini rivojlantirishda birinchi navbatda yo'lovchilarga qullayliklar yaratish asosiy e'tiborga olingan yo'lovchi tashish transportini rivojlantirishga oid fikr-mulohazalar takliflaringizni kiritishni so'raymiz, shuningdek xorijiy mutaxassislarning shahar yo'lovchi tashish transportini boshqarish istiqbollari haqida tajribalarini bildirishlarini istar edik.
    Muhtaram yo'lovchilardan avtobusda, metroda va yo'nalishli taksilarda yo'lovchi tashish sohasiga oid innovasion takliflaringizni kutib qolamiz.
    Sizning takliflaringiz shahar yo'lovchi tashish transportini rivojlantirish konsepsiyasining ishlab chiqishda e'tiborga olinadi va ba'zilarining joriy etilishi jonajon shahrimizning jamoat transportida yurganimizda hammamizni quvontirishi shubhasizdir.
    Sizning takliflaringizni 2017 yil 10 iyungacha bo'lgan vaqt ichida This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. elektron manziliga yuborishingizni istaymiz.

    (Takliflaringizni bizga yo'llayotganingizda F.I.Sh. murojaat uchun telefon raqamingizni ko'rsatishingizni so'raymiz)

Shanba, 06 May 2017

"TOSHSHAHARTRANSXIZMAT" AKSIYADORLIK JAMIYATI JAMOASI

9may    9 may – Xotira va qadrlash kuni bayrami bilan barcha hamshaharlarimizni, poytaxtimiz mehmonlarini, "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati tizimida fidokorona mehnat qilib kelayotgan aziz transportchilarni, xususan, frontning eng oldingi marralarida kurash olib borgan urush qatnashchilari va mashaqqatli mehnat marralarida o'zini ko'rsatgan faxriylarni samimiy muborakbod etadi.
    Inson xotirasi muqaddas, qadr-qimmati aziz va mo''tabardir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning joriy yil 4 apreldagi "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag'batlantirish to'g'risida"gi farmoni hamda "Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga muvofiq, mazkur bayram butun mamlakatimizda keng nishonlanmoqda.

Shanba, 06 May 2017

Mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish moliyaviy-iqtisodiy barqarorlikka erishishning muhim omili

    Joriy yil 24 aprelda "18-avtobus saroyi" MChJ majlislar zalida Toshkent shahar transport majmuasiga kiruvchi va "Toshshahartransxizmat" aktiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalarning 2017 yil birinchi chorak yakunlari muhokamasiga bag'ishlangan kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda "Toshshahartransxizmat" AJ rahbarlari, Toshkent shahar hokimligi yo'lovchi transportining barcha turlari harakatini lisenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti, jamiyat tarkibiga kiruvchi tarmoq korxonalarining rahbarlari, bosh muhandislari, rahbarlarning yo'lovchi tashish ishlari bo'yicha o'rinbosarlari, bosh muhosiblari, reja-iqtisodiyot va harakat xavfsizligi xizmati bo'limlari boshliqlari, poytaxt aholisiga yo'lovchi tashish transportida xizmat ko'rsatayotgan mas'uliyati cheklangan jamiyatlar rahbarlari ishtirok etdi.

Dushanba, 01 May 2017

Kuzatuv kameralari natijalari. Hushyorlik - xavfsizlik garovi.

    Ma'lumki, poytaxtimiz Toshkent shahri yo'llari, chorrahalarida maxsus videokuzatuv kameralari o'rnatilib, ular joriy yilning 15 martidan ishlay boshladi.
    Tahlillar dastlabki kunlarning o'zidayoq "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati tizimidagi avtokorxona haydovchilari tomonidan 52ta qoidabuzarlik sodir etilganligini ko'rsatdi. Biz qoidabuzarliklar bois jamiyat tarkibidagi avtokorxonalar 15 million so'mdan ortiq jarima to'lashga majbur bo'lganini haftanomamiz sahifasida yoritgan edik. Ta'kidlash joizki, shahrimiz aholisiga madaniyatli, harakat xavfsizligini ta'minlagan holda xizmat ko'rsatish asosiy vazifasi bo'lgan "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati rahbariyati ham bu borada muayyan ishlarni amalga oshirdi. Jamiyat tizimidagi barcha avtokorxonalarga videokameralar ishga tushishi arafasida ogohlantirish xatlari yuborildi.Tushuntirish, targ'ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Payshanba, 26 Aprel 2017
Page 1 of 8
Avtobus buyurtmasi
1062 Ishonch telefoni
mg.uz
my.gov.uz
tshtx.uz 

Foydali resurslar

edportal  fondbozori
gov.uz my.gov.uz
lex.uz cert.uz dc.uz
gis.uz strategy.gov.uz Ctrl+Enter

Aloqa uchun muloqotlar

Umumiy bo'lim
Tel.: (+998 71) 233-89-21
Faks: (+998 71) 233-34-40
Xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilish uchun telefoni / Phone for communication with foreign partners: (+998 71) 233-52-63

Yangiliklarga obuna boling

Xozir saytda 769 mehmon

Yandex.Metrika

 

Click to listen highlighted text! GSpeech